08.07.2025 yildagi 421-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, import qilingan yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar xizmatlari uchun talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestriga kiritish uchun ariza bilan murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerlik xizmatlari uchun talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish uchun masʼul organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-iyuldagi 421-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini chetdan import qilgan holda sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestriga kirish uchun murojaat qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy diler — Oʻzbekiston Respublikasi hududida import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish boʻyicha xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik kelishuviga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr — Oʻzbekiston Respublikasi hududida import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalari — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻrish va paxta terish kombaynlari, oziqa yigʻish va bogʻdorchilik mashinalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov berish mashinalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzagroin.uz” axborot tizimi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) reyestrga kiritish boʻyicha arizani yuborish, qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini oʻz ichiga olgan elektron axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berishda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻllaniladigan imtiyozlar (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari hamda moliyaviy yordamlar)dan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerlar holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestr quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning nomi va belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerning nomi, pochta va elektron manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasining nomi va rusumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasining Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha tasnif kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerning reyestrga kiritilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerga qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona tomonidan berilgan rasmiy dilerlik vakolatining amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestr davlat tilida elektron holda shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestri ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi reyestrga kiritish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan “Oʻzagroinspeksiya”ga “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlarni toʻliq taqdim qilishi va 19-banddagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning vakolatli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (rasmiy dilerlik shartnomasi va sertifikati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish, saqlash uchun maydon hamda servis xizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan bino/xona (mulk yoki ijara huquqlarini tasdiqlovchi shartnoma asosida) va uskunalarning mavjudligi boʻyicha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning kiritilganligi haqida foto rasm (ishlab chiqaruvchi korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzagroinspeksiya” ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroinspeksiya” ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligini rasmiy, ishonchli, foydalanish mumkin boʻlgan manbalar orqali oʻrganadi hamda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan hujjatlar haqqoniy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan ariza beruvchi reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Rasmiy diler reyestrga bir yil muddatga kiritiladi va ushbu muddat reyestrda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyestrga kiritilgan rasmiy dilerning vakolati qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona tomonidan muddatidan oldin tugatilganda, ushbu rasmiy diler reyestrdan chiqariladi hamda beriladigan barcha imtiyozlar toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda rasmiy dilerga oldin berilgan imtiyozlar qaytarib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy diler vakolati tugagan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida bu toʻgʻrisida “Oʻzagroinspeksiya”ni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroinspeksiya” reyestrga kiritilgan rasmiy dilerning vakolati muddatidan oldin tugaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan sanadan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida rasmiy dilerni reyestrdan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy diler oʻz vakolati tugaganligi haqidagi maʼlumotni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan aniqlanganda, rasmiy dilerlik vakolati tugagan kundan eʼtiboran foydalangan barcha imtiyozlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchini reyestrga kiritishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ushbu hujjatlarni soxtalashtirish va nomutanosiblik holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 19-bandida keltirilgan rasmiy dilerlik xizmatlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona tomonidan berilgan rasmiy dilerlik vakolati muddati tugagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzagroinspeksiya” reyestrga kiritish rad etilgan ariza beruvchini besh ish kuni mobaynida rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyestrga kiritish rad etilgan ariza beruvchi xabarnomani olgan kundan eʼtiboran unda keltirilgan kamchiliklarni besh ish kuni mobaynida bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etmasa, umumiy asoslarda qayta ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar rasmiy dilerni reyestrdan chiqarishga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy dilerni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy dilerga bergan vakolatli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat (rasmiy dilerlik shartnomasi va sertifikati)ning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, reyestrga kiritish masalasini koʻrib chiqish dastlabki murojaat kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Reyestrga kiritish rad etilganda yoki reyestrdan chiqarilganda ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rasmiy dilerlik xizmatlari talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Rasmiy dilerlik xizmatlari talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy diler Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy diler qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish, saqlash va servis xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara huquqi asosida egalik qiluvchi) chakana savdo shoxobchasiga yoki shoxobchalarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy diler bilan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona oʻrtasida rasmiy dilerlik shartnomasi tuzilganligi hamda ushbu ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona tomonidan unga rasmiy dilerlik maqomi berilganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy diler yoki ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona tomonidan rasmiy dilerlik xizmatlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar, jumladan, shartnoma shartlariga muvofiq tarzda sotilgan qishloq xoʻjaligi texnikalariga kafolatli xizmatlar koʻrsatish davrida texnikadan foydalanish jarayonida kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf qilishi, shartnomada belgilangan shartlarda isteʼmolchilarning ehtimoliy iqtisodiy zararlarini qoplash xavflarini sugʻurtalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy dilerning xodimlari tarkibida texnik va taʼmirlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha doimiy ishga qabul qilingan malakali texnik mutaxassislarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritilgan boʻlishi (ishlab chiqaruvchi korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rasmiy diler yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotishni va sotish jarayonini jadallashtirish uchun quyidagi vazifalarni oʻz zimmasiga oladi va bajarilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isteʼmolchiga sotgan qishloq xoʻjaligi texnikalariga kafolatli xizmatlar koʻrsatish davrida ushbu texnikalarning toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash uchun yetarli ehtiyot qismlarga, shu jumladan, davriy ravishda almashtirish kerak boʻlgan ehtiyot qismlar (filtr, moy, tasmalar) zaxirasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) isteʼmolchiga sotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarining kafolatli davrida — isteʼmolchi murojaat qilgan vaqtdan eʼtiboran 48 soat ichida toʻlovsiz (isteʼmolchi aybdor boʻlgan hollar bundan mustasno), kafolatdan keyingi davrda esa — murojaat qilingan vaqtdan eʼtiboran 72 soat davomida toʻlov asosida sifatli servis xizmatlari koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) isteʼmolchiga sotgan qishloq xoʻjaligi texnikalariga kamida bir yillik yoki 1 000 moto-soat, shuningdek, sotilgan kundan eʼtiboran 10 yil muddatda shartnoma asosida ehtiyot qismlar taʼminoti, texnik va taʼmirlash xizmatlari uchun kamida 6 oylik yoki 500 moto-soat xizmatlar koʻrsatish kafolatini berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) doimiy ravishda mobil va statsionar — montaj, texnik qoʻllab-quvvatlash, tezkor texnik va taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) isteʼmolchiga sotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini boshqaruvchi traktorchi-mashinistni, shuningdek, ushbu texnikaga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarning kasb mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestriga kiritish ixtiyoriy ravishda ariza beruvchining arizasiga asosan bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzagroinspeksiya” oʻzining rasmiy veb-saytida reyestrga kiritilgan rasmiy dilerlarning elektron roʻyxatini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi va ishonchliligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar “Oʻzagroinspeksiya”da uch yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMA

