1-ILOVA
1. | T.K. Narbayeva | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | S.S. Safoyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
3. | A.A. Agzamxodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining raisi |
4. | B.J. Aʼloyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
5. | O.R. Fazilkarimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
6. | D.M. Saidjanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
7. | Sh.Sh. Xudaykulov | — | “Uzbekistan airways” AJ Boshqaruv raisi |
8. | J.O. Umarxodjayev | — | “Uzbekistan Airports” Boshqaruv raisi |
9. | J.R. Raximov | — | Xorazm viloyati hokimi |
2-ILOVA
T/r | Tadbirlar | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy-tayyorgarlik masalalari | |||
1. | Forumni oʻtkazish uchun infratuzilma obyektlarini (binolarni) koʻrib chiqish va forum oʻtkazish sanasiga bron qilish. | 15-iyungacha | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
2. | Oʻzbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda delegatsiyaning tarkibi, tashrif kunlari va dasturini (kutib olish, kuzatish va boshqa tadbirlar) ishlab chiqish. | 15-iyungacha | Tashqi ishlar vazirligi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
3. | Forum dasturi va tadbir ishtirokchilarining roʻyxati loyihasini tayyorlash. | 20-iyungacha | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
4. | Forumda Oʻzbekiston va Ozarbayjon tomonidan soʻzga chiquvchi deputat hamda senatorlarning roʻyxatini tuzish. | 15-iyungacha | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
5. | Oliy Majlis Senati va Ozarbayjon Respublikasi Milli Majlisi delegatsiyasi aʼzolari uchun Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasini band qilish. | 15-iyungacha | Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
6. | Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarni, jumladan, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini aks ettiruvchi 2-3 daqiqali videorolikni tayyorlash. | 25-iyungacha | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Senat devoni Axborot xizmati, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
7. | Forum yakuni boʻyicha qabul qilinadigan Xiva deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqish va uni Ozarbayjon Respublikasi tomoni bilan kelishish. | 15-iyungacha | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
8. | Forumning xarajatlar smetasi va Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash. | 25-iyungacha | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
9. | Forum logotipini, sumka, papka, bloknot, qalam, beyjik, banner, bayroq, kuvertka va boshqa anjomlarni tayyorlash. | 27-iyungacha | Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
10. | Forum ishtirokchilarini tadbirlarga kirish huquqini beruvchi beyjiklar bilan taʼminlash. | 28-iyungacha | Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
11. | Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumi majlisi zalini oʻrnatilgan tartibda ovoz kuchaytirgich, monitor va boshqa zarur uskunalar bilan taʼminlash. | 30-iyungacha | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Senat devoni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
12. | Forum boʻlib oʻtadigan joyda Matbuot markazini tashkil etish va ularni quyidagi texnik jihozlar bilan taʼminlash: Internet tarmogʻiga (WiFi) ulangan kompyuter (20 dona); oʻrnatilgan tartibda shaharga chiqish telefonlari (4 dona); printer (4 dona), nusxalash-koʻpaytirish texnikasi (4 dona), rangli skaner (4 dona); kanselyariya anjomlari; “Oʻzbekiston 24” va xorijiy telekanallarga ulangan televizor (4 dona); jurnalistlar uchun press-vol. | 28-iyungacha | Senat devoni Axborot xizmati, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi |
13. | Forum oʻtkaziladigan joyda tadbirga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Shtab tashkil etish va uni vaqtincha foydalanish uchun zarur kompyuter, printer, nusxalash-koʻpaytirish texnikalari bilan jihozlash. | 28-iyungacha | Senat devoni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
14. | Forum ishtirokchilari uchun esdalik (suvenir) sovgʻalar tayyorlash. | 29-iyungacha | Senat devoni Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
15. | Forum doirasida tashkil etiladigan rasmiy qabul, norasmiy kechki ovqat, tushlik va kofe-breyklar oʻtkazish. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | Senat devoni Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi, Senat devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boshqarmasi |
II. Axborot-tahliliy masalalar | |||
16. | Forum dasturi doirasida rasmiy tadbir va marosimlar ssenariysi hamda sxemasini ishlab chiqish (kelib-ketish, marosimlarni ochish va yopish, matbuot anjumani, rasmiy va norasmiy uchrashuvlar, fotosuratga tushish, madaniy dastur). | 25-iyungacha | Senat devoni Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi, Senat devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boshqarmasi, Senat devoni Axborot xizmati, Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
17. | Ochilish va yopilish marosimlarida, shoʻba majlislarida, ikki tomonlama uchrashuvlarda kirish soʻzlarini va axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash. | 25-iyungacha | Senat Raisining Spichrayteri, Senat devoni Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Senat devoni Nazorat-tahlil boshqarmasi Yigʻma-tahlil va nazorat boʻlimi |
18. | Ommaviy axborot vositalarida boʻlajak forumni oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash hamda efirga uzatib borish. | 20-iyundan boshlab | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Senat devoni Axborot xizmati |
19. | Forumning ochilishi marosimini ommaviy axborot vositalari orqali jonli namoyish etish va ish jarayonini yoritish. | 1-iyul | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Uzreport” telekanali, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Xalqaro press-klub |
III. Xavfsizlik masalalari | |||
20. | Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qutqaruv xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish; texnik kommunikatsiyalarning barqaror ishlashi, turli konstruksiyalarning mustahkamligi, mehmonxona majmualari va forum oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning 150 metr radiusida joylashgan obyektlarda tekshiruvlar yoki yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish; ushbu joylarda radiatsiya va kimyoviy miqdorni oʻlchash punktini tashkil etish; tezkor qutqaruv guruhlarini shakllantirish va delegatsiya aʼzolari yashaydigan joylarda kecha-kunduz ularning navbatchiligini tashkil etish; forum xavfsizligini taʼminlashda favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi xizmatlar va boshqa idoralar bilan hamkorlikda obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni hamkorlikda bartaraf etish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish. | 29-iyun — 2-iyul kunlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya |
21. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tadbir oʻtkaziladigan obyektlar va ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining navbatchiligini tashkil etish. | Forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish vaqtida | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
22. | Forum ishtirokchilarini avtomashina va avtobuslar bilan taʼminlash. | 29-iyungacha | Vazirlar Mahkamasining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi, Xorazm viloyati hokimligi, Senat devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boshqarmasi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
23. | Urganch xalqaro aeroportida delegatsiyani kutib olishdan tortib shahar boʻylab transportlarning (kortej) yoʻnalishlarini ishlab chiqish. | 25-iyungacha | Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Xorazm viloyati hokimligi, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Senat devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boshqarmasi |
24. | Urganch xalqaro aeroporti va undagi VIP zallarida Ozarbayjon delegatsiyasini kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish holatlariga tayyorgarlik koʻrish hamda delegatsiyalarning yuklarini tezkor yetkazib berishni taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, Senat devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boshqarmasi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
25. | Delegatsiya aʼzolarining Urganch xalqaro aeroportida bojxona va chegara nazoratidan toʻsiqlarsiz oʻtishlarini taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | “Uzbekistan airports” AJ, Bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
26. | Delegatsiyalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan avtomashinalarning texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish, delegatsiyalar yashash joylarida va tashrif buyuradigan obyektlarda jamoat tartibini saqlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
27. | Tadbir mobaynida tez yordam avtomashinalari va tibbiyot xodimlarining aeroport, temir yoʻl vokzallari, forum binolari va delegatsiyalarning yashash joylaridagi navbatchiligini hamda qatʼiy