25.06.2025 yildagi SQ-139-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, Oliy Majlis Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan birinchi darajali vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil 16-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan mavjud holat, amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy ustuvor vazifalar va yoʻnalishlar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillardagi keng qamrovli islohotlar, koʻrilayotgan qatʼiy choralar natijasida mamlakatimizda barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, islohotlarni jadal rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi qator kamchiliklar ham mavjudligi Davlat Rahbari tomonidan qayd etildi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda aholi kayfiyatiga taʼsir qiluvchi muhim yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, energiya isteʼmoli va taʼminoti masalasi dolzarbligi oshmoqda. Shundan kelib chiqib, energiya samaradorligini oshirish, ilgʻor texnologiyalarga oʻtish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikdan chiqarish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2 mln 600 ming aholini band qilish, 722 ming kishini kambagʻallikdan chiqarish rejasi ijrosini taʼminlash masalasi qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan oqilona foydalanish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mahallalardagi tomorqalarga suv yetkazish hisobiga qoʻshimcha mahsulotlar olish boʻyicha koʻlamli topshiriqlar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, hududlarni rivojlantirishda muhim boʻlgan masalalar — joylarda drayver loyihalarni oʻz vaqtida bajarish, mahalliy budjet tushumlarini oshirish, yoʻl qurish va taʼmirlash, avtohalokatlarning sonini qisqartirish, jamoat transporti sifatini koʻtarish, shaharsozlikdagi muammolarni hal qilish, “Yashil makon” loyihasini samarali amalga oshirish boʻyicha qator topshiriqlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizimni yaratish, Xalq qabulxonalari tizimini takomillashtirish qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman boʻgʻinining samarali ishlashini yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi boshqaruv tizimini yil yakunigacha Surxondaryo viloyatida toʻliq tatbiq etish, qolgan hududlarda jadal rivojlantirish belgilangan 15 ta tuman va shaharda joriy qilish lozimligi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish, joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, shuningdek bu borada vakillik organlarining faol ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan Senat qoʻmitalari raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar rejasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda bir marotaba Davlat Rahbari boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik, idoralar tomonidan bajarilishini joyiga chiqqan holda oʻrganib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqib oʻrganish davomida hududlarda aniqlangan va aholini tashvishga solayotgan muammolarning yechimi boʻyicha takliflarni Senat Kengashiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyasi) belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tegishli choralarni amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga har tomonlama koʻmaklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir sessiyada qonunchilik hujjatlari, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarning bajarilishi boʻyicha ijro holati yuzasidan axborotning eshitilishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda sohani rivojlantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga jiddiy eʼtibor qaratish, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslar faoliyatiga tanqidiy baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining birlamchi ehtiyojlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi kabi) bilan bogʻliq muammolar aniqlanganda ularni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalar (yoʻl, suv, elektr, ijtimoiy soha obyektlari kabi) ijrosini sessiyalarda tanqidiy koʻrib chiqish, oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlgan rahbarlarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiqligi boʻyicha yuqori idorasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonasi rahbarining aholi murojaatlari tahlili va ijrosi boʻyicha hisobotlarini eshitish, bunda murojaatlar natijasidan aholining rozi boʻlayotganligiga eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni rivojlantirish boʻyicha dastur loyihasi tasdiqlash uchun kiritilganda har bir loyihaning puxta ishlab chiqilganligiga, kelgusida samara keltirishiga, aholi uchun qulayliklar yaratishiga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini nazoratga olsin hamda yil yakuni bilan Qaror ijrosi yuzasidan Senat Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-139-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 25-iyundagi SQ-139-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlari

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Islohotlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish

1.

Tashabbusli budjet jarayonini oʻtkazish, shuningdek, “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish hamda amalga oshirish tartibini takomillashtirish.

1. Tashabbusli budjet jarayonini takomillashtirish maqsadida mavjud muammo va kamchiliklarni oʻrganish.

2. “Tashabbusli budjet jarayonini oʻtkazish, gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Senat Kengashi Qarori loyihasini tayyorlash.

3. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritish.

2025-yil

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida, tushumlar va xarajatlarni jamoatchilikka ochiqlab borish.

1. “Mahalla budjeti”ni toʻldirish maqsadida soliq tushumlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, mahallalardagi soliq inspektorlarining masʼuliyatini oshirish.

2. Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan MFY faollari va aholi oʻrtasida “Mahalla budjeti” mablagʻlaridan samarali foydalanish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish.

3. “Mahalla budjeti” tizimi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borish.

4. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari masʼullarning jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib borish.

doimiy ravishda

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Soliq qarzdorligini qisqartirish va ortiqcha toʻlovlarning oldini olish, Davlat budjetiga soliqlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq undirilishini taʼminlash.

