08.05.2025 yildagi PF-85-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi salbiy omillarni bartaraf etish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish va bandligiga koʻmaklashish orqali jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga chiqarish va realizatsiya qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Soliq imtiyozlari va moliyaviy koʻmak choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonining 2-bandida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar ishga qabul qilinganda ham qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2025-yil 1-iyuldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(II) jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida koʻrsatishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni quyidagi shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mazkur bandning “b” kichik bandidagi subsidiya bandligi taʼminlangan har bir nogironligi boʻlgan shaxs uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) yuritiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ish beruvchilarga elektron reyestr maʼlumotlari bilan tanishish hamda maqbul kelgan nomzodni ishga qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) elektron reyestrdagi maʼlumotlar mutasaddi davlat organlarining elektron dasturlari asosida real vaqt rejimida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holati monitoring qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi. Bunda tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarini zaxiralash elektron reyestr maʼlumotlari orqali oʻzlari joylashgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) faqatgina quyidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlar haqidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda 6 oydan kam boʻlmagan muddatda faoliyat olib borayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 25 foizini tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat buyurtmachilari va Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlat buyurtmachilariga Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portali hamda Elektron kooperatsiya portali orqali oʻz hududida joylashgan Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha bir moliya yilida bazaviy hisoblash miqdorining bir ming besh yuz baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat xaridlari elektron tizimlarida talab etiladigan qoʻshimcha zakalat toʻlovini kiritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga har yili oʻtkazib boriladigan “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi doirasida faqatgina mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan tovarlari bilan qatnashishiga va bir davlat buyurtmachisi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch ming baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish. Bunda davlat buyurtmachilari koʻrgazma doirasida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan talablar va muddatlar asosida maxsus axborot portaliga joylashtirishni taʼminlaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Elektron kooperatsiya portalida Yagona reyestrga kiritilgan subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning davlat xaridi uchun elektron savdo maydonchasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) davlat buyurtmachilariga elektron savdo maydonchasi orqali Yagona reyestrga kiritilgan subyektlardan bir shartnoma boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan tovar (xizmat)larni xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda elektron savdoda 48 soat ichida bir nafar ishtirokchi qatnashgan taqdirda, davlat buyurtmachisiga ishtirokchi bilan elektron ravishda savdolashish orqali yoki davlat xaridlarining boshqa turi asosida xaridni amalga oshirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan hamda ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Inklyuziv ish beruvchi” mukofoti bilan taqdirlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agentlik va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili may oyida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi boʻyicha quyidagilar javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash — nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini muhokama qilib borishga hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasiga davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik — bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning manzilli roʻyxatlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash tadbirlarining ijrosini monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning barqaror bandligi taʼminlanishi va yuqori daromad topishiga koʻmaklashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-85-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosini tizimli yoʻlga qoʻyish

1.

Quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

1. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ular uchun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya sifatida qoplab berish tartibi.

2. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni belgilangan  shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobida subsidiya ajratish tartibi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil iyun

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

1. Ish beruvchilarga “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotini berish maqsadida ular tomonidan bandligi taʼminlangan nogironligi boʻlgan shaxslar maʼlumotlarini (ish staji, oylik ish haqi va hokazo) Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

 

2025 yil maydan boshlab

har yili

 

Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

 

2.  “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotiga munosib ish beruvchilarni aniqlash va maxsus sovgʻalar bilan taqdirlash tadbirlarini amalga oshirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

3.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda qoʻllash choralarini koʻrish. Bunda quyidagilarni inobatga olish:

barcha ish beruvchilarning soliq organlari axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

soliq organlari tomonidan shaxsga nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab mazkur toifadagi shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda hisoblash boʻyicha axborot tizimlarini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil iyun

Ijrochilarning mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha ish beruvchilar

4.

“Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib borilishini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil maydan boshlab har yili bir marotaba

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda nogironligi boʻlgan shaxslarni yangi yoʻnalishdagi kasblarga jalb qilish boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil maydan boshlab doimiy

 

Ijrochilarga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi

(belgilangan vazifalarga har bir vazirlik va idora alohida masʼul hisoblanadi),

Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash

(nazorat)

2. Loyihalar doirasida bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasini va kasblarni belgilab, loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2025 yil may

 

3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy kasblarga jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish. Loyihalar doirasida bevosita oʻzi yoki autsorsing usulida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joyini moslashtirish, zarur asbob-uskunalar va vositalarni xarid qilish, yordamchi xodimlarni yollash, nogironligi boʻlgan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish, zarur oʻquv va psixologik treninglarni tashkil etish.

