1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.03.00 Nogironlar mehnati;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning xarajatlarini qoplash maqsadida 50 million soʻmgacha subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdordagi ish haqi toʻlash shartlariga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday shartlardagi ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish tartibi yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot moduli (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) yuritiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga elektron reyestr orqali oʻzlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish, maʼlum bir yoʻnalish yoki mutaxassislik boʻyicha talabga mos nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish haqida eʼlon berish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlari bilan tanishib chiqib, oʻzlariga maʼqul kelgan shaxslarni bevosita ishga qabul qilish yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashish imkoniyatlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron reyestrga ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, “YAMIH” AT va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali berilgan murojaatlar asosida kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslarning roziligi asosida ularning nomidan elektron reyestrga kiritish uchun elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlikka ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar hamda ish beruvchilarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron reyestrga kiritilgan ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali taqdim etganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat huquqlarini roʻyobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali ishtirokini taʼminlash uchun tadbirkorlik subyektlarida bandligi taʼminlangan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ham koʻrsatilishiga ruxsat berilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlariga beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasining qiymati tadbirkorlik subyektida yoʻlga qoʻyilgan xizmatlar uchun ushbu qarorda belgilangan miqdorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlarini nodavlat notijorat tashkilotlari orqali yoʻlga qoʻyilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik uch oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash maqsadida ushbu shaxslarning transport xizmatlaridan foydalanishida qulay va toʻsiqsiz muhit yaratishga qaratilgan Toshkent tajribasini joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron reyestr ishga tushirilishi hamda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMIH” ATda elektron reyestrga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar yoki ularning bandligiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari reyestri yuritilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda YIDXP orqali mazkur qarorda nazarda tutilgan maqsadlarda murojaat qilish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 203-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda unga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-iyuldagi 405-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot modulini (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) yuritish, ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, ularni ish beruvchilar bilan oʻzaro bogʻlash, shuningdek I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan hamda ushbu shaxslarning mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlagan tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy bandlik tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan quyidagi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiy ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga yoki ularni ish beruvchilarda mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirishga koʻmaklashgan xususiy bandlik tashkilotlariga subsidiya (keyingi oʻrinlarda — bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi) ajratish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilib, ularning samarali mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maxsus xizmatlarni (surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati) yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga ushbu xizmatlarni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun xizmat turidan kelib chiqib subsidiya (keyingi oʻrinlarda — ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi) ajratish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron reyestrda ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻining holati, taʼlim va mehnat faoliyatiga doir maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar) hamda bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda — nogironligi boʻlgan shaxsning bandlik tarixi) aks ettirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar elektron reyestrdan bepul olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektlariga ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektlari elektron reyestrga oʻzlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish, maʼlum bir yoʻnalish yoki mutaxassislik boʻyicha talabga mos nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish haqida eʼlon berish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlari bilan tanishib chiqib, oʻzlariga maʼqul kelgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida “YAMIH” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriy asosda avtorizatsiyadan oʻtadi. Bunda xususiy bandlik tashkilotlari nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi sifatida avtorizatsiyadan oʻtadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “YAMIH” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “YAMIH” ATda yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, manzili, ishonchli vakil haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, manzili, ishonchli vakil haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, ular uchun “YAMIH” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirkorlik subyektlari quyidagi usullarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektron reyestrga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda oʻzlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektron reyestrda maʼlum bir yoʻnalish yoki mutaxassislik boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish toʻgʻrisida eʼlon berish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron reyestrga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlari bilan tanishib chiqib, oʻzlariga maʼqul kelgan shaxslarni tanlagan holda, ularni bevosita ishga qabul qilish yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha soʻrovnoma yuborish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xususiy bandlik tashkilotlari mazkur bandning “v” kichik bandida belgilangan usulda elektron reyestrga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni maʼlum bir ish beruvchilarda mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish orqali ularning bandligiga koʻmaklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nogironligi boʻlgan shaxs ushbu Nizomning 6-bandi “a” kichik bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan kiritilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqib, oʻziga maʼqul kelgan ish oʻrniga ishga joylashish boʻyicha soʻrovnoma yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zaruratga koʻra doimiy yangilab boriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan yuborilgan soʻrovnoma tadbirkorlik subyektiga uning “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun yuboriladi. Bunda soʻrovnoma tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi yoki aniq sabablarini koʻrsatgan holda rad etiladi. Soʻrovnoma tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik subyekti va nogironligi boʻlgan shaxs oʻrtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu Nizomning 6-bandi “b” kichik bandiga muvofiq eʼlon berilgan taqdirda, “YAMIH” AT tomonidan avtomatik ravishda tadbirkorlik subyektlari talabiga mos keladigan elektron reyestrda mavjud nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma shaklida yuboriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan xabarnomada koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxslardan oʻzlariga maʼqul kelgan shaxslarni ishga qabul qilish boʻyicha soʻrovnoma shakllantiriladi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun mazkur shaxslarga SMS-xabarnoma yoki “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi yoki aniq sabablarini koʻrsatgan holda rad etiladi. Soʻrovnoma tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik subyekti va nogironligi boʻlgan shaxs oʻrtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizom 6-bandining “v” kichik bandiga muvofiq elektron reyestrdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlari bilan tanishib chiqib, oʻzlariga maʼqul kelgan shaxslarni tanlab, ularni bevosita ishga qabul qilish yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha soʻrovnoma yuborishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma nogironligi boʻlgan shaxsga SMS-xabarnoma yoki “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabineti orqali tanishib chiqish va tasdiqlash uchun yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron reyestrga kiritilgan bitta nogironligi boʻlgan shaxs boʻyicha bir nechta tadbirkorlik subyekti tomonidan uni bevosita ishga qabul qilish yoki xususiy bandlik tashkilotlari tomonidan bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq yuborilgan soʻrovnomada tadbirkorlik subyektining faoliyat turi, taklif etilayotgan lavozim nomi va lavozim majburiyatlari hamda oylik ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrovnoma xususiy bandlik tashkilotlari tomonidan yuborilgan boʻlsa, unda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qiluvchi ish beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnoma xususiy bandlik tashkilotlari tomonidan yuborilgan taqdirda, u dastlab unda koʻrsatilgan ish beruvchining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) shaxsiy kabinetiga tanishib chiqish va maʼqullash uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxsning maʼlumotlari bilan tanishib chiqib, uni ishga qabul qilishni tasdiqlashi yoki tasdiqlashni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrovnoma ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, u tanishib chiqish va tasdiqlash uchun nogironligi boʻlgan shaxsga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan soʻrovnoma bilan tanishib chiqiladi va tasdiqlanadi yoki rad etishning aniq sabablarini belgilagan holda rad etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan tasdiqlanganidan soʻng tadbirkorlik subyekti va nogironligi boʻlgan shaxs oʻrtasida yoki xususiy bandlik tashkilotining soʻrovnomasida koʻrsatilgan ish beruvchi va nogironligi boʻlgan shaxs oʻrtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilganda, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda “YAMMT” IDAKdan elektron reyestrga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda elektron reyestrga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha soʻrovnomani yuborish imkoniyati cheklab qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxs rasmiy band boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan har oyda bir marotaba soʻrov yuborish orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligi holati va ularga hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida olinadi hamda ushbu maʼlumotlar