12.07.2025 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlovchi (notifikatsiya qiluvchi) organga va tayinlangan (notifikatsiya qilingan) muvofiqlikni baholash organlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlangan (notifikatsiya qilingan) muvofiqlikni baholash organlarining majburiyatlari, reyestrini yuritish, shuningdek, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) muvofiqlikni baholash organi maqomini olish va uni oʻzgartirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 432-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) muvofiqlikni baholash organi tegishli texnik reglamentga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — texnik reglament) uchinchi taraf sifatida mahsulotlarning muvofiqligini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlovchi (notifikatsiya qiluvchi) organ (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli organ) — texnik reglamentda yoki faoliyat sohasidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muvofiqlikni baholash organini tayinlovchi (notifikatsiya qiluvchi) vakolatli organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlash (notifikatsiya qilish) — muvofiqlikni baholash organlarini texnik reglamentlarda belgilangan mahsulot turlariga nisbatan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajarish uchun Vakolatli organ tomonidan baholash, rasman tasdiqlash va belgilangan talablarga rioya qilishlari ustidan monitoring oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ — texnik reglamentda belgilangan mahsulot turlariga nisbatan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini uchinchi taraf sifatida bajaruvchi muvofiqlikni baholash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlash (notifikatsiya qilish) sohasi (keyingi oʻrinlarda — tayinlash sohasi) — daʼvogar tomonidan soʻralayotgan yoki Vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining va mahsulot turlarining roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organ texnik reglament doirasida muvofiqlikni baholash ishlarini amalga oshiruvchi muvofiqlikni baholash organlarini baholaydi, tayinlaydi (notifikatsiya qiladi) va ularni belgilangan talablarga rioya qilishlari ustidan monitoring oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ tomonidan ushbu Nizom, shuningdek, texnik reglamentlarda qoʻshimcha talablar belgilangan boʻlsa, mazkur talablarni inobatga olgan holda muvofiqlikni baholash organini tayinlaydi (notifikatsiya qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tayinlash (notifikatsiya qilish) tartib-taomili va undan oʻtish ketma-ketligi, texnik reglamentlar va ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda, Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan tayinlash tartibiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ishlarni, oʻzining mavjud yuklamasidan kelib chiqib chiqqan holda samarali va oʻz vaqtida yoʻlga qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan akkreditatsiya organi tomonidan bajarilishi boʻyicha tegishli qarorni qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar Vakolatli organ ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan baholash, tayinlash (notifikatsiya qilish) yoki monitoring oʻtkazish ishlarini boshqa tashkilotga (organga) topshirsa yoki bu ishlarni bajarishga vakolat bersa, bunday tashkilot (organ) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi va ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga rioya qilishi hamda oʻz faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni toʻliq bajarishi uchun zarur tashkiliy texnik choralarni koʻrgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tashkilot (organ) tomonidan bajarilgan ishlar uchun javobgarlikni Vakolatli organ oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tayinlash sohasida muvofiqlikni baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot hamda muvofiqlikni baholash tartib-taomili texnik reglamentda belgilangan mahsulotlarga oid maʼlumotlarda toʻliq aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organ notifikatsiya organini tayinlash (notifikatsiya qilish) toʻgʻrisidagi qarorda muayyan texnik reglament doirasida qoʻllanuvchi muvofiqlikni baholash tartib-taomillari, tegishli mahsulot(lar) yoki mahsulotlar guruhi, muvofiqlikni baholash organining vakolatini (kompetentlik darajasini) tasdiqlovchi maʼlumotlarni hamda tayinlashning (notifikatsiya qilishning) amal qilish muddatini aks ettirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar tayinlash (notifikatsiya qilish) ushbu Nizomning 44-bandida nazarda tutilgan akkreditatsiyaga asoslanmagan boʻlsa, Vakolatli organ muvofiqlikni baholash organining vakolatini (kompetentlik darajasini) tasdiqlovchi hujjatlashtirilgan dalillarga ega boʻlishi va muvofiqlikni baholash organi belgilangan talablarga doimiy rioya qilishi ustidan monitoring oʻtkazilishi uchun zarur choralarni koʻrgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ muvofiqlikni baholash organiga tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ maqomini berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi qarorni oʻttiz ish kunida qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar reyestriga kiritilgan tashkilot, texnik reglament talablariga muvofiq tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar tayinlash ushbu Nizomning 44-bandida nazarda tutilgan akkreditatsiyaga asoslangan