30.06.2025 yildagi 403-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq zamonaviy mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda taʼlim sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq nodavlat oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyalash sohasidagi vakolatli organ sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish ikki bosqichda — litsenziyalash asosida tashkil qilish hamda taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus davlat akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshirilishi hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan taʼlim dasturlari boʻyicha qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qoʻshimcha shartlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining konsepsiyasini Vazirlikka taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda konsepsiyada taʼlim tashkilotining nomi, boshqaruv tizimi va kadrlari, asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari, qabul parametrlari, taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari, toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha 5 yillik strategik rejasi hamda taʼlim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabgor tomonidan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan moddiy-texnik baza, dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan dastlabki ustav fondini (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirish hamda keyinchalik talabalar sonining koʻpayib borishiga mutanosib ravishda ushbu ustav fondini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 kv metrdan kam boʻlmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy taʼlim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2025-yil 1-avgustdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari oʻqishga qabul qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi buyruqni yangi oʻquv yilining 1-oktabridan kechiktirmagan holda Vazirlikning taʼlim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)da roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlik nodavlat oliy taʼlim tashkilotining murojaatiga asosan uning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati, oʻquv-dasturiy taʼminotini hisobga olgan holda, qabul boshlanishidan oldin yangi oʻquv yili uchun qabul parametrining eng yuqori koʻrsatkichini belgilaydi hamda Agentlikni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi oʻquv yili uchun qabul parametriga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy), qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish hamda bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nodavlat oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlarida oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nodavlat kasbiy va oliy taʼlim tashkiloti oʻz axborot tizimini Vazirlikning taʼlim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)ga integratsiya qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti rektoriga davlat oliy taʼlim tashkiloti rektoriga qoʻyilgan malaka talablari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik ikki oy muddatda oliy taʼlim tashkiloti rektoriga qoʻyilgan malaka talablarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlik bilan birgalikda “Litsenziya” axborot tizimini mazkur qaror talablariga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror kuchga kirgunga qadar nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar oʻz faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);

b) umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari;

v) oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari;

g) kasbiy taʼlim xizmatlari;

d) oliy taʼlim xizmatlari;

e) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza.

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;

kadrlar tayyorlash rejalashtirilayotgan sohalar, taʼlim jarayonlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlar, kasblar yoki mutaxassisliklar roʻyxati (taʼlim shakllari koʻrsatilgan holda);

ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, oʻzgartirish, qayta rasmiylashtirish);

kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha qabul rejasi (toʻliq oʻqish davomiyligi koʻrsatilgan holda);

pochta manzili, elektron pochtasi, mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);

talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tashkil etilayotgan taʼlim tashkilotining nomi, maqomi, boshqaruv tizimi, boshqaruv kadrlari, asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari, qabul parametrlari, taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari, toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, shuningdek, taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategik rejasini oʻz ichiga olgan konsepsiya;

v) bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻida zaxira mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

g) qabul qilinadigan talaba (oʻquvchi, izlanuvchi)lar soniga mos ravishda oʻquv binolari, talabalar turar joyi va oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa yer, bino va inshootlarning tegishli hujjatlari (oldi-sotdi shartnomasi, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish hujjati yoki foydalanish uchun kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi, shuningdek, koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kunida (oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kunida)

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan boʻlsa), koʻchmas mulk obyekti kadastr pasporti, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar), shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi*;

b) taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etish*;

v) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik*;

g) litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.

Bunda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturi (erp.maktab.uz) va elektron platformalariga (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, emaktab.uz) kiritish va muntazam ravishda yangilab borish (maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar va “Bolalar bogʻchasi” (bbit.uz) axborot tizimiga ham ushbu maʼlumotlarni kiritib boradi);

oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimlariga (Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS AL, kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS PT, oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi — HEMIS, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — Daraja.ilmiy.uz)ga tegishliligi boʻyicha kiritish va muntazam ravishda yangilab borish*;

d) taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish;

e) nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish*;

j) nodavlat taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi (Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etiladigan xorijiy taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning taʼlim muassasalari filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari bundan mustasno)*;

z) bitiruvchilarga belgilangan tartibda taʼlim toʻgʻrisida hujjat berish (bundan maktabgacha taʼlim xizmatlari mustasno).

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun qoʻshimcha nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;

b) taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjudligi*;

tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 m2dan kam boʻlmasligi;

v) oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshmasligi hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga talabalarni tegishli taʼlim dasturlari belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganidan soʻng navbatdagi (kelayotgan) oʻquv yili uchun belgilangan tartibda qabul qilish*;

g) oliy taʼlim tashkilotida vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi mavjudligi*;

d) qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtish*;

e) davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish*;

j) oliy taʼlim tashkiloti dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish;

z) taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritish*.