1. Ortiqcha toʻlovlarning oldini olish yuzasidan mahalliy Kengashlarning rolini oshirish.

2. Soliq tushumlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida mahallalardagi soliq inspektorlarining masʼuliyatini yanada oshirish.

doimiy ravishda

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

4.

Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish.

1. Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimining samaradorligini tahlil etish. Bunda:

boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyat samaradorligi holati;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobini va ularning faoliyati boʻyicha hisobotlarni yuritish uchun axborot tizimlari hamda axborot resurslarini joriy etish;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi;

koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirish borasidagi ishlar holati tahlil etish.

2. Tahlil natijalari yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga parlament soʻrovini yuborish.

2025-yil iyul

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

5.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Bosh prokuraturadan amalga oshirilgan ijro harakatlari toʻgʻrisidagi, Oliy suddan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga sud qarorlari ijrosi yuzasidan yuborilgan ijro hujjatlari va ularning ijro etilishi holatlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olib oʻrganish va tahlil qilish.

2025-yil iyul

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

3. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan parlament nazorati shakllaridan (davlat organlari rahbarlarining axborotini (hisobotini) eshitish, parlament soʻrovi, senator soʻrovi) foydalangan holda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

2025-yil avgust

6.

Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “ogʻir” toifadagi mahallalarni, jinoyatchilik va nikohdan ajratish bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish.

1. Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “ogʻir” toifadagi mahallalar va ularni “ogʻir” toifadan chiqarish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida, jinoyatchilik va ajrimlar holati, ularning oldini olish yuzasidan koʻrilgan choralar haqida maʼlumotlarni olish va tahlil qilish.

2025-yil iyul

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi,

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi,

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

2. Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “ogʻir” toifadagi mahallalarga, jinoyatchilik va nikohdan ajratish holati yuqori boʻlgan hududlariga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazish.

2025-yil iyul-avgust

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2025-yil avgust

4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan parlament nazorat shakllaridan (davlat organlari rahbarlarining axborotini (hisobotini) eshitish, parlament soʻrovi, senator soʻrovi) foydalangan holda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

5. Aniqlangan muammo va kamchilik yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

7.

Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlar holatini Navoiy va Toshkent viloyatlarida oʻrganish.

1. Hududda, jumladan, tanqid qilingan tumanlarda aholini band qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlaridan, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Navoiy va Toshkent viloyatlaridan maʼlumotlarni olish va tahlil qilish.

2025-yil iyul

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Qoʻmitalar

2. Aholini ish bilan band qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini Muborak, Boʻston, Vobkent, Marhamat, Fargʻona, Zangiota, Doʻstlik, Chortoq, Qoraoʻzak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchkoʻprik tumanlarida, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlar holatini Uchquduq, Angren va Karmana tumanlarida joyiga chiqqan holda oʻrganish.

2025-yil iyul-avgust

3. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan parlament nazorati shakllaridan (davlat organlari rahbarlarining axborotini (hisobotini) eshitish, parlament soʻrovi, senator soʻrovi) foydalangan holda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

2025-yil avgust

5. Aniqlangan muammo va kamchilik yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

8.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish hamda yoʻlovchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillari, Qoʻmita ekspertlar kengashi aʼzolari, olimlar, mutaxassislardan iborat Ishchi guruhi tuzish.

2. Avtomobil yoʻllariga kameralarni oʻrnatish va ularni dislokatsiyasini aniqlash boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi holatini tahlil qilish;

2025-yil avgust

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar

3. Toshkent shahridagi avtomobil yoʻllarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga oʻtkazish, shuningdek transport harakatini sunʼiy intellekt asosida tartibga solish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va yuzaga kelayotgan muammolar holatini oʻrganish;

2025-yil sentabr

4. Oʻrganish yakunlari boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

5. Qoʻmita qarorini qabul qilish (zaruratga koʻra “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va tasdiqlash).

2025-yil oktabr

9.

Yangi boshqaruv tizimi joriy etilayotgan 16 ta tumanda investitsiyalar, turizm va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish.

1. Qoʻmita tomonidan Qoʻngʻirot, Chimboy, Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Yakkabogʻ, Xatirchi, Chortoq, Bulungʻur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp, Bektemir tumanlari, Margʻilon va Yangiyoʻl shaharlarida mahalliy Kengashlar, tadbirkorlar va ijro organlari ishtirokida muloqot maydonlari tashkil etish.

2025-yil oktabr — dekabr

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Ushbu hududlarda investitsiya, turizm va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilish, ularni amalga oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borish.

uchrashuv davomida

3. Joylarda aniqlangan muammolar respublika darajasida koʻrib chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni tartibga solishda qoʻmitaning koʻmakchi platforma sifatida vazifalarini bajarish.

2025-yil dekabr

10.