2025 yil iyun  — dekabr

 

4. Loyihalarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqib, ularni ommalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025 yil dekabr

6.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

nogironligi boʻlgan xodimlariga begʻaraz maqsadlarda bepul oziq-ovqat, gigiyena mahsulotlari va kiyim-kechaklar berishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritish;

2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga koʻra oʻrtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlaydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk soligʻi summasini toʻliq hamda yer soligʻi summasining 90 foiz qismini nogironligi boʻlgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda toʻlash huquqini berish. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qoʻllanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganda ham qoʻllash;

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblamaslik;

nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini ularning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qoʻllash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

7.

Elektron kooperatsiya portalida nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun elektron savdo maydonchasini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr elektron kooperatsiya portaliga toʻliq integratsiya qilish va oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil  may-iyun

Ijrochilarning mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini ishga tushirish.

Bunda:

elektron reyestrni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti, mehnat faoliyati va ish tajribasi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (rezyume) jamlanmasini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil iyun

Masʼul vazirlik va idoralarning mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi alohida sahifa yaratish.

Bunda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil iyul

Ijrochilarning mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga mehnatda mayib boʻlish natijasida nogironlik belgilangan shaxslarni ish beruvchilar hisobidan mehnat reabilitatsiyasi dasturi boʻyicha boshqa turdagi kasb bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (“YAMMT” IDAK) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimini joriy etish choralarini koʻrish.

Bunda “YAMMT” IDAKga kiritilgan zaxiralangan lavozimlar boʻyicha maʼlumotlarni Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil  avgust

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrgangan holda, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish tizimini takomillashtirish, xususan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlarini ixtiyoriy ravishda zaxiraga qoʻyishni ragʻbatlantirish hamda ushbu toifadagi shaxslarni ishga qabul qilmagan ish beruvchilarga tegishli miqdordagi toʻlovlarni amalga oshirish orqali boshqa toifadagi shaxslarni qabul qilish huquqini berishni nazarda tutuvchi takliflarni Hukumatga kiritish.

Tahliliy maʼlumot yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil avgust

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

13.

Ish oʻrinlarini zaxiralash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tegishli axborot tizimlarida ish oʻrinlari zaxiralanadigan tashkilotlarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini toʻliq elektron shaklda yuritish imkoniyatlarini yaratish;

ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini “YAMMT” IDAK orqali elektron shaklda amalga oshirish;

“YAMMT” IDAKga tashkilotlar tomonidan kiritilgan zaxiralangan ish oʻrinlari boʻyicha vakansiyalarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil  sentabr-oktabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

1. Tajriba-sinov tariqasida Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bittadan texnikum (keyingi oʻrinlarda— texnikum)larda inklyuziv taʼlim guruhlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladigan texnikumlarning oʻquv binolarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan inklyuziv taʼlim sharoitlarini hisobga olgan holda jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

 

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

 

2. Texnikumlarda tashkil etiladigan inklyuziv taʼlim guruhlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni olib borayotgan texnikum pedagoglariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha haq toʻlash boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumot va takliflar

2025 yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar negizida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar va kambagʻal oila aʼzolarining ijtimoiy faolligini oshirish, zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish va ishga joylashtirishga koʻmaklashish boʻyicha Faollashtirish va resurs markazlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida nogironligi boʻlgan shaxslar kasb-hunar oʻrganishi uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish hamda har bir kasbiy koʻnikmalar markazini u joylashgan hududda yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassis-oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

 

2025-2026-yillar

 

 

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

mahalliy budjet mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnatga jalb qilishda ularni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan hamda uy sharoitida faoliyat yuritish mumkin boʻlgan zamonaviy kasb turlariga (onlayn operator, kopirayter, ijtimoiy tarmoq marketingi (SMM), veb-dizayner, frilanser, grafik dizayner) oʻqitish. Bunda:

tadbirkorlik subyektlarining talabi hamda ehtiyojiga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini joriy qilish;

bitiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslarni yoʻnalishi boʻyicha ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil iyun

 

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

17.

Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish yoki ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish boʻyicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyuldan boshlab har yilda kamida bir marta

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

18.