III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi:

Maktabgacha taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

kamida 2 ta kompyuter texnikasi hamda ekran oʻlchami kamida 40 duym boʻlgan televizor bilan jihozlangan maktabgacha taʼlimning dasturlarini amalga oshirish uchun oʻquv xonasi yoki axborot-resurs markazi;

oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning tarbiyalanuvchilar umumiy soniga nisbati — 1/6.

2.

Bitta guruhdagi tarbiyalanuvchilarning maksimal soni:*

3 yoshgacha guruhda — 20 nafar;

3-5 yoshlilar guruhida — 25 nafar;

qisqa muddatli guruhda — 30 nafar.

3.

Bitta guruh uchun kiritiladigan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarining minimal miqdorlari:*

a) tarbiyachi:

9 soatli — 1,25 shtat birligi;

10,5 soatli — 1,46 shtat birligi;

12 soatli — 1,67 shtat birligi;

24 soatli — 2,2 shtat birligi;

b) tarbiyachi yordamchisi:

9 soatli — 1 shtat birligi;

10,5 soatli — 1,15 shtat birligi;

12 soatli — 1,25 shtat birligi;

24 soatli — 1,5 shtat birligi.

4.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining sigʻimiga qoʻyiladigan minimal talablar:*

devor yoki panjara bilan oʻrab olingan hududiga va alohida kirish-chiqish joyiga ega boʻlgan:

a) alohida binolarda tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni 385 nafardan oshmasligi;

b) koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavatida tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni:

shahar joylarda — 75 nafargacha;

qishloq joylarda — 60 nafargacha;

individual binolarda — 150 nafargacha boʻlishi lozim.

5.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼmuriyat va har bir guruh uchun talab etiladigan xonalar va har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

metodist xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

b) mashgʻulotlar va oʻyinlar uchun:

poyabzalni almashtirish xonasi shkaflari bilan (har bir guruh uchun) — 5,0 m2;

mashgʻulotlar va oʻyin xonasi — 3,3 m2;

yotoqxona — 3,3 m2;

ovqatlanish joyi (har bir guruh uchun) — 18 m2;

musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkazish zali — 2 m2;

kutubxona — 18 m2;

v) xoʻjalik ishlari uchun:

taom tayyorlash xonasi;

taom tarqatish xonasi;

idish-tovoq yuvish xonasi;

kir yuvish va quritish xonasi;

choyshablarni saqlash joyi (shkaf);

tozalash vositalarini saqlash joyi (shkaf);

oziq-ovqat mahsulotlari saqlash omborxonasi;

maʼmuriyat, tarbiyachilar va xodimlar, har bir tarbiyalanuvchilar guruhi uchun alohida hojatxona.

6.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ichki qismida har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

umumiy tipdagi uchun — 3,3 m2;

koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavati uchun — 2,8 m2.

7.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*

jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilingan boʻlishi lozim.

Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;

kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

taʼlim oluvchilarga har bir fandan bir donadan darsliklar, shu jumladan, elektron darsliklar.

2.

Bitta sinfdagi taʼlim oluvchilarning maksimal soni:*

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:

1-4-sinflarda — 20 nafar;

5-9-sinflarda — 24 nafar;

10-11-sinflarda — 20 nafar.

3.

Taʼlim oluvchilar soniga toʻgʻri keladigan oʻqituvchilar shtat birliklari:*

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:

1-4-sinflarda — 25 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;

5-9-sinflarda — 12 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;

10-11-sinflarda — 13 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi.

4.

Oʻqituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) koʻra salohiyati:*

mutaxassislar (oliy maʼlumotli oʻqituvchilar) — 30%;

ikkinchi malaka toifalilar (katta oʻqituvchilar) — 30%;

birinchi malaka toifalilar (yetakchi oʻqituvchilar) — 20%;

oliy malaka toifalilar (bosh oʻqituvchilar) — 20%.

5.

Chet tili oʻqituvchilarining chet tilini bilishi darajasi:*

ingliz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 6), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

nemis tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

fransuz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

yapon tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

boshqa tillardan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori.

6.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar:*

devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

koʻkalamzorlashtirilganligi;

tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi.

7.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami:*

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

8.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

maʼnaviyat va maʼrifat xonasi — 1 ta xona;

yoshlar yetakchisi xonasi — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

boshlangʻich sinf xonalari — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

rasm, chizmachilik, musiqa fanlari uchun xonalar — 2,4 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

texnologiya xonasi — 6 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

kutubxona — 0,6 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi (har qavatda bittadan);

oʻqituvchilar uchun hojatxona — 3 m2 (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona — 0,4 m2 (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

9.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi:*

kamida 50 % kompyuter texnikalari 10 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

10.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*

jami taʼlim oluvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari tanlov asosida bepul oʻqishga qabul qilingan boʻlishi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun).

Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar;

2.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

3.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

a) toʻliq guruhlar uchun 26 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;

b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 13 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.

4.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

5.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami*:

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

6.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

maʼnaviyat va maʼrifat xonasi — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi;

oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

7.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

8.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Kasbiy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish;

2.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

3.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

a) toʻliq guruhlar uchun 30 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;

b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 15 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.