nogironligi boʻlgan shaxsning bandlik tarixida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha yuboriladigan soʻrovnomalar va xabarnomalar “YAMIH” AT tomonidan avtomatik ravishda, nogironligi boʻlgan shaxslar amalda yashaydigan joydagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi)ga yoʻnaltirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini taʼminlagan hamda mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlagan yoki ushbu shartlarda ish oʻrinlariga joylashtirishga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsni rasmiy bandligi taʼminlangan oyda ishga qabul qilingan sanadan qatʼiy nazar, mehnatga haq toʻlash boʻyicha shart bajarilgan taqdirda, mazkur nogironligi boʻlgan shaxs bir oy davomida rasmiy band qilingan deb hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan shartlarni bajarilgandan yoki bajarilishi taʼminlangandan keyin olti oy ichida “YAMIH” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini olish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali murojaat qiladi. Bunda:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma ERI yoki yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, murojaat avtomatik ravishda “YAMIH” ATga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbirkorlik subyektlarining murojaati kelib tushgandan soʻng ikki ish kuni ichida ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan shartlar bajarilganligi “YAMIH” ATda “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida mavjud quyidagi maʼlumotlar asosida oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron reyestrda bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAK bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga uning bandligi taʼminlangandan soʻng uch oy mobaynida ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan miqdordagi ish haqi hisoblanganligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “YAMIH” ATda ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligi yoki bajarilishi taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanganda, murojaat qilgan tadbirkorlik subyektiga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratilishi tasdiqlanadi. Bunda ajratiladigan subsidiyaning miqdori tadbirkorlik subyektining soʻrovnomasida koʻrsatilgan va ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan shartlar bajarilgan holda bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqqan holda “YAMIH” ATda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi miqdori hisoblanganidan soʻng avtomatik ravishda “YAMIH” ATda elektron toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi shakllantirilib, bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini tadbirkorlik subyektiga ajratish uchun Jamgʻarmaga yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagi hollarda bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining soʻrovnomasini oʻrganish jarayonida tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs uchun muqaddam bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratilganligi aniqlanganda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma unga kelib tushgan toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi asosida bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi mablagʻlarini Jamgʻarmaning maxsus gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali tadbirkorlik subyektining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi toʻlab berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATda tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma koʻrinishida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarining ushbu xizmatlarni tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qisman qoplash maqsadida ajratiladi. Bunda surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati quyidagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tashxisi Xalqaro kasalliklar va salomatlik bilan bogʻliq boʻlgan muammolar tasnifi (Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun moslashtirilgan V MKB-10 klassi) (keyingi oʻrinlarda — MKB-10) boʻyicha N 90 — 90.8 boʻlgan II guruh yoki Q16 nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon xizmati;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tashxisi MKB-10 boʻyicha N 00 — 59.9, Q 10 — 15 va S 07.8 boʻlgan koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan shaxslar, shuningdek klinik tashxisidan qatʼi nazar birinchi marta nogironlar aravachasida harakatlanishi belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hamrohlik xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tashxisidan qatʼi nazar barcha I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun psixolog xizmati.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ish jarayonida qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etiluvchi surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini koʻrsatuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — xizmat koʻrsatuvchi shaxslar) “YAMIH” ATda yuritiladigan Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatini qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxslar elektron roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — elektron roʻyxat) kiritilgan jismoniy shaxslar orasidan jalb etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) surdotarjimon yoki psixolog xizmatini koʻrsatmoqchi boʻlgan shaxslar mazkur sohada oliy maʼlumotga ega boʻlishi yoki davlat taʼlim tashkilotlarida kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov kurslarini tamomlagan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi yoki Oʻzbekiston karlar jamiyati tomonidan surdotarjimonlik yoʻnalishida tashkil etiladigan oʻquv kurslari yoki qayta tayyorlov kurslarini oʻqib tugatgan shaxslar tomonidan surdotarjimon xizmati koʻrsatilishi mumkin.