boʻlsa, Vakolatli organ akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish davriga teng muddatga, bundan boshqa hollarda esa uch yil muddatga muvofiqlikni baholash organini tayinlashi (notifikatsiya qilishi) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ tayinlangan (notifikatsiya qilingan) muvofiqlikni baholash organi bilan tayinlash talablari va shartlarini belgilaydigan, shu jumladan, tayinlangan organning majburiyatlari, belgilangan talablarga rioya qilishi ustidan monitoring oʻtkazishi va boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi, yuridik kuchga ega shartnoma tuzishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ tayinlash sohasiga kiritilgan oʻzgarishlar haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va boshqa manfaatdor tomonlarni uch kun muddatda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vakolatli organga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ muvofiqlikni baholash organini tayinlashda (notifikatsiya qilishda) quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlari bilan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini xolislik va begʻarazlikni taʼminlaydigan tarzda tashkil qilishi va faoliyat yuritishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organini tayinlashga taalluqli boʻlgan har bir qarorning muvofiqlikni baholash organi bilan affillanmagan vakolatli shaxslar tomonidan qabul qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlanayotgan (notifikatsiya qilinayotgan) muvofiqlikni baholash organlaridan olingan axborotning maxfiyligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ muvofiqlikni baholash organlari amalga oshiradigan faoliyat bilan shugʻullanmasligi yoxud maslahat xizmatlarini koʻrsatmasligi yoki bunday xizmat turini taklif qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ muvofiqlikni baholash organlarini baholash va tayinlash (notifikatsiya qilish) tartib-taomillarini va ushbu tartib-taomillarga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlarni hamda tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ ustidan oʻtkazilgan monitoring natijalarini ochiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarga va ularning xodimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlikni baholash organi tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ maqomini olishi uchun mazkur bobda belgilangan talablarga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi keltirilgan barcha talablar va shartlarni bajargan muvofiqlikni baholash organlari tayinlanishi (notifikatsiya qilinishi) mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi uch yil davomida mahsulotning muvofiqligini baholash ishlarini bajarish tajribasiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan soha doirasida mahsulotni sinashni amalga oshirish uchun akkreditatsiya qilingan oʻz sinash laboratoriyalariga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarni jalb etgan holda qoʻllash nazarda tutilgan texnik reglamentlarda belgilangan maxsus talablarga, bunday talablar texnik reglamentlarda belgilanmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus talablarga muvofiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, taʼminlash, yigʻish, ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat manfaatlarini ifodalovchi uyushmalarga aʼzo boʻlgan muvofiqlikni baholash organi, oʻzining mustaqilligi va unda manfaatlar toʻqnashuvi holatlari mavjud emasligini namoyish qilishi sharti bilan mustaqil uchinchi tomon organi sifatida eʼtirof qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muvofiqlikni baholash organi, uning rahbariyati va muvofiqlikni baholash vazifalarini bajarishga masʼul xodimlari oʻzlari baholaydigan texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotlarning loyihachisi, ishlab chiqaruvchisi, taʼminotchisi, oʻrnatuvchisi, xaridori, egasi, foydalanuvchisi yoki texnik xizmat koʻrsatuvchisi yoxud ularning vakili boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muvofiqlikni baholash organi, uning rahbariyati va muvofiqlikni baholash vazifalarini bajarishga masʼul xodimlari bevosita texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish yoki yigʻish, marketing, oʻrnatish, foydalanish yoki texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatlarda ishtirok etmasligi yoki ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchilarga vakillik qilmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlikni baholash organlari tayinlangan soha doirasida tegishli qaror qabul qilishdagi mustaqillikni yoki muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishdagi haqqoniylikning taʼminlanishiga toʻsqinlik qiluvchi har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muvofiqlikni baholash organi muvofiqlikni baholashni amalga oshirishda uning shuʼba korxonasi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlarining harakatlari maxfiylikka, begʻarazlikka yoki xolislikka taʼsir qilmasligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muvofiqlikni baholash organi xodimlari muvofiqlikni baholashni yuqori professional darajada hamda muayyan sohadagi zarur texnik bilim va malaka asosida amalga oshirishlari hamda muvofiqlikni baholash faoliyatida ularning qaror qabul qilish qobiliyatiga va muvofiqlikni baholash natijalariga taʼsir koʻrsatuvchi, jumladan, ushbu faoliyat natijalaridan manfaatdor shaxslar yoki guruhlarning har qanday bosim