07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3639
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3639]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 12-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri (bundan buyon matnda Registr deb yuritiladi) — mazkur Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun Registr operatori tomonidan yuritiladigan axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat vositalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori — “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — kliring, pul mablagʻlarining hisobi va kliring ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni taʼminlovchi Registr operatorining tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring — kliring ishtirokchilarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchisi — Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalarni tashkil etish va (yoki) bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual hisobvaraq — kliring boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun Registr operatorining HKKPda ochilgan maxsus hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKP ikkilamchi hisobvaragʻi — Registr operatorining xizmat koʻrsatuvchi bankida ochilgan, oʻyinchilar va oʻyin tashkilotchisining mablagʻlarini saqlash hamda stavka qilish maqsadida pul mablagʻlarini qabul qilish va yutuqlarni toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga moʻljallangan Registr operatorining ikkilamchi depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — mazkur Nizomda belgilangan tartibda HKKPda roʻyxatdan oʻtgan oʻyinlar tashkilotchilari va oʻyinchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklovlar roʻyxati — vakolatli organ tomonidan belgilanadigan Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaram boʻlgan shaxslar roʻyxati (bundan buyon matnda qaram shaxslar roʻyxati deb yuritiladi) — vakolatli organ tomonidan oʻyinchining arizasiga binoan 6 oydan 5 yilgacha boʻlgan muddatga yoki uning yaqin qarindoshlarining arizasiga binoan sud qaroriga koʻra 5 yil muddatga kiritiladigan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchining individual raqami (bundan buyon matnda FIR deb yuritiladi) — kliring ishtirokchisiga beriladigan noyob kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyili — oʻyin tashkilotchilari tomonidan oʻyinchilarning Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida (bundan buyon matnda oʻyinlar deb yuritiladi) ishtirok etishining salbiy oqibatlarini oldini olish va minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni, shuningdek oʻyinchilar uchun oʻzini oʻzi cheklash va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni, oʻyinchilarni oʻyinlarda ishtirok etish xavflari haqida xabardor qilishni va oʻyin qaramligining oldini olish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni nazarda tutuvchi oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishning asosiy tamoyillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchisining platformasi (bundan buyon matnda platforma deb yuritiladi) — oʻyinlar tashkilotchilarining oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun moʻljallangan axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat vositalari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa — natijasi oldindan noaniq boʻlgan, stavkalar qabul qilinadigan va oldindan belgilangan (turi, joyi, sanasi, vaqti va h.k. boʻyicha) har qanday harakat (holat, vaziyat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stavka — maʼlum bir hodisaning va (yoki) oʻyinning natijasiga oʻyinchi tomonidan pul mablagʻlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy operatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchi — oʻyinda ishtirok etish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, Roʻyxatga, cheklovlar roʻyxatiga va (yoki) qaram shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Registrning egasi vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Registr quyidagi reyestrlardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinchilar yagona reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklovlar (taqiqlar), shu jumladan, bukmekerlik garovlarida yoki Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda sarflash (yutqazish) mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha limitlar yagona reyestri (bundan buyon matnda cheklovlar reyestri deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan lotereya chiptalari, bukmekerlik garovlari uchun qabul qilingan mablagʻlar va Internet tarmogʻidagi oʻyinlarga kiritilgan mablagʻlar bilan bogʻliq moliyaviy tranzaksiyalar reyestri (bundan buyon matnda Tranzaksiyalar reyestri deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yutuqlar boʻyicha toʻlovlar reyestri (bundan buyon matnda Toʻlovlar reyestri deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻyinchilar yagona reyestrida oʻyinchilarning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish, tizimlashtirish va saqlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Cheklovlar reyestrida quyidagi maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish va saqlash amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli organ tomonidan oʻyinda ishtirok etishga belgilanadigan limitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻyinchi tomonidan mustaqil ravishda oʻyinda ishtirok etishga belgilanadigan limitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) oʻyinlardan chetlatilgan shaxslar va (yoki) shaxs toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining oʻzini oʻzi chetlatish toʻgʻrisida topshirgan arizalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga koʻra oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlangan yoki cheklangan oʻyinchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga, cheklovlar roʻyxatiga va qaram shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tranzaksiyalar reyestrida oʻyinlarda ishtirok etish uchun pul mablagʻlarini qabul qilish, chiqarish va saqlash hisobi yuritiladi. Bunda, tranzaksiyalar reyestri oʻyinlar tashkilotchisining FIRsi, stavkalar, oʻyinchilarning moliyaviy operatsiyalari, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toʻlovlar reyestrida oʻyinchilarga pul mablagʻlarini chiqarish va qaytarishning hisobi yuritiladi. Bunda, toʻlovlar reyestri oʻyinlar tashkilotchisining FIRi va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻyinlar tashkilotchilari platformalarini