YUNISEF xalqaro tashkilotining “UPSHIFT” loyihasini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil may

YUNISEF grantlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

 

II. Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyatning va mehnat bozorining teng huquqli aʼzosiga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishga qaratilgan mediareja

19.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatga oid huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlar suratga olish va teleradiodasturlar tayyorlash hamda ularni tegishliligiga koʻra ommaviy axborot vositalarida namoyish qilib borish va teleradiokanallar orqali uzatib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

20.

Jamiyatni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish hamda ularning inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda axborot va koʻngilochar dasturlarda boshlovchi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21.

Nogironligi boʻlgan iqtidorli shaxslar bilan intervyular tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

Amaliy  chora-tadbirlar

Doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

22.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratib berilgan imtiyozlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi yuzasidan har chorakda
kamida 2 ta videorolik tayyorlash va efirga uzatib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

Ijrochilarning mablagʻlari

Kinematografiya agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

23.

Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida ularning bandligini taʼminlashga hamda ushbu toifadagi shaxslarning mehnat faoliyatini olib borishiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy omillarni aniqlash boʻyicha ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish.

Ijtimoiy tadqiqot

2025-2026-yillar davomida

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

24.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar, nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Adliya vazirligi

25.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni yoshlikdan kasb-hunarga qiziqtirish, ularni hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari oʻquvchilari orasida targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

Doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

26.

Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini yuzaga chiqarish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda bandligi boʻyicha tayyorlangan materiallar, davra suhbatlari va boshqa materiallarni joylashtirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Kinematografiya agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

27.

Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolishiga qaramay, oʻzida kuch topib yuqori natijalarga erishgan, inklyuziv jamiyat rivoji yoʻlida va yangi loyihalar ustida ish olib borayotgan insonlar haqida hikoya qiluvchi “Ziyolilar 4: Inson” almanaxini yaratish va chop etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

2024-yil 1-dekabr holatiga rasmiy ish bilan band qilingan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

2025-yil yakuniga qadar rasmiy bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

2025-yil yakuni bilan
oʻsib borish tartibida jami rasmiy band qilinadigan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

Jami

117 997

80 000

197 997

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

6 273

5 610

11 883

1.

Nukus shahri

1 108

923

2 031

2.

Amudaryo tumani

508

532

1 040

3.

Beruniy tumani

656

587

1 243

4.

Boʻzatov tumani

55

57

112

5.

Kegeyli tumani

196

228

424

6.

Qonlikoʻl tumani

163

174

337

7.

Qoraoʻzak tumani

123

152

275

8.

Qoʻngʻirot tumani

333

464

797

9.

Moʻynoq tumani

79

77

156

10.

Nukus tumani

172

168

340

11.

Taxiatosh tumani

149

225

374

12.

Taxtakoʻpir tumani

82

121

203

13.

Toʻrtkoʻl tumani

1 382

607

1 989

14.

Xoʻjayli tumani

199

341

540

15.

Chimboy tumani

205

345

550

16.

Shumanay tumani

123

133

256

17.

Ellikqalʼa tumani

740

476

1 216

2.

Andijon viloyati

7 468

6 674

14 142

1.

Andijon shahri

1 137

1 040

2 177

2.

Xonobod shahri

112

66

178

3.

Andijon tumani

536

558

1 094

4.

Asaka tumani

944

651

1 595

5.

Baliqchi tumani

466

465

931

6.

Buloqboshi tumani

361

328

689

7.

Boʻston tumani

261

154

415

8.

Jalaquduq tumani

268

368

636

9.

Izboskan tumani

457

492

949

10.

Qoʻrgʻontepa tumani

321

366

687

11.

Marhamat tumani

386

402

788

12.

Oltinkoʻl tumani

475

377

852

13.

Paxtaobod tumani

335

368

703

14.

Ulugʻnor tumani

237

114

351

15.

Xoʻjaobod tumani

297

236

533

16.

Shahrixon tumani

875

689

1 564

3.

Buxoro viloyati

8 341

4 986

13 327

1.

Buxoro shahri

1 532

703

2 235

2.

Kogon shahri

279

153

432

3.

Buxoro tumani

641

339

980

4.

Vobkent tumani

406

302

708

5.

Gʻijduvon tumani

940

795

1 735

6.

Jondor tumani

600

409

1 009

7.

Kogon tumani

253

169

422

8.

Qorakoʻl tumani

769

476

1 245

9.

Qorovulbozor tumani

118

32

150

10.

Olot tumani

470

292

762

11.

Peshku tumani

558

326

884

12.

Romitan tumani

647

331

978

13.