va ragʻbatlantirishlari, ayniqsa, moliyaviy ragʻbatidan xoli boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muvofiqlikni baholash organi tayinlangan sohada muvofiqlikni baholash tartib-taomillarida belgilangan vazifalarni bajarishi yoki uning nomi va javobgarligida bajarilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muvofiqlikni baholash organi doimiy ravishda oʻzi tayinlangan har bir muvofiqlikni baholash tartib-taomili va har bir turdagi yoki toifadagi texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotlarga nisbatan quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muvofiqlikni baholash uchun texnik bilim va tajribaga ega xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik reglamentga muvofiq oʻtkaziladigan, shaffoflikni taʼminlovchi hamda takroran qayta oʻtkazish imkonini yaratib beruvchi muvofiqlikni baholash jarayonining toʻliq yozma tafsilotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayinlangan muvofiqlikni baholash organi sifatida amalga oshiriladigan faoliyatni boshqa faoliyatlardan farqlab olish imkonini beruvchi tegishli siyosat va tartib-taomil hujjatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bajariladigan ishning koʻlami, faoliyat olib boriluvchi iqtisodiyot tarmogʻi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyatida qoʻllanadigan texnologiyaning murakkablik darajasi hamda faoliyatning ommaviy yoki seriyali tarzda olib borilishi xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi tartib-taomil hujjatlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Muvofiqlikni baholash organi muvofiqlikni baholash faoliyati bilan bogʻliq texnik va maʼmuriy vazifalarni belgilangan tartibda bajarishi uchun zarur texnik vositalarga, barcha talab etiluvchi uskunalar yoki inshootlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Muvofiqlikni baholash uchun masʼul xodimlar quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muvofiqlikni baholash organi oʻzi tayinlangan sohalardagi barcha muvofiqlikni baholash faoliyatini qamrab oluvchi texnik va kasbiy malakaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzlari bajaradigan baholashga qoʻyiladigan talablar boʻyicha bilim va ushbu baholashni amalga oshirish uchun vakolatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnik reglamentlarda belgilangan asosiy xavfsizlik talablari, mahsulotning, uni ishlab chiqarish jarayonlarining yoki usullarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi prezumpsiyasini taʼminlaydigan standartlar va boshqa qonunchilik hujjatlaridagi talablar toʻgʻrisida bilim va koʻnikmaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) baholash amalga oshirilganini tasdiqlovchi hisobotlar, tegishli yozuvlar va xulosalarni rasmiylashtirish koʻnikmasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muvofiqlikni baholash organining, uning rahbariyati va muvofiqlikni baholash uchun masʼul xodimlarning xolisligi kafolatlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar muvofiqlikni baholash faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat tomonidan qoplanishi yoki uning javobgarligida boʻlishi nazarda tutilmagan boʻlsa, muvofiqlikni baholash organi oʻz faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni moliyaviy kafolatlashi (sugʻurtalashi va boshqa usullar) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga asosan muvofiqlikni baholash organi xodimlari oʻz vazifalarini bajarishi davomida olingan barcha maʼlumotlarni, vakolatli davlat nazorat organiga nisbatan istisno qilgan holda, kasbiy sir sifatida saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Muvofiqlikni baholash organi oʻzi tayinlangan tegishli sohadagi standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Texnik qoʻmita) faoliyatida ishtirok etishi yoki muvofiqlikni baholash ishlarini bajarish uchun masʼul xodimlarining standartlashtirish hamda Texnik qoʻmita faoliyati natijalaridan doimiy xabardor boʻlishlarini taʼminlashi lozim. Muvofiqlikni baholash organi Texnik qoʻmita faoliyati doirasida qabul qilingan koʻrsatmalar va hujjatlarni oʻz faoliyatining umumiy boshqaruv hujjatlari sifatida qabul qilishlari va amaliyotda qoʻllashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarning shuʼbalari va yordamchi pudratchi tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ muvofiqlikni baholash faoliyati bilan bogʻliq ayrim vazifalarni bajarishi uchun yordamchi pudratchi tashkilotni yollasa yoki oʻzining shuʼba korxonasi xizmatidan foydalanishga ehtiyoji boʻlsa, bunday hollarda uning yordamchi pudratchi tashkiloti yoki shuʼba korxonasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga javob berishini taʼminlashi va bu haqida Vakolatli organni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ, uning yordamchi pudratchi tashkilotlari yoki shuʼba korxonasi qayerda va qanday shartlarda tashkil etilganidan qatʼi nazar, ular tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Muvofiqlikni baholash jarayonidagi tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning maʼlum vazifalari yordamchi pudratchi tashkilotiga berilishi yoki shuʼba korxonasi tomonidan faqat mijozning (ishlab chiqaruvchi va (yoki) uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutor) roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ, jalb qilingan yordamchi pudratchi tashkilotlar yoki shuʼba korxonasi malakasini baholashga hamda ular tomonidan muvofiqlikni