Hududlarga tashriflarni amalga oshirish doirasida “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mos xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oʻzlashtirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish” mavzusidagi amaliy muloqot va seminarlar tashkil etish.

1. Hududlarga tashriflarni amalga oshirish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyul

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Muloqot va seminarlarga mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari aʼzolari, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari vakillari, mahalliy va xorijiy investorlar hamda tadbirkor ishbilarmonlarni jalb qilish.

2025-yil oktabr — dekabr

3. IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan shartnomalar, ilgari surilgan investitsiya gʻoyalari va tashabbuslari toʻgʻrisida maʼlumot berish.

uchrashuv davomida

4. Muhokama qilingan masalalar va mavjud muammolar, toʻsiqlar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va tegishli idoraga taqdim qilish.

2025-yil dekabr

11.

Tasdiqlangan dasturlar doirasida fuqarolarning sifatli taʼlim olish, davlat va xorijiy tillarni hamda kasb-hunar oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslar va kambagʻal oilalar farzandlarining oliy maʼlumot olishiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish.

1. Fuqarolarning sifatli taʼlim olish, davlat va xorijiy tillarni hamda kasb-hunar oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslar va kambagʻal oilalar farzandlarining oliy maʼlumot olishiga koʻmaklashish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish.

2025-yil avgust

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

3. Eshituv natijasi boʻyicha qoʻmita qarorini qabul qilish.

2025-yil sentabr

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Hududlarda kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirishiga koʻmaklashish yuzasidan koʻrilayotgan manzilli chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish.

1. Kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirishiga koʻmaklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish.

2025-yil sentabr

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha hududlarda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirining axborotini eshitish.

2025-yil oktabr

13.

Taʼlim sohasiga oid aholi murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, ularning ijobiy hal etilishi boʻyicha parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Taʼlim sohasiga oid aholi murojaatlarini alohida nazoratga olish.

muntazam ravishda

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Taʼlim sohasidagi murojaatlarga masʼul vazirlik va idoralar tomonidan berilgan javoblarni tahlil qilish.

2025-yil oktabr

3. Tahlil natijalari boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

4. Qoʻmita qarorini qabul qilish.

2025-yil noyabr

14.

Hududlardagi sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlaridan samarali foydalanish yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish. (tanlangan hududlar kesimida)

1. Oʻrganish yuzasidan savolnoma ishlab chiqish, oʻrganish hududlarini belgilash hamda ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. Hududlarda sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlarini tashkil etish va samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish.

3. Oʻrganish natijalarini Qoʻmita majlisida masʼul vazirlik-idoralar va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida muhokama etish.

4. Qoʻmita qarorini qabul qilish.

2025-yil sentabr

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Sport vazirligi,

Bosh prokuratura,

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Kadastr agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

15.

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi ustidan Parlament nazoratini olib borish.

1. Ishchi guruh tarkibini shakllantirish va oʻrganish yuzasidan savolnoma ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Yoshlar parlamenti,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Tegishli qonun hujjatlarini dastlabki tarzda tahlil qilish.

2025-yil sentabr

3. Zaruratga koʻra joyiga chiqib, oʻrganish ishlarini tashkil qilish.

zaruratga koʻra

4. Tahlil natijalarini qoʻmita majlisida muhokama etish.

oʻrganish natijasi asosida

16.

Yer maydonlarini foydalanishga kiritish, yaylov va oʻrmon fondi yerlarida ozuqabop ekinlar yetishtirishni tashkil etish chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillari, Qoʻmita ekspertlar kengashi aʼzolari, olimlar, mutaxassislardan iborat Ishchi guruhi tuzish.

2. Yer maydonlarini foydalanishga kiritish, yaylov va oʻrmon fondi yerlarida ozuqabop ekinlar yetishtirishni tashkil etish chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni Toshkent viloyati misolida oʻrganish.

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

5. Qoʻmita qarorini qabul qilish.

2025-yil sentabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

17.

Oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini oshirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillari, Qoʻmita ekspertlar kengashi aʼzolari, olimlar, mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksport hajmini oshirish boʻyicha masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish.

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

4. Qoʻmita qarorini qabul qilish (zaruratga koʻra “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va tasdiqlash).

2025-yil oktabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

18.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtlar ekish va parvarish qilish, “yashil belbogʻlar” barpo etish yuzasidan parlament nazoratini oʻrnatish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhi tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtlar ekish va parvarish qilish, “yashil belbogʻlar” barpo etish boʻyicha Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va boshqa tashkilotlar faoliyatini oʻrganish.

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtlar ekish va parvarish qilish, “yashil belbogʻlar” barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va boshqa tashkilotlar axborotini qoʻmita majlisida eshitish va qoʻmita qarorini qabul qilish.

2025-yil dekabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Islohotlar amalga oshirilishini taʼminlashda mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish

19.

