10.07.2025 yildagi PQ-222-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyodagi har bir davlatning milliy suvereniteti va mustaqilligi shu mamlakatning xalqaro huquq subyekti sifatida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashi, oʻz xalqining tinch va farovon hayotini, uning eng muhim manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladigan mustahkam siyosiy-ijtimoiy zamin va kuch-qudrat manbaidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech shubhasiz, 1991-yil 31-avgustda mard va olijanob xalqimizning xohish-irodasi va azmu qarori bilan qoʻlga kiritilgan milliy istiqlolimiz Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi barcha islohotlarimiz hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi tarixiy sharoitda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan mustaqillik, barcha siyosiy-huquqiy kafolatlarni oʻzida mujassam etgan holda, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyamizni amalga oshirish, jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlik muhitini kuchaytirish, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash, mintaqamizda yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini yanada rivojlantirish, dunyo mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilish, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishda beqiyos tayanch boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz mustaqilligining ana shunday ulkan ahamiyatini inobatga olib, milliy istiqlolimizning oʻttiz toʻrt yillik shonli sanasini Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obroʻ-eʼtiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlarining gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qarorning 1-ilovasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tuzilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayrami (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishini taʼminlash uchun Konsepsiyaning asosiy maʼno-mazmuni va yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda tegishli chora-tadbirlar dasturlarining ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) joylarda Mustaqillik bayramining yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash borasidagi ahamiyatiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, umumxalq sayillari, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkorlar, madaniyat va sanʼat arboblari, sportchilar, jamoatchilik vakillaridan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mazkur yoʻnalishda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini Respublika komissiyasi yigʻilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirlarining dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha sakkiz yil oldin boshlagan keng koʻlamli islohotlarimiz tufayli jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy manzarasi butunlay oʻzgarib borayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qisqa muddatda mamlakatimiz iqtisodiyoti shiddat bilan oʻsib, yalpi ichki mahsulotimiz hajmi tarixda birinchi marta 110 milliard AQSH dollaridan oshgani, “yashil” va innovatsion iqtisodiyotga oʻtish, muqobil energiya manbalarini yaratish boʻyicha ulkan dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yangilangan Konstitutsiyamizda belgilanganidek, Oʻzbekiston tobora inson qadri, uning huquq va manfaatlari ulugʻlanadigan ijtimoiy davlatga aylanib borayotgani, bandlikni taʼminlash, zamonaviy ish oʻrinlarini koʻpaytirish, kambagʻallikni qisqartirish, yordamga muhtoj toifalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlari katta ijobiy natijalar berayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) taʼlim sohasidagi islohotlar ilgari tariximizda misli koʻrilmagan oʻzgarishlarga olib kelayotgani, maktabgacha taʼlim tizimida qamrov 2017-yildagi 27 foizdan hozirgi paytda 77 foizga, oliy taʼlimda esa 9 foizdan 42 foizga yetgani, yurtimizda ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar va Prezident maktablari kabi yangi modeldagi maktablar tizimi paydo boʻlgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) sogʻliqni saqlash, ilm-fan, IT, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalari rivojiga ham katta eʼtibor berilayotgani, Parij Olimpiadasi va Paralimpiadasida sportchilarimiz ilk bor kuchli oʻn beshtalikdan joy olgani, futbol boʻyicha 17 yoshgacha oʻsmirlar jamoamiz, shuningdek, milliy terma jamoamiz Oʻzbekiston tarixida birinchi marta jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) “Yoshlar — Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” degan shior ostida navqiron avlodimizning zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarini egallashlari, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari, isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratib berilayotgani, bunga javoban oʻgʻil-qizlarimiz turli sohalarda dastlabki quvonchli yutuqlarga erishayotganlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) keyingi yillarda shahar va qishloqlarimiz jadal surʼatlar bilan obod boʻlib borayotgani, “Yangi Oʻzbekiston” uy-joy mavzelarini barpo etish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, smart va innovatsion shaharsozlik asosida yangi shaharlar barpo etilib, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari rivojlanayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) koʻp millatli va koʻp konfessiyali jamiyatimizdagi tinchlik, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik muhiti — bizning bebaho boyligimiz ekani, uni asrab-avaylash va mustahkamlash barchamizning muqaddas burchimiz boʻlib qolishi zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Armiya va xalq — bir tanu bir jondir!” degan shior asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish, mard va jasur askar va ofitserlarimizning jismoniy, maʼnaviy-ruhiy tayyorgarligini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar amalga oshirilayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qoʻshnichilik, hamkorlik va integratsiya jarayonlarini kuchaytirishdagi oʻrni va nufuzi ortib, yangi bosqichga koʻtarilayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) Yangi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatida ochiq, demokratik va dunyoviy davlat sifatidagi obroʻ-eʼtibori va nufuzi tobora yuksalib borayotgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirining dasturi va ssenariysini Konsepsiya asosida ishlab chiqsin hamda uni yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovlarining yakuniy bosqichini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mazkur tanlovlarning gʻolib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi homiylik xayriyalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-222-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

3.

R. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

O. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

5.

Z. Maxkamova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

6.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

7.

Sh. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

8.

B. Saidov

tashqi ishlar vaziri

9.

Sh. Xalmuxamedov

mudofaa vaziri

10.

A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

11.

B. Kudratxodjayev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

R. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

13.

K. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

14.

X. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

15.

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

16.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

17.

A. Ikramov

sport vaziri

18.

A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

19.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

20.

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

21.

Q. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

22.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

23.

Sh. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti

24.

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

25.

Q. Sariyev

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi

26.

Sh. Rizayev

Kinematografiya agentligi direktori v.b.

27.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

28.

A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

29.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori

30.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

31.

O. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

32.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

33.

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

34.

Sh. Qudratxoʻja

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi raisi

35.

X. Salimov

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi oʻrinbosari

36.

B. Hasanov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori

37.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

38.

R. Azimov

Vazirlar Mahkamasi boʻlim boshligʻi, Respublika komissiyasi kotibi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 07/25/222/0596-son)