baholash tartib-taomillari doirasida bajarilgan ishlar boʻyicha hujjatlarni Vakolatli organ ixtiyorida saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar tomonidan ishlab chiqaruvchining (korxonaning) akkreditatsiyadan oʻtgan organlarini jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar muvofiqlikni baholash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar bunga ruxsat bersa, ishlab chiqaruvchi (korxona) qoshida (yoki uning boshqaruv tizimida) tashkil etilgan akkreditatsiyadan oʻtgan organlar muvofiqlikni baholashga jalb qilinishi mumkin. Bunday organ ishlab chiqaruvchining alohida va ajratilgan tuzilmasi tarzida faoliyat yuritishi hamda oʻzi tomonidan baholanayotgan mahsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, taʼminlash, oʻrnatish, ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ishlab chiqaruvchining akkreditatsiyadan oʻtgan organi quyidagi talablarga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan koʻp tomonlama tan olish tizimlari ishtirokchisi hisoblangan akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining tashkiliy tuzilmasida xodimlarining maʼmuriy boshqaruvi hamda hisobot berish vakolatlari xolislikni taʼminlaydigan tarzda aniq belgilangan boʻlishi va buni akkreditatsiya organiga taqdim qilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlari baholanayotgan mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, taʼminlash, oʻrnatish, ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish uchun javobgar boʻlmasligi yoxud ular tomonidan oʻtkaziladigan baholash natijalariga nisbatan qabul qilinadigan qarorning mustaqilligi yoki haqqoniyligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat uning tasarrufida boʻlgan ishlab chiqaruvchiga xizmat koʻrsatishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ishlab chiqaruvchining akkreditatsiyadan oʻtgan organiga tayinlangan organ maqomini berish taqiqlanadi. Bunda faqat akkreditatsiya organi tayinlovchi vakolatli organning soʻroviga muvofiq unga ishlab chiqaruvchining ushbu organning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ maqomini olish uchun buyurtma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Muvofiqlikni baholash organi Vakolatli organga texnik reglamentda belgilangan talablar boʻyicha mahsulotlar muvofiqligini baholashga oid ishlarni bajarishga tayinlanishi uchun Vakolatli organ tomonidan belgilangan shaklda buyurtma berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tayinlanish uchun buyurtma bilan birga muvofiqlikni baholash organi tomonidan quyidagilar taqdim qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholashga oid faoliyati toʻgʻrisida toʻliq yozma tafsilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash yuzasidan ichki tartib-taomil(lar) boʻyicha qabul qilingan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlanish soʻralayotgan tegishli texnik reglamentlar va ularda belgilangan mahsulotlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar boʻlgan soha doirasida mahsulotni belgilangan texnik reglamentlardagi talablarga muvofiqligini baholashni amalga oshirish uchun oʻz sinash laboratoriyasiga akkreditatsiya organi tomonidan rasmiylashtirilgan guvohnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar boʻlgan soha doirasida mahsulotning muvofiqligini baholashda ishtirok etuvchi hamda sinovlar oʻtkazuvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda ularning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlanish soʻralayotgan muvofiqlikni baholash faoliyatidan kelib chiquvchi moliyaviy va professional majburiyatlar kafolatlanganini (sugʻurtalanganini va boshqa usullar) tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining vakolatini (kompetentlik darajasini) hamda ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlovchi akkreditatsiya organi tomonidan rasmiylashtirilgan akkreditatsiya guvohnomasi (agar mavjud boʻlsa). Agar muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya guvohnomasini taqdim eta olmasa, ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan talablarga javob berishini tasdiqlash, eʼtirof etish va doimiy ravishda daʼvogar boʻlgan sohaga oid belgilangan talablarga rioya qilishni nazorat qilishi uchun Vakolatli organga hujjatlashtirilgan dalillarni taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik reglamentlarda tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ maqomini olish uchun qoʻshimcha talablar belgilangan boʻlsa, mazkur talablar inobatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar yagona reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agentlik tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ, tayinlanish sohasi, tayinlanganlik maqomiga nisbatan har qanday bekor qilish, toʻxtatib turish, cheklash va tiklash holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat elektron axborot bazasini shakllantiradi va ushbu axborot bazasi asosida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarning yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Tayinlangan organlar reyestri) yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agentlik Vakolatli organning tegishli qarori asosida tayinlangan muvofiqlikni baholash organini Tayinlangan organlar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ, texnik jihatdan tartibga solishning bir necha sohalarida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) maqomini