08.07.2025 yildagi KQ-205-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-205-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 8-iyuldagi KQ-205-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 29-apreldagi KQ-5-V-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-band:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisidagi “gʻazna hisobraqamlariga” degan soʻzlar “gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar;”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshisi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Qonunchilikda belgilangan miqdorlarda elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan, davlat aktivlarini xususiylashtirishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga, Toshkent shahri shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga kelib tushgan tushumlar boʻyicha daromadlar prognozi belgilanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan va davlat aktivlarini xususiylashtirishdan haqiqatda tushgan tushumlar hisobidan xarajatlarning amalga oshirilishida tegishli budjetlarga oʻzgartirishlar kiritish talab etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hamda alohida tartibga koʻra Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Toshkent shahrini rivojlantirish Jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi bundan mustasno) hisobidan tadbirlarga mablagʻ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari qarori asosida yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalaridan mablagʻlar yoʻnaltirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlarida mablagʻ ajratilayotgan qoʻshimcha manbani aniq (har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablagʻlari, daromadlarning birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishi, davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar, tumanlar va shaharlar budjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga haqiqatda elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar, Budjet kodeksning 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar) koʻrsatish;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “gʻazna hisobraqamlariga” degan soʻzlar “gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur band birinchi qismidagi tushumlar taqsimoti quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Kompaniya tomonidan eng yaxshi taklifni tanlash yoʻli bilan jalb etilgan baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bahoda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan elektron auksion savdolari orqali sotishdan Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaragʻiga tushgan tushumlar (qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlari hududida yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaragʻiga tushgan tushumlar (qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi va oʻninchi xatboshilaridagi “gʻazna hisobraqamlariga” degan soʻzlar “gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“121. Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlaridan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaraqlariga oʻtkazilgandan soʻng, kun yakuni bilan toʻliqligicha Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda mahalliy budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha mablagʻlarni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan maxsus gʻazna hisobvaraqlariga haqiqatda tushgan tushumlar hamda alohida tartibga koʻra Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Toshkent shahrini rivojlantirish Jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi bundan mustasno) yoʻnaltirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan maxsus gʻazna hisobvaraqlariga haqiqatda tushgan tushumlar hamda alohida tartibga koʻra Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Toshkent shahrini rivojlantirish Jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi bundan mustasno) birinchi navbatda quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 2-ilovaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DOBn = DTn — DAPn — (OTn — OT(n-1)) x α — XTn — ECTn”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XTn — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlari.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tegishli hisobot choragida belgilangan ajratmalar meʼyorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga haqiqatda tushgan tushumlar, tegishli hisobot davri boshidagi va yakunidagi ushbu budjetlarga soliqlar va yigʻimlarning ortiqcha toʻlangan summasi tegishincha Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri soliq boshqarmalari, tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari tomonidan shakllantiriladi hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar tasdiqlangan holda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga va umumlashtiruvchi komissiyaga kiritib boradi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozidan oshirib bajarilishi mahalliy budjetlarning hisobotlari aniqlashtirilganidan soʻng shakllangan qoʻshimcha manba hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.