(25-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hamrohlik xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda hamrohlik xizmatini koʻrsatish boʻyicha oʻzini oʻzi band qiladigan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan shaxslarni jalb etish orqali yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar elektron roʻyxatga kirish uchun “YAMIH” ATda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda murojaat yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari hamda telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan hudud(lar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim tashkilotlarining kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov kurslarini tamomlagan yoki respublika kasbiy koʻnikmalar markazi yoxud Oʻzbekiston karlar jamiyati tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kurslari yoki qayta tayyorlov kurslarini oʻqib tugatgan shaxslar, ushbu maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlarni (diplom, sertifikat) ilova qilish orqali.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli maʼlumotlar kiritilgandan soʻng murojaat xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan murojaat tasdiqlanganidan soʻng ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATda orqali avtomatik ravishda tekshiriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjimon yoki psixolog xizmatini koʻrsatuvchi shaxsning mazkur sohalarda oliy maʼlumotga ega ekanligini — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamrohlik xizmatini koʻrsatuvchi jismoniy shaxsning oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlaridan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan ushbu Nizomning 26-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan holda, murojaat etilgan taqdirda, mazkur hujjatlar “YAMIH” AT orqali Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalari tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tekshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tekshirish natijasida xizmat koʻrsatuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan yoki oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, ular elektron roʻyxatga kiritiladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarning mavjud emasligi yoki oʻz tasdigʻini topmaganligi, ularni elektron roʻyxatga kiritishni rad etishga asos boʻladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tadbirkorlik subyektlari surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini koʻrsatuvchi shaxslarni tegishli xizmatni koʻrsatish uchun jalb etgan oydan keyingi oyning 16-sanasiga qadar ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini olish uchun “YAMIH” AT yoki YIDXP orqali mustaqil ravishda ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali murojaat qiladi. Bunda soʻrovnoma ERI yoki yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tadbirkorlik subyektlarining murojaati kelib tushgandan soʻng ikki ish kuni ichida “YAMIH” ATda “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida mavjud quyidagi maʼlumotlar asosida soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi quyidagi tartibda tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini koʻrsatuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “YAMIH” ATdagi elektron roʻyxat orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini koʻrsatuvchi shaxslar bilan tuzilgan mehnat yoki fuqarolik huquqiy shartnomasi maʼlumotlari va unga muvofiq amalga oshirilgan toʻlovlar miqdori — tegishliligi boʻyicha “YAMMT” IDAK va Soliq qoʻmitasining tegishli maʼlumotlar bazalari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati koʻrsatilayotgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi maʼlumotlari — “YAMMT” IDAK orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati koʻrsatilayotgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi ajratiladigan davr uchun ish haqi toʻlanganligi — Soliq qoʻmitasining tegishli maʼlumotlar bazalari orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tadbirkorlik subyektining murojaatini koʻrib chiqishda mazkur Nizomning 30-bandida belgilangan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish yoki rad etish “YAMIH” AT tomonidan avtomatik ravishda tasdiqlanadi. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish tasdiqlangan taqdirda, avtomatik ravishda “YAMIH” ATda elektron toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi shakllantirilib, ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini tadbirkorlik subyektiga ajratish uchun Jamgʻarmaga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish rad etilgan taqdirda, rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda tadbirkorlik subyektining “YAMIH” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasining miqdori “YAMIH” ATda ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq pasportda belgilangan miqdorda hisoblanadi va murojaat qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida toʻlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasining miqdori tadbirkorlik subyektining soʻrovnomasida koʻrsatilgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini koʻrsatayotgan shaxslarga toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada yoki elektron hisob-fakturada koʻrsatilgan toʻlovlar miqdoridan qatʼi nazar, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq pasportda belgilangan miqdorda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini olish uchun murojaat qilingan davr uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati koʻrsatilgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ish haqi toʻlanmaganligi aniqlanganda, ushbu xizmatlar uchun ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamgʻarma ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq kelib tushgan toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi asosida ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi mablagʻlarini Jamgʻarmaning maxsus gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali tadbirkorlik subyektining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi toʻlab berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATda tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma koʻrinishida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq pasportda nazarda tutilgan tartibda elektron reyestrga ixtiyoriy asosda bepul kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq tadbirkorlik subyekti boʻlmagan boshqa ish beruvchilar tomonidan elektron reyestrga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlari bilan tanishib chiqish va ularning bandligiga koʻmaklashishi imkoniyatlari yaratiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ish beruvchilar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari va xususiy bandlik tashkilotlari hamda “Inson” markazi ushbu Nizomga muvofiq olingan shaxsga doir maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishlov berilishi va sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan talablarni bajarish orqali bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi mablagʻlarini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlari tomonidan band qilingan yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlariga moslashtirish, zarurat boʻlganda malakasini oshirish va ularni ijtimoiylashuviga koʻmaklashish choralari koʻrib boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom shartlari asosida bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi yoki ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini olayotgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiya va imtiyozlarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi yoki ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan notoʻgʻri kiritilgan (koʻrsatilgan) maʼlumotlar asosida yoki texnik kamchiliklar yoxud hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan taqdirda, mazkur mablagʻlar ularning notoʻgʻri toʻlanganligi aniqlangan sanadan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan Jamgʻarmaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻ sud tartibida undiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Inson” markazi xodimlari, Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari joyiga chiqqan holda, ushbu Nizomga muvofiq ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligini, nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishliligi boʻyicha surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlari yoʻlga qoʻyilganlik holatlarini monitoring qilish va ular bilan suhbatlashib, ish oʻrinlaridagi sharoitlar bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha subsidiyalar ajratish va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Tadbirkorlik subyektlariga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish va toʻlash tartibi
1-bosqich
Tadbirkorlik subyektlari
(xususiy bandlik tashkilotlari)
1. I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni belgilangan shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qiladi yoki shunday shartlarga javob beradigan maʼlum bir ish beruvchida band qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” AT (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini olish uchun murojaat qiladi.
Subsidiya olish uchun belgilangan shartlar toʻliq bajarilgandan soʻng oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“YAMIH” AT
1. Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratishda asos boʻladigan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan tekshiriladi hamda bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish yoki ajratishni rad etish tasdiqlanadi.
Ikki ish kunida
2. Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratish tasdiqlangandan soʻng, toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi shakllantirilib, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga yuboriladi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi
Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali tadbirkorlik subyektining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda
II. Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish tartibi
1-bosqich
Tadbirkorlik subyektlari
1. Bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlarini tashkil etishda mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxslarni jalb etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini olish uchun “YAMIH” AT yoki YIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Tegishli xizmat yoʻlga qoʻyilgan oydan keyingi oyning 16-sanasiga qadar oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“YAMIH” AT
1. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini olish uchun berilgan soʻrovnomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish yoki rad etish tasdiqlanadi.
Ikki ish kunida
2. Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish tasdiqlangan taqdirda, elektron toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi shakllantirilib, ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini tadbirkorlik subyektiga ajratish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga yuboriladi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi
Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi mablagʻlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali tadbirkorlik subyektining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
“Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot moduliga ish beruvchilarning oʻzlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish boʻyicha
NAMUNAVIY SHAKL
Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha maʼlumotlar:
1. Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha lavozim nomi:
2. Boʻsh (vakant) ish oʻrni toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
3. Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha ish haqi miqdori:
4. Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha taklif etiladigan nomzodning jinsi:
¨ Erkak
¨ Ayol
5. Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha beriladigan qoʻshimcha mehnat sharoitlari:
¨ Bepul tushlik
¨ Imtiyozli transport xizmati
¨ Oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etish
¨ Ish natijadorligiga koʻra qoʻshimcha toʻlov
¨ Maxsus kiyimlar taqdim etish
¨ Boshqalar
6. Boʻsh (vakant) ish oʻrni boʻyicha nomzodning fiziologik holatiga qoʻyiladigan talablar:
¨ Eshita oladi
¨ Gapira oladi
¨ Koʻra oladi
¨ Mustaqil harakatlana oladi
¨ Qoʻl bilan bogʻliq ishlarni bajara oladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlagan yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari yoki xususiy bandlik tashkilotlariga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Subsidiyaning ajratish maqsadi:
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash.