mazkur Nizom va Registr operatorining ichki hujjatlarida belgilangan tartibda Registr bilan integratsiya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Registrning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Registrning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlarni tashkil etishda moliyaviy operatsiyalarni konsolidatsiyalashgan holda hisobga olish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlarni tashkil etishda davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida zarur boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish (shakllantirish), saqlash, tizimlashtirish va taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlarni tashkil etishda oʻyinchilar va investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlarni tashkil etishda noqonuniy faoliyatning oldini olish, oʻyin qaramligi koʻrinishlarining profilaktikasi va ularni kamaytirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Registrning funksiyalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar, oʻyinlar tashkilotchilari va hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tranzaksiyalarni, shu jumladan mablagʻlarni qabul qilish, yutuqlarni toʻlash, stavkalar, ularning natijalari va qaytarishlarning hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar bozorining dinamikasi va hajmlari toʻgʻrisida hisobotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar hamda investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyili mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga, cheklovlar roʻyxatiga va qaram shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarni platformalarga kirishining oldini olish va cheklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Registr operatori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Registr operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registrni texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registrning zarur darajada ishlashini va kiberxavfsizligini taʼminlash, shuningdek Registrni himoya qilish va unga ruxsatsiz kirishning oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr funksiyalarini amalga oshirish maqsadida Registrni davlat organlarining maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar va oʻyinlar tashkilotchilarining arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr faoliyati bilan bogʻliq xavflarni baholash va xavfsizlik auditini muntazam ravishda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registrda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar, shu jumladan identifikatsiya maʼlumotlari, Registr operatorining oʻyinlar tashkilotchilari, oʻyinchilar va vakolatli organ bilan oʻzaro munosabatlari haqidagi maʼlumotlarni besh yil davomida saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning topshirigʻi boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish, jarayonlarni optimallashtirish va samaradorlikni oshirish maqsadida Registrga oʻzgartirishlar kiritishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Registr operatori vakolatli organga Registrda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni doimiy ravishda nazorat va monitoring qilish uchun texnik imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori tomonidan qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilishining har bir fakti toʻgʻrisidagi maʼlumot Registr operatori tomonidan ushbu fakt aniqlangan kundan boshlab kamida 5 yil davomida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning soʻrovlariga binoan Registr operatori tegishli soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli organga Registr faoliyatiga oid soʻralgan maʼlumotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Registr operatori quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchilarining platformalarini Registrga integratsiya qilish va operatsiyalarni amalga oshirish uchun texnik talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchilaridan Registr faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Registr operatori quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformalarni Registr bilan integratsiya qilishga oid texnik talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyili qoidalari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr faoliyati bilan bogʻliq soʻrovlarni koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy tranzaksiyalarni, shu jumladan mablagʻlarni qabul qilish, yutuqlarni toʻlash, stavkalar, ularning natijalari va qaytarishlarni hisobga olish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Registr operatori oʻyinlar tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritishga va (yoki) oʻyinlar tashkilotchilari bilan affillangan shaxs boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻyinlar tashkilotchisi va oʻyinchi bilan munosabatlarni oʻrnatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Registr operatori oʻyinlar tashkilotchilari bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada quyidagi shartlar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni vakolatli organga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar va (yoki) oʻyinlar tashkilotchilari vakillari bilan muzokaralarni ular roziligi bilan audio yoki videoyozuvi olib borilishi, shu jumladan yozishmalarning yozib borilishi hamda ushbu maʼlumotlarning kamida besh yil davomida saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar bilan nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Registr operatori va oʻyinlar tashkilotchisi oʻrtasida munosabatlar oʻrnatilishi natijasida Registrda oʻyinlar tashkilotchisi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi shaxsiy kabinet (akkaunt) yaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchisining akkauntini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori va vakolatli organ bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlarni shakllantirish va yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vakolatli organning shaxsiy kabineti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ uchun Registrda quyidagilarni nazarda tutuvchi shaxsiy kabinet yaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning akkauntini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning masʼul xodimlari uchun tegishli akkauntlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registrda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni monitoring va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik va tahliliy