Mahalliy Kengash sessiyalarida qonunchilik hujjatlari, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarning bajarilishida ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan axborotlar eshitib borilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Hududda ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakilining sessiyada axborotini eshitib borish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazib berish.

2025-yil 15-iyul

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

2. Mazkur tavsiyalar asosida har chorak yakuni boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakilining axborotini eshitib, tegishli qarorlar qabul qilish.

3. Ijro intizomini rioya etmayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan yuqori turuvchi organiga takliflar kiritib borish.

har chorak yakuni boʻyicha

20.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda sohani rivojlantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga jiddiy eʼtibor qaratish, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslar faoliyatiga tanqidiy baho berish.

1. Sessiyalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish, bunda asosiy eʼtiborni sohani rivojlantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratish.

2. Hisobotlarni eshitish jarayonida tegishli sohaga doir aholi murojaatlari va ularning ijrosini tanqidiy muhokama qilish.

3. Xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan, aholi roziligiga erishmayotgan mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berish, zarur hollarda, lavozimiga loyiqligi yuzasidan takliflar kiritish.

belgilangan muddatlarda

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

21.

Aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bogʻliq (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi kabi) muammolar aniqlanganda ularni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish.

1. Mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan birgalikda aholi bilan muloqotlar olib borish hamda muammolarini oʻrganishni davom ettirish.

2. Muloqot va oʻrganishlar davomida aniqlangan birlamchi ehtiyoj bilan bogʻliq muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish, bunga mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari vakillarini jalb etish.

3. Zarur hollarda, muammolarni mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga olib chiqish hamda mutasaddi tashkilot rahbarining hisobotini eshitish.

har oyda

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

4. Hal etilishi muayyan vaqt va mablagʻ talab qilinadigan masalalarni hududni rivojlantirish dasturlariga hamda 2026-yil uchun respublika va mahalliy budjetni shakllantirishda inobatga olish uchun tegishliligicha hokimliklarga, Oliy Majlis Senatiga kiritish. Bunda:

Tuman (shahar) darajasidagi masalalarni — tuman (shahar) hokimliklariga;

viloyatlar Toshkent shahar darajasidagi masalalarni — viloyatlar Toshkent shahar hokimliklariga;

Respublika darajasidagi masalalarni Oliy Majlis Senatiga.

2025-yil avgust

Senat devonining Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

22.

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalar (yoʻl, suv, elektr, ijtimoiy soha obyektlari kabi) ijrosi yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish.

1. Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalar (yoʻl, suv, elektr, ijtimoiy soha obyektlari kabi) ijrosini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda “Mahalla yettiligi” — Kengash — Senat” uch boʻgʻinli nazorat mexanizmi asosida oʻrganish.

2. Oʻrganish davomida aniqlangan muammoli masalalarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari bilan birga muhokama qilish hamda hal etish choralarini koʻrish.

3. Respublika darajasida hal etiladigan muammoli masalalarni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalariga kiritib borish.

har oyda

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

4. Muammoli masalalarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini amalga oshirish, zarur hollarda, Senat yalpi majlisi muhokamasiga olib chiqish.

doimiy ravishda

Senat qoʻmitalari

23.

Davlat xizmatchilarining oylik isteʼmoli 500 kilovatt soatdan yuqori boʻlgan xodimlari roʻyxati asosida ularga energiya samarador texnologiyalarga oʻtish uchun “yashil taʼmir” krediti, subsidiya, ssuda berilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish.

1. Mahalliy Kengashlarning har chorak yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan sessiyalarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya samaradorligini oshirishga masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitib borilishini taʼminlash.

2. Masʼul rahbarlarning hisobotlarini eshitish jarayonida davlat xizmatchilarining oylik isteʼmoli 500 kilovatt soatdan yuqori boʻlgan xodimlari roʻyxati asosida ularga energiya samarador texnologiyalarga oʻtish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligiga, ularga “yashil taʼmir” krediti, subsidiya, ssuda berilishi masalalariga eʼtibor qaratish.

har chorak yakuni boʻyicha

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

24.

Hududni rivojlantirish boʻyicha dastur loyihasini muhokama qilish hamda ijrosi yuzasidan nazoratni yoʻlga qoʻyish.

1. Hududlarni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va vazifalar ijrosining borishini ushbu hududdan saylangan deputat orqali oylik oʻrganish.

har oyda

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

2. Oʻrganish jarayonida aniqlangan muammoli masalalarni tegishli ijro organi bilan birgalikda hal qilish choralarini koʻrish.

doimiy ravishda

3. Hududni rivojlantirish boʻyicha dasturlar ijrosining borishi holatini Kengash sessiyasida tanqidiy muhokama qilish va mutasaddi rahbarlarning axborotlarini eshitish.

har chorakda