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(yuridik shaxs)

Reyestrga kiritish uchun “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali elektron shakldagi arizani toʻldiradi va zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qiladi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

“Oʻzagroinspeksiya”

1. “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.

2. Oʻrganish natijalarida taqdim etilgan hujjatlar haqqoniy, ishonchli va yetarli deb topilganda, ariza beruvchini reyestrga kiritadi.

3. Oʻzining rasmiy veb-saytida ariza beruvchi reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

“Oʻzagroinspeksiya”

Reyestrga kiritish rad etilganda, ariza beruvchiga “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali aniq sabablarni koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish bilan shugʻullanuvchi rasmiy dilerlar reyestriga kiritish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA

Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi):

Manzili/joylashgan yeri (pochta manzili):

STIR:

Telefon raqami:

Import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy brend nomi:

Import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasining nomi:

Import qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasining rusumi:

Qishloq xoʻjaligi texnikasining TIF TN boʻyicha tasnif kodi:

Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikati (sertifikat raqami va berilgan sanasi):

Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning vakolatli vakili ekanligini tasdiqlovchi shartnoma (raqami va tasdiqlangan sanasi):

Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning vakolatli vakili ekanligini tasdiqlovchi sertifikat (raqami va berilgan sanasi):

Qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish, saqlash hamda unga servis xizmatlari koʻrsatish joyining mavjudligi (mulk yoki ijara huquqlarini tasdiqlovchi shartnoma):

Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi (veb-sayt nomi) (ishlab chiqaruvchi korxonaning rasmiy veb-saytida rasmiy diler toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritgan holda):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Rasmiy dilerlik faoliyatini yuritish uchun zarur hujjatlar ilova qilinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/421/0605-son)