4.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

5.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami*:

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

6.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

maʼnaviyat va maʼrifat xonasi — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

tayyorlaydigan kasb va mutaxassisliklar hamda belgilangan normalarga mos laboratoriya(lar) va ustaxonalar;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi;

oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

7.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

8.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Oliy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgorning dastlabki ustav fondi (ustav jamgʻarmasi)ga qoʻyiladigan minimal talablar*:

Kamida 2 (ikki) mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hamda keyinchalik talabalar sonining koʻpayib borishiga mutanosib ravishda ushbu ustav fondini oshirib borish.

2.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

350 (uch yuz ellik) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish.

3.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

a) kamida 40 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 40 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi (har bir kompyuter texnikasi uchun kamida 4 m2 maydon ajratilishi lozim);

v) har bir oʻquv binosida maydoni 50 m2 dan kam boʻlmagan talabalar mustaqil dars qilish xonasi;

g) server qurilmasi, SCORM standarti talablariga muvofiq boʻlgan taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

4.

Taʼlim oluvchilar uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

guruhda — 20 — 30 nafargacha;

potokda — 40 — 90 nafargacha talaba uchun belgilangan maydon talablardan kam boʻlmasligi.

5.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

6.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami*:

texnika va muhandislik 11,2 — 19,4 m2;

pedagogika — 8,7 — 14,5 m2;

farmatsevtika — 11,2 — 19,4 m2;

iqtisodiyot — 7,9 — 13,1 m2;

tibbiyot — 12,3 — 22,0 m2;

qishloq xoʻjaligi — 11,2 — 19,4 m2;

zooveterinariya — 11,4 — 20,5 m2;

madaniyat — 15,0 — 26,0 m2;

sanʼat va arxitektura — 20,0 — 33,8 m2;

boshqa yoʻnalishlar boʻyicha — 8,7 — 14,5 m2.

7.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rektoratdagi barcha maʼmuriy-boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan xonalar — 1 tadan xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

oʻquv auditoriyalari — 2,2 m2;

kompyuter zali (sinfi) — 4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 4 m2;

texnik va maxsus laboratoriyalar — 6 m2;

alohida kabinalarga ajratilgan fonozallar — 3 m2;

oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalari — 2,4 m2;

kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish zallari — 3,6 m2 (arxitektura-qurilish va badiiy OTTlar uchun — 6 m2);

sport zal (sport taʼlim yoʻnalishlari hamda oʻquv rejalarida sportga oid fanlari mavjud boʻlsa) — 12,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 15,0x24,0 m; 18,0x38,0 m va undan yuqori;

oʻquv binolarining umumiy quvvatiga nisbatan barcha taʼlim shakllari boʻyicha tahsil olayotgan jami talabalar soni 2 baravardan ortib ketmasligi;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni (har bir oʻquv binosida) — 200 m2 ;

faollar zali;

oshxona (bufet);

tibbiyot xonasi;

taʼlim oluvchilar turar joyi — Toshkent shahri uchun har 5 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida, boshqa hududlarda har 10 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida.

8.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

9.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

kamida 10 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;

kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi.

2.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

3.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) rahbar xonasi — 1 ta xona;

ilmiy rahbarlar xonasi — 1 tadan xona;

kollegial organ xonasi — 1 ta xona;

ilmiy kotib xonasi — 1 ta xona;

ixtisosliklar boʻyicha tadqiqotchilar xonasi — 1 tadan xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

onlayn uchrashuv va ilmiy tadbirlarda qatnashish imkonini beruvchi xona — 1 ta maxsus xona;

4.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turi boʻyicha moddiy-texnik bazaning holati:

ixtisosliklar boʻyicha ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi;

ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun zamonaviy asbob-uskunalar, materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, maishiy texnika va boshqa zarur vositalarning yetarli darajada mavjudligi;

eksperimental bazaning mavjudligi.

5.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) 100% kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

b) ilmiy ishlar saqlanadigan kutubxona va xalqaro portallarga ulanganlik.

6.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

b) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

v) Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosalari (faqat ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida);

g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh.

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari aniq koʻrsatiladi.

Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida Litsenziya beriladi. Litsenziyada yuridik shaxsning nomi, tashkilotning STIR raqami, yuridik (pochta) manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari, litsenziya berilgan sana va vaqti koʻrsatiladi.

Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.

Nodavlat taʼlim tashkiloti har bir faoliyat manzili uchun alohida litsenziya olishi talab etiladi.

Ijobiy xulosa asosida taqdim qilingan litsenziya faqatgina taʼlim tashkiloti tashkil etilganligini tasdiqlaydi va taʼlim jarayonlarini boshlash huquqini bermaydi.

Litsenziyaga ega boʻlgan taʼlim tashkiloti belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlgandan soʻng taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim jarayonlarini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.

Litsenziya olish jarayonida (olingandan keyin) taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar soxtaligi aniqlanishi litsenziya bekor qilinishiga asos boʻladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

 

 

”.

 

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 09/25/403/0564-son)