olgan boʻlishidan qatʼi nazar, Tayinlangan organlar reyestrida yagona raqam ostida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar, ularning tayinlanish sohasi, tayinlanganlik maqomini bekor qilish, toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi Tayinlangan organlar reyestrining maʼlumotlari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tayinlangan organlar reyestridagi maʼlumotlar doimiy va oʻz vaqtida yangilanib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar ustidan monitoring oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Vakolatli organ tayinlangan muvofiqlikni baholash organlari tayinlash talablari va shartlariga doimiy rioya qilishlari ustidan monitoring oʻtkazish uchun zarur choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Vakolatli organ akkreditatsiya organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan davriylikda muvofiqlikni baholash organlarida oʻtkazadigan baholash, qayta akkreditatsiya va boshqa kompetentlikni tasdiqlashga oid oʻrganish natijalaridan monitoring oʻtkazish maqsadida foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda akkreditatsiya organi oʻtkazilgan baholash natijasi, tayinlash maqomiga taʼsir koʻrsatuvchi har qanday omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vakolatli organ soʻroviga muvofiq taqdim qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Tayinlanganlik (notifikatsiya qilinganlik) maqomidagi oʻzgarishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agar Vakolatli organ, oʻzi tomonidan tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning ushbu Nizom va texnik reglamentning belgilangan talablariga rioya qilmaganini yoki yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganini aniqlasa yoxud bunday holatlar haqida xabar topsa, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning talablarni yoki majburiyatlarni bajarmaganlik darajasiga qarab uning tayinlash (notifikatsiya qilish) maqomini toʻxtatib turish yoki bekor qilish choralarini koʻradi. Vakolatli organ bu haqida Agentlikni va boshqa manfaatdor tomonlarni uch kunlik muddatda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlash (notifikatsiya qilish) maqomini toʻxtatib turish, tiklash yoki bekor qilish muddatlari va tartibi Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan tayinlash tartibiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayinlash (notifikatsiya qilish) maqomini toʻxtatib turish oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish yoki bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Agar tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning tayinlanganlik maqomi toʻxtatib turilsa yoki bekor qilinsa yoxud tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ faoliyatini tugatsa, Vakolatli organ ushbu tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ ixtiyorida boʻlgan muvofiqlikni baholashga oid ishlarni boshqa tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organga oʻtkazilishini yoki bunday organ boʻlmaganda akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari orasidan tanlab olishi va ularga oʻtkazish choralarini koʻrishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Tayinlash (notifikatsiya qilish) masalalarida nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) masalalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar, Vakolatli organ va tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar faoliyati ustidan shikoyatlar hamda shu kabi boshqa holatlarni oʻrganish, xolis baho va koʻrsatmalar berish maqsadida Agentlikda texnik reglamentlar doirasida muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash masalalari boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi barcha taraflar manfaatini eʼtiborga olgan holda shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga Vakolatli organ, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar va ishlab chiqaruvchi va (yoki) uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutor vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Komissiya oʻz faoliyati natijasida aniqlangan muammolarni kompleks tahlil qilish va hal qilish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarga Agentlik orqali asoslantirilgan takliflar kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning vakolati yoki muntazam ravishda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagani va belgilangan talablarga rioya qilinmagani aniqlansa yoki bu haqida murojaat kelib tushsa, Komissiya bunday holatlar ustidan oʻrganish oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Vakolatli organ Komissiyaning soʻroviga muvofiq oʻrganish oʻtkazilayotgan organning tayinlanganiga asos boʻluvchi yoki uning vakolatini tasdiqlovchi barcha maʼlumotlarni taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Komissiya oʻrganish jarayonida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar Komissiya oʻrganish natijasida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ tayinlanishida belgilangan majburiyatlarini bajarmaganlik va tegishli talablarga rioya qilmaganlik holatlarini tasdiqlasa, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organga nisbatan qonunchilikda belgilangan tegishli choralarini koʻrish, shu jumladan, tayinlanganlik maqomini bekor qilish yuzasidan Vakolatli organga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ texnik reglamentda nazarda tutilgan muvofiqlikni baholash tartib-taomillari asosida mahsulotlarning muvofiqligini baholashni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Muvofiqlikni baholash mutanosib ravishda ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutorga ortiqcha yuklamalarsiz amalga oshirilishi kerak. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ bajariladigan ishning koʻlami, faoliyat olib boriluvchi iqtisodiyot tarmogʻi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyatni amalga oshirish texnologiyasining murakkablik darajasi hamda ushbu faoliyatning ommaviy yoki seriyali tarzda olib borilishi xususiyatlarini inobatga olgan holda, oʻz vazifalarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday holatda ham tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ texnik reglamentda belgilangan mahsulotlar texnik reglamentining talablariga muvofiq boʻlishi uchun belgilangan qatʼiy talablarga (parametrlarga) rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ texnik reglamentning talablari yoki tegishli mahsulotning, uni ishlab chiqarish jarayonlarining yoki usullarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi prezumpsiyasini taʼminlaydigan standartlar yoxud boshqa texnik shartlarning talablari ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutor tomonidan bajarilmaganini aniqlasa, bunday hollarda ulardan tuzatish choralarini koʻrishni talab qilishi va muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha hujjat rasmiylashtirmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Texnik reglamentlarga asosan mahsulotning muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha ijobiy xulosaga koʻra hujjat qabul qilganidan soʻng, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ muvofiqlikni monitoring qilish jarayonida, unga nisbatan nomuvofiqlik aniqlasa, bu hollarda u ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutordan tegishli tuzatish choralarini koʻrishini talab qilishi va zarur hollarda muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha hujjatni toʻxtatib turishi yoki tugatishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar tuzatish choralari koʻrilmagan yoki amalga oshirilgan tuzatish choralari talab qilingan natijani taʼminlamagan boʻlsa, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha ijobiy xulosaga asosan rasmiylashtirilgan hujjatni toʻxtatib turishi yoki tugatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ qarorlariga nisbatan apellyatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organda, u tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan ishlab chiqaruvchi va (yoki) uning vakolatli vakili, import qiluvchi va distribyutor tomonidan apellyatsiya berish tartibi mavjud boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning maʼlumotlarni ochiqlash majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ Vakolatli organni quyidagilar haqida xabardor qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarga asosan mahsulot muvofiqligini baholash natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishni rad etish, rasmiylashtirilgan hujjatlarga oid qarorni toʻxtatish yoki bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining tayinlangan sohasi yoki yuritayotgan faoliyati shart-sharoitlariga taʼsir qiluvchi har qanday holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash faoliyatiga oid maʼlumot taqdim qilish yuzasidan tegishli davlat nazorati organidan kelib tushgan har qanday talabnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovga muvofiq tayinlash sohasi doirasida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash faoliyati va boshqa har qanday faoliyatlar, shu jumladan, yordamchi pudratchilik asosidagi faoliyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organ texnik reglamentlarga asosan aynan bir turdagi mahsulotlarni qamrab olgan, oʻxshash muvofiqlikni baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi texnik reglament doirasida boshqa tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarga muvofiqlikni baholashning salbiy natijalari, shuningdek, ularning soʻroviga koʻra ijobiy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Texnik reglamentlar doirasida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar va boshqa manfaatdor taraflar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vakolatli organ qoshida uning buyrugʻi asosida mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi Texnik qoʻmita tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Texnik qoʻmita tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maslahat organi boʻlib, uning tarkibi Vakolatli organ, standartlashtirish boʻyicha milliy organ, akkreditatsiya organi, bozor nazorati organi, tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlar, iqtisodiy operatorlarning vakillari, tegishli texnik reglamentlarda belgilangan tashkilotlar va boshqa manfaatdor taraflardan (kelishilgan holda) shakllantiriladi. Texnik qoʻmitaning nizomi va tarkibi Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Texnik qoʻmitada koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qaror oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berishda manfaatdor tomonlarning tengligi taʼminlanadi va hech biriga ustunlik berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ovozlar teng boʻlgan taqdirda yakuniy qarorni qabul qilish qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/432/0603-son)