2.
Subsidiyaning umumiy eng yuqori miqdori:
Bitta tadbirkorlik subyekti yoki xususiy bandlik tashkilotiga 500 mln soʻmgacha miqdorda.
3.
Subsidiya ajratishning davriyligi va chegarasi:
Bir nafar I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs uchun bitta tadbirkorlik subyekti yoki xususiy bandlik tashkilotiga faqat bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng miqdorining 3 baravari miqdorida.
4.
Subsidiya ajratiladigan shaxslar:
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) belgilangan tartibda avtorizatsiyadan oʻtgan holda, I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni bevosita bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlari;
“YAMIH” ATda belgilangan tartibda avtorizatsiyadan oʻtgan holda, I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni maʼlum bir ish beruvchi orqali bandligini taʼminlagan xususiy bandlik tashkilotlari.
5.
Subsidiya ajratish shartlari:
Subsidiya quyidagi shartlar bajarilgan yoki bajarilishi taʼminlanganda ajratilishi mumkin:
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq rasmiy band qilib, uzluksiz kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilganda;
ushbu davr mobaynida ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlanganda.
6.
Subsidiya ajratish uchun asos boʻladigan hujjatlar:
a) “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot modulida bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
b) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
v) Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga uzluksiz kamida uch oy mobaynida mazkur Pasportning 5-pozitsiyasida belgilangan miqdordagi ish haqi hisoblanganligi.
7.
Arizani koʻrib chiqish muddatlari:
Ikki ish kuni ichida.
8.
Subsidiyani ajratish shakli:
Tadbirkorlik subyekti yoki xususiy bandlik tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratilishiga asos boʻlgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs uchun tadbirkorlik subyektiga subsidiya taqdim etilgan boʻlsa, mazkur nogironligi boʻlgan shaxs uchun boshqa tadbirkorlik subyektiga ushbu turdagi subsidiya ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini tayinlashda, uning miqdori ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan shartlar bajarilgan yoki bajarilishi taʼminlangan davrda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan izoh qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlagan yoki bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari yoki xususiy bandlik tashkilotlariga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini ajratish boʻyicha
SOʻROVNOMA
1. Tadbirkorlik subyektining nomi:
2. Yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
3. I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni bandligini taʼminlash usuli:
¨ Nogironligi boʻlgan shaxsni bevosita ish beruvchi sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri bandligi taʼminlangan
¨ Nogironligi boʻlgan shaxsni ish beruvchilarda mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirish orqali bandligi taʼminlangan
4. Bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) maʼlumotlari:
5. Tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻi maʼlumotlari:
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlarini yoʻlga qoʻyish hamda ularga ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Subsidiyaning ajratish maqsadi:
Bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni moʻtadil va samarali ishlab ketishini qoʻllab-quvvatlash*.
2.
Subsidiyaning umumiy eng yuqori miqdori:
Bitta tadbirkorlik subyekti uchun 50 mln soʻmgacha miqdorda.
a) surdotarjimon xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
b) psixolog xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
v) hamrohlik xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari***.
4.
Subsidiya ajratishda xizmat bilan qamrab olinish darajasi:
a) kamida 5 nafar va undan ortiq eshitishda va gapirishda nuqsoni boʻlgan II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bir nafar surdotarjimon xizmati uchun;
b) kamida 10 nafar va undan ortiq I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bir nafar psixolog xizmati uchun;
v) 1 nafar koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan shaxslar yoki birinchi marta nogironlar aravachasida harakatlanishi belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslarning har biriga hamrohlik xizmati uchun.
5.
Ariza beruvchi:
I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatlarini yoki ularning bittasi yoxud ayrimlarini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyekti.
6.
Arizani koʻrib chiqish muddatlari:
Ikki ish kuni ichida
7.