Shofirkon tumani

1 128

659

1 787

4.

Jizzax viloyati

6 428

3 057

9 485

1.

Jizzax shahri

888

580

1 468

2.

Arnasoy tumani

255

73

328

3.

Baxmal tumani

508

210

718

4.

Gʻallaorol tumani

609

278

887

5.

Doʻstlik tumani

317

145

462

6.

Zarbdor tumani

343

174

517

7.

Zafarobod tumani

234

96

330

8.

Zomin tumani

578

309

887

9.

Mirzachoʻl tumani

405

127

532

10.

Paxtakor tumani

334

213

547

11.

Forish tumani

532

248

780

12.

Sharof Rashidov tumani

1 242

526

1 768

13.

Yangiobod tumani

183

78

261

5.

Qashqadaryo viloyati

11 313

8 649

19 962

1.

Qarshi shahri

1 249

680

1 929

2.

Shahrisabz shahri

348

335

683

3.

Gʻuzor tumani

1 048

662

1 710

4.

Dehqonobod tumani

604

634

1.238

5.

Kasbi tumani

611

465

1 076

6.

Kitob tumani

609

617

1 226

7.

Koson tumani

1 472

950

2 422

8.

Koʻkdala tumani

213

355

568

9.

Qamashi tumani

940

764

1 704

10.

Qarshi tumani

1 026

737

1 763

11.

Mirishkor tumani

522

284

806

12.

Muborak tumani

546

213

759

13.

Nishon tumani

412

326

738

14.

Chiroqchi tumani

590

536

1 126

15.

Shahrisabz tumani

486

510

996

16.

Yakkabogʻ tumani

637

581

1 218

6.

Navoiy viloyati

9 252

3 409

12 661

1.

Navoiy shahri

1 213

557

1 770

2.

Zarafshon shahri

356

136

492

3.

Gʻozgʻon shahri

85

29

114

4.

Karmana tumani

1 539

533

2 072

5.

Konimex tumani

188

86

274

6.

Qiziltepa tumani

1 729

589

2 318

7.

Navbahor tumani

1 447

353

1 800

8.

Nurota tumani

591

268

859

9.

Tomdi tumani

64

26

90

10.

Uchquduq tumani

192

63

255

11.

Xatirchi tumani

1 848

769

2 617

7.

Namangan viloyati

6 997

6 959

13 956

1.

Namangan shahri

637

760

1 397

2.

Davlatobod tumani

320

280

600

3.

Yangi Namangan tumani

227

270

497

4.

Kosonsoy tumani

572

543

1 115

5.

Mingbuloq tumani

302

360

662

6.

Namangan tumani

436

450

886

7.

Norin tumani

383

455

838

8.

Pop tumani

718

595

1 313

9.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

626

590

1 216

10.

Uychi tumani

579

504

1 083

11.

Uchqoʻrgʻon tumani

434

450

884

12.

Chortoq tumani

449

502

951

13.

Chust tumani

785

605

1 390

14.

Yangiqoʻrgʻon tumani

529

595

1 124

8.

Samarqand viloyati

9 922

8 550

18 472

1.

Samarqand shahri

1 344

1 045

2 389

2.

Kattaqoʻrgʻon shahri

241

215

456

3.

Bulungʻur tumani

368

359

727

4.

Jomboy tumani

417

339

756

5.

Ishtixon tumani

589

527

1 116

6.

Kattaqoʻrgʻon tumani

806

689

1 495

7.

Qoʻshrabot tumani

417

334

751

8.

Narpay tumani

642

486

1 128

9.

Nurobod tumani

412

312

724

10.

Oqdaryo tumani

706

344

1 050

11.

Payariq tumani

1 067

622

1 689

12.

Pastdargʻom tumani

648

811

1 459

13.

Paxtachi tumani

474

495

969

14.

Samarqand tumani

396

544

940

15.

Toyloq tumani

422

396

818

16.

Urgut tumani

973

1.032

2 005

9.

Surxondaryo viloyati

9 845

7 165

17 010

1.

Termiz shahri

635

389

1 024

2.

Angor tumani

1 337

356

1 693

3.

Bandixon tumani

334

151

485

4.

Boysun tumani

568

384

952

5.

Denov tumani

741

959

1 700

6.

Jarqoʻrgʻon tumani

585

502

1 087

7.

Qiziriq tumani

357

273

630

8.

Qumqoʻrgʻon tumani

687

537

1 224

9.

Muzrabot tumani

609

346

955

10.

