Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3372-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-iyun,
01/7-11/40-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2025-yil 17-iyun
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 5-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “obyektini balansida saqlovchi davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat muassasalari” degan soʻzlar “obyekti biriktirilgan yuridik shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin
“4. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.”.
3. 8-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud yoki mavjud emasligi;”.
4. 10-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud boʻlsa;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)