Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.03.1998 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT KORXONALARI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA AKSIYALARNI JOYLAShTIRIShNING BELGILANGAN TARTIBIGA RIOYA QILINIShINI TEKShIRISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari paketlari amalda joylashtirilishini va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni qoidalariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-sentabrdagi 375-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasining ish yakunlarini koʻrib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga, “Oʻzavtotrans”, “Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzbaliq” korporatsiyalariga, “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzmashsanoat”, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzulgurjibirjasavdo”, “Oziqovqatsanoat”, “Oʻzbektransqurilish” uyushmalariga, “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzbekmebel” davlat aksiyadorlik birlashmasiga, “Dori-darmon” respublika birlashmasiga va mehnat jamoasiga tegishli aksiyalar ulushi 26 foizdan ortiq boʻlgan koʻpgina aksiyadorlik jamiyatlariga ega boʻlgan boshqa xoʻjalik birlashmalariga aksiyalashtiriladigan korxonalar muassislari oʻrtasida taqsimlanadigan aksiyalar paketlari boʻyicha ulushlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni qoidalari bajarilishini taʼminlash yuzasidan ular tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishning ahvolini tekshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tayyorlangan maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, boshqa manfaatdor idoralarga aniq chora-tadbirlar koʻrish uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar va aksiyalashtiriladigan korxonalar rahbarlari, agar ular aksiyalashtiriladigan korxonalar aksiyalari paketlarini Farmon talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni 1998-yil 1-maygacha tugallamasalar, ularga nisbatan qattiq maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aksiyalashtiriladigan korxonalarning oʻz aylanma mablagʻlari hisobiga mehnat jamoasining aksiyalari paketlarini sotib olish va ularni korxona xodimlari oʻrtasida tekin joylashtirish, shuningdek korxonalarni aksiyalashtirishda aksiyalarning koʻpgina qismini mehnat jamoasiga biriktirib qoʻyish, natijada davlat korxonalarini davlatning ijozatisiz jamoa mulkiga aylantirish amaliyoti qoralansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Davlat soliq qoʻmitasi bunday hodisalarni tekshirib chiqsin hamda ushbu hollarga moliyaviy intizom buzilishi sifatida qaragan holda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan emitatsiya qilingan aksiyalarni xorijiy investorlar oʻrtasida erkin almashtiriladigan valyutaga dastlabki joylashtirish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 8-avgustdagi 404-son qaroriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band (oltinchi xatboshidan keyin) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat mulki” negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ustav jamgʻarmasiga ilgari kiritilmagan, Vazirlar Mahkamasining “Idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 453-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berilmaydigan uning balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari qiymati”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tomonidan aylanma mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va haqi toʻlangan, lekin qonun hujjatlarida belgilangan muddatda joylashtirilmagan uning aksiyalari (shu jumladan mehnat jamoasi aksiyalari)ni qayta taqsimlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 20-oktabrdagi 481-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumatning ayrim qarorlariga koʻra xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan taqdirda mazkur tartib ularning qolgan qismiga tatbiq etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen va Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-son