Oltinsoy tumani

509

468

977

11.

Sariosiyo tumani

960

817

1 777

12.

Termiz tumani

337

236

573

13.

Uzun tumani

854

686

1 540

14.

Sherobod tumani

708

534

1 242

15.

Shoʻrchi tumani

624

527

1 151

10.

Sirdaryo viloyati

6 434

2 774

9 208

1.

Guliston shahri

957

337

1 294

2.

Shirin shahri

125

46

171

3.

Yangiyer shahri

297

146

443

4.

Boyovut tumani

745

386

1 131

5.

Guliston tumani

791

265

1.056

6.

Mirzaobod tumani

595

233

828

7.

Oqoltin tumani

408

155

563

8.

Sayxunobod tumani

914

326

1 240

9.

Sardoba tumani

318

157

475

10.

Sirdaryo tumani

861

453

1 314

11.

Xovos tumani

423

270

693

11.

Toshkent viloyati

10 271

5 667

15 938

1.

Nurafshon shahri

193

101

294

2.

Olmaliq shahri

626

228

854

3.

Angren shahri

841

344

1 185

4.

Bekobod shahri

350

202

552

5.

Ohangaron shahri

118

77

195

6.

Chirchiq shahri

547

299

846

7.

Yangiyoʻl shahri

272

185

457

8.

Bekobod tumani

373

318

691

9.

Boʻka tumani

429

266

695

10.

Boʻstonliq tumani

542

340

882

11.

Zangiota tumani

606

326

932

12.

Qibray tumani

739

330

1 069

13.

Quyi Chirchiq tumani

267

206

473

14.

Oqqoʻrgʻon tumani

522

220

742

15.

Ohangaron tumani

401

166

567

16.

Parkent tumani

623

356

979

17.

Piskent tumani

467

162

629

18.

Toshkent tumani

518

348

866

19.

Oʻrta Chirchiq tumani

452

287

739

20.

Chinoz tumani

472

275

747

21.

Yuqori Chirchiq tumani

343

247

590

22.

Yangiyoʻl tumani

570

384

954

12.

Fargʻona viloyati

9 797

7 766

17 563

1.

Fargʻona shahri

804

572

1 376

2.

Margʻilon shahri

424

467

891

3.

Quvasoy shahri

237

158

395

4.

Qoʻqon shahri

538

628

1 166

5.

Bagʻdod tumani

439

478

917

6.

Beshariq tumani

553

507

1 060

7.

Buvayda tumani

555

440

995

8.

Dangʻara tumani

639

452

1 091

9.

Yozyovon tumani

323

208

531

10.

Oltiariq tumani

482

454

936

11.

Qoʻshtepa tumani

438

355

793

12.

Rishton tumani

488

424

912

13.

Soʻx tumani

419

161

580

14.

Toshloq tumani

931

365

1 296

15.

Uchkoʻprik tumani

494

412

906

16.

Fargʻona tumani

475

389

864

17.

Furqat tumani

305

279

584

18.

Oʻzbekiston tumani

607

479

1 086

19.

Quva tumani

646

538

1 184

13.

Xorazm viloyati

6 914

4 858

11 772

1.

Urganch shahri

791

535

1 326

2.

Xiva shahri

465

329

794

3.

Bogʻot tumani

467

417

884

4.

Gurlan tumani

320

391

711

5.

Qoʻshkoʻpir tumani

534

398

932

6.

Tuproqqalʼa tumani

201

185

386

7.

Urganch tumani

731

427

1 158

8.

Hazorasp tumani

761

409

1 170

9.

Xiva tumani

615

332

947

10.

Xonqa tumani

637

400

1 037

11.

Shovot tumani

492

382

874

12.

Yangiariq tumani

511

320

831

13.

Yangibozor tumani

389

333

722

14.

Toshkent shahri

8 742

3 876

12 618

1.

Bektemir tumani

191

91

282

2.

Mirzo Ulugʻbek tumani

1 071

393

1 464

3.

Mirobod tumani

487

171

658

4.

Olmazor tumani

1 099

523

1 622

5.

Sergeli tumani

634

312

946

6.

Uchtepa tumani

773

409

1 182

7.

Chilonzor tumani

764

346

1 110

8.

Shayxontohur tumani

872

422

1 294

9.

Yunusobod tumani

1 158

449

1 607

10.

Yakkasaroy tumani

313

102

415

11.

Yangihayot tumani

407

208

615

12.

Yashnobod tumani

973

450

1 423

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/85/0430-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)