maʼlumotlarni olish hamda kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy tranzaksiyalar, oʻyinlar va stavkalar boʻyicha olingan maʼlumotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori va oʻyinlar tashkilotchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori va oʻyinlar tashkilotchilaridan hisobotlarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ shaxsiy kabineti orqali oʻyinchilar uchun limitlar belgilashi, Registr operatori va oʻyinlar tashkilotchilariga ular tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan soʻrovlar, ogohlantirishlar va koʻrsatmalar yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Registrda hisob-kitob kliring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. HKKPning maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. HKKP Registr operatorining tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas va Registr operatori nomidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan har qanday mustaqil operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirish huquqisiz ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. HKKP quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilarini roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilariga hisobvaraqlarning ochilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro majburiyatlarini belgilaydi, aniqlashtiradi va hisobga oladi, shuningdek kliring ishtirokchilarining tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlari hisobini alohida-alohida yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring yakunlariga koʻra, zarur axborotni shakllantiradi va kliring ishtirokchilariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring amalga oshirilayotgan bitimlar, kliring natijalari toʻgʻrisidagi axborotning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini vakolatli organ, oʻyinlar tashkilotchisi va (yoki) oʻyinchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. HKKP quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring oʻtkazish usulini mustaqil tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, shuningdek qoidalar yoki shartnoma majburiyatlarini buzganligi uchun kliring ishtirokchisiga jarima solish toʻgʻrisida vakolatli organning qarori mavjud boʻlganda, aybdor kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻidan jarima summasini akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar qayd etilishi bilan Registrning vositachilik yigʻimlarini hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalari uchun zarur axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. HKKP quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat roʻyxatga olingan bitimlar va ular bilan bogʻliq operatsiyalar (vositachilik yigʻimlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) boʻyicha hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kliring ishtirokchisi majburiyatlarining hisobi alohida yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim mazmuni toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, ushbu axborotni kliring ishtirokchilarining roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Registrda va (yoki) platformada amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha barcha harakatlar, shu jumladan kliring ishtirokchilarining virtual hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobi HKKP tomonidan olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. HKKP va kliring ishtirokchilariga HKKP hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalangan holda, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kliring ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. HKKP kliring ishtirokchilari bilan munosabatlar oʻrnatganidan soʻng kliring ishtirokchisiga FIRni shakllantiradi hamda stavkalar boʻyicha majburiyatlar va talab qilish huquqlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan virtual hisobvaraq ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. HKKP mazkur Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan holatlarda kliring ishtirokchisiga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. HKKPda hisobvaraqlarni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Registr operatori oʻz faoliyati doirasida xizmat koʻrsatuvchi bankda kliring ishtirokchilarining pul mablagʻlari hisobi uchun moʻljallangan HKKP ikkilamchi hisobvaragʻini ochadi va ularning hisobi HKKPda alohida virtual hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. HKKP kliring ishtirokchilarining virtual hisobvaraqlari hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻini yopish HKKP tomonidan hisobvaraq egasi (yoki uning huquqiy vorisi) topshirigʻi boʻyicha amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 48-bandidagi hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Virtual hisobvaraqni yopishdan oldin undagi qoldiq pul mablagʻlari bankdagi hisobvaraq egasining hisobvaraqlariga uning topshirigʻiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual hisobvaraqni yopish faqat hisobvaraqda qoldiq pul mablagʻlari boʻlmaganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Virtual hisobvaraq egasi HKKPga virtual hisobvaraqdan oʻz bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini (pul mablagʻlarining bir qismini) qaytarish toʻgʻrisida farmoyish berishga haqli, bundan qonunchilik talablari, Registr operatorining ichki hujjatlari yoki shartnomaviy majburiyatlarda belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. HKKP faqat bitimlar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha virtual hisobvaraqlar orqali pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kliring ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kliring ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatori tomonidan roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha kliringda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual hisobvaraqning holati, majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida zarur axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz virtual hisobvaragʻidagi boʻsh pul mablagʻlarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobvaragʻiga chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kliring ishtirokchisining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKPga mazkur Nizomga muvofiq ishonchli axborotni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bekor qilingan taqdirda, shartnoma bekor boʻlgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot maxfiyligi tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va Registr operatorining ichki hujjatlari bilan belgilangan talablarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. HKKPning kliring ishtirokchilari bilan oʻzaro munosabatlari mazkur Nizom va Registr operatorining ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Registr operatori va kliring ishtirokchilari oʻrtasidagi kliring va hisob-kitob boʻyicha, shuningdek kliring ishtirokchilarining shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kliring oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻyinchi va oʻyinlar tashkilotchisi roʻyxatdan oʻtganidan soʻng shartnomaviy majburiyatlarini bajarish uchun HKKPning ikkilamchi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻyinchi oʻyinlarda ishtirok etish maqsadida depozit sifatida virtual hisobvaraqqa kirim qilish uchun HKKPning ikkilamchi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻyinlar tashkilotchisi yutuqlarni toʻlash va (yoki) qaytarishlarni amalga oshirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida virtual hisobvaraqqa kirim qilish uchun HKKP ikkilamchi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. HKKP har bir kliring ishtirokchisining pul mablagʻlari va majburiyatlarini ularning virtual hisobvaraqlarida alohida-alohida hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kliring ishtirokchilarining HKKP virtual hisobvaraqlaridagi mablagʻlari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlarda ishtirok etish uchun depozit sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining topshirigʻiga koʻra unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi oʻyinchining hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yutuqlarni toʻlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni tuzish va bajarish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Stavkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida Registr operatori kliring ishtirokchilarining majburiyatlarini aniqlaydi va ularni virtual hisobvaraqlarda aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Amalga oshirilgan stavkalar toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻyinlar tashkilotchilari tomonidan real vaqtga yaqin rejimda Registr operatoriga uzatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Bitimlarning bajarilishini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tuzilgan bitimlarni yopish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar va oʻyin tashkilotchilari tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan majburiyatlar oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchi va oʻyinlar tashkilotchisining bitimni yopish toʻgʻrisidagi oʻzaro roziligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning qarori mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan hodisa bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa formatining oʻzgarishi bitim natijalarini aniqlash imkoniyatini yoʻqqa chiqarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Kliring xizmatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Quyidagi holatlarda HKKP kliring ishtirokchisiga kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatadi va uning virtual hisobvaragʻini yopadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va (yoki) Registr operatorining ichki hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud va boshqa vakolatli organlarning qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchi oʻzini oʻzi chetlatgan va uning virtual hisobvaragʻi balansi nolga teng boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Registr operatori quyidagi holatlarda pul mablagʻlarini oʻyinchi va (yoki) oʻyinlar tashkilotchisining xizmat koʻrsatuvchi bankidagi bank hisobvaragʻiga oʻtkazilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining talabiga koʻra uning foydasiga yutuqlarni toʻlash va depozitni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar tashkilotchisining talabiga asosan tushumni uning foydasiga oʻtkazishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Pul mablagʻlari oʻyinlar tashkilotchisiga tushum sifatida bitimning natijasi aniqlanguniga qadar oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Shubhali operatsiya aniqlangan taqdirda, pul mablagʻlarini oʻtkazish Registr operatori va (yoki) oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan firibgarlik operatsiyalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Masʼuliyatli oʻyin tamoyilini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vakolatli organ oʻyinchi oʻyinda ishtirok etish uchun depozitga kiritishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari summasiga oylik limitlar belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Limitlar sonli ifodada va (yoki) hisoblash formulasi koʻrinishida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oʻyinchining arizasiga koʻra oylik limit oshirilishi mumkin. Bunda, limitning maksimal miqdori oʻyinchining oʻrtacha oylik daromadining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻyinchining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni tekshirish Registr operatori tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oʻyinchi oʻzini oʻzi chetlatganda, Registr operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchiga depozitga pul mablagʻlarini kiritish imkoniyatini cheklaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchini Cheklovlar reyestriga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining virtual hisobvaraqlari mavjud boʻlgan oʻyinlar tashkilotchilariga Cheklovlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi hamda unda oʻyinlar tashkilotchisi ushbu oʻyinchidan stavkalarni qabul qilishni toʻxtatishi shart boʻlgan sana va vaqt koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining soʻroviga binoan mablagʻlarni oʻyinchining xizmat koʻrsatuvchi bankidagi bank hisobvaragʻiga chiqarib berishni va oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinchi tomonidan oʻyinlar tashkilotchisiga yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan sana va vaqtgacha tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlar oʻyinchi Cheklovlar reyestriga kiritilgunga qadar qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻyinchi Cheklovlar reyestriga kiritilganidan keyin tuzilgan bitimlar bekor qilinishi hamda pul mablagʻlari oʻyinchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi bank hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3639/0578-son)