Subsidiya ajratish shakli:
Tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tadbirkorlik subyektlari tomonidan surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatlari bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning kasallik turidan kelib chiqib, tegishliligi boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur pasportda belgilangan xizmatlardan faqat bittasini yoʻlga qoʻyishi hamda subsidiyaning eng yuqori miqdoridan oshmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Hamrohlik xizmati uchun subsidiya toʻlovlari koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan yoki birinchi marta nogironlar aravachasida harakatlanishi belgilangan nogironligi boʻlgan har bir shaxsga ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrsatilgan xizmat xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
Bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxslarni jalb etgan tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasini ajratish boʻyicha
SOʻROVNOMA
1. Tadbirkorlik subyektining nomi:
2. Yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
3. Bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yoʻlga qoʻyilgan xizmat turi:
¨ Surdotarjimon xizmati
¨ Psixolog xizmati
¨ Hamrohlik xizmati
4. Jalb etilgan xizmat koʻrsatuvchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) maʼlumotlari:
5. Xizmat koʻrsatilgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) maʼlumotlari:
6. Xizmat koʻrsatilgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining rekvizitlari:
7. Xizmat yoʻlga qoʻyilgan sana:
8. Xizmat koʻrsatuvchiga amalga oshirilgan toʻlov summasi va rekvizitlari:
9. Tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻi maʼlumotlari:
10. Telefon raqami:
11. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot moduliga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Elektron reyestrga kirish uchun murojaat qiluvchi shaxslar:
Ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxslar.
2.
Elektron reyestrga kirish uchun murojaat qilish usullari:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) bevosita borish orqali;
“Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlari orqali;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron shaklda.
3.
Arizani toʻldirish va tasdiqlash tartibi:
Ishlash istagidagi nogironligi boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat qilganda “Inson” markazi xodimi yoki ijtimoiy xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali esa mustaqil ravishda murojaat qiladi*.
Bunda arizada biometrik pasport (ID-karta) maʼlumotlari, ishlamoqchi boʻlgan hudud nomi**, telefon raqami koʻrsatiladi.
4.
Arizani koʻrib chiqish muddati:
Ariza beruvchining maʼlumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan tekshirilgan holda, real vaqt rejimida elektron reyestrga kiritiladi.
5.
Elektron reyestrga kiritishni rad etish holatlari:
Quyidagi hollarda ariza beruvchini elektron reyestrga kiritish rad etiladi***:
ariza beruvchi mehnat qilish layoqati yoshiga yetmagan boʻlsa;
ariza beruvchi amalda rasmiy ish bilan band qilingan boʻlsa;
ariza beruvchiga nisbatan nogironlik belgilanmagan boʻlsa;
ariza beruvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlangan boʻlsa;
ariza beruvchini muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa.
6.
Elektron reyestrdan chiqarishga asos boʻladigan holatlar:
Quyidagi hollarda nogironligi boʻlgan shaxs elektron reyestrdan chiqariladi:
nogironligi boʻlgan shaxs vafot etsa — oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan kundan;
nogironligi boʻlgan shaxs xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda — xorijga chiqib ketgan kundan eʼtiboran;
nogironligi boʻlgan shaxsning xohishiga koʻra — elektron reyestrdan chiqish boʻyicha ariza berilgan kundan eʼtiboran;
nogironligi boʻlgan shaxsga nisbatan nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilganda — tegishli maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldirishdan oldin unga tegishli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni olish, ularga ishlov berish hamda elektron reyestrda barcha uchun ochiq holda eʼlon qilishga rozilikni bildiradigan elektron ommaviy ofertani tasdiqlaydi. Bunda, elektron ommaviy oferta namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ariza beruvchi tomonidan oʻz imkoniyatlarini hisobga olgan holda, bir nechta hududni belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ariza beruvchi uni elektron reyestrga kiritishni rad etishga asos boʻlgan holatlarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda qayta murojaat qilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son; 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son; 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)