26.06.2025 yildagi O‘RQ-1071-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 28-mayda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm va maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, shu jumladan aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda keng foydalanishni va zarur hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash, shuningdek ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlari hisobidan hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga soliq munosabatlaridagi elektron hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullaridan foydalanishga taalluqli oʻzgartirishlar, shuningdek ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlari hisobidan hisobga olish tartibini yanada soddalashtirishga, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish hamda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun soliq munosabatlaridagi elektron hujjatlarda imzo sifatida hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlashning boshqa usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlash uchun va “Mahalla servis” kompaniyalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni ragʻbatlantirishga, shuningdek suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantirish tartibini joriy etish orqali soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda mazkur shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali elektron hujjatni tasdiqlash ham elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 103-moddaning birinchi qismi “ushbu soliq” degan soʻzlardan keyin “yoki boshqa soliqlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 105-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobidan yoki oʻsha soliq turi boʻyicha yoxud ushbu Kodeks 103-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olish ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida ortiqcha toʻlangan soliq summalarini hisobga olish uchun belgilangan tartibda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar uchun hisobga olish soliq toʻlovchining yozma yoki elektron tarzdagi arizasiga koʻra soliq organlari tomonidan uch kun ichida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 304-modda quyidagi mazmundagi 62-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“62) “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarishdan hamda mahallalar aholisiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 378-modda quyidagi mazmundagi 24 va 25-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24) Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolarning, shuningdek ularning xotinining (erining) daromadlari. Mazkur soliq imtiyozi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasiga, nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasiga, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlarga asosan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi tarzidagi daromadlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 380-modda birinchi qismining 3-bandi “I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlardan keyin “bundan Chernobil AESdagi halokat oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 403-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla servis” kompaniyalarining mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarayotgan hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar koʻrsatayotgan xodimlariga mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 411-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8) “Mahalla servis” kompaniyalari egaligida boʻlgan mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan binolar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 426-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16) “Mahalla servis” kompaniyalari egaligida boʻlgan mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari “Suv hisobi” axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirq beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik taʼminotiga, suv taʼminoti va kanalizatsiyaga, suv xoʻjaligiga, yoʻl-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari mustasno), texnik yordam koʻrsatish (grantlar) hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yetmish uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari hamda ushbu sanoat zonalarida tashkil etilgan korxonalar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasining 10-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 4, 5, 7, 8, 9-bandlarining, 11-bandi beshinchi xatboshisining qoidalari 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1071-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2025-y., 03/25/1071/0545-son)