Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Qarori
Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1696-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining 2007-yil 30-maydagi 61, 2007-36 va 151-N-son qarori (roʻyxat raqami 1696, 2007-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 291-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-iyun,
266-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyun,
2025-11-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-may,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom xalqaro temir yoʻl aloqalarida temir yoʻl tashishlari va hisob-kitoblarni tartibga soluvchi xalqaro bitimlar, shartnomalar va qoidalarda ishtirok etadigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ deb yuritiladi) va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom talablari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning — Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar toʻgʻrisida qoidalar, Xalqaro yoʻlovchi aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, Xalqaro temir yoʻl yuk aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi kompleks hisob-kitoblar qoidalari, boshqa davlatlar mulki boʻlgan yuk tashuvchi vagonlardan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar, raqamli hisob va ekspluatatsiya qoidalari, Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari va Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Iqtisodiy javobgarlik toʻgʻrisida kelishuv va xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlarni tartibga soluvchi boshqa xalqaro qoidalar va kelishuvlar (keyingi oʻrinlarda matnda Xalqaro Qoidalar deb yuritiladi) ishtirokchilari bilan xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisoblashishlarni amalga oshirishda tatbiq qilinadi.”.
4. 3, 27 va 29-bandlardagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning” degan soʻzlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning”ga almashtirilsin.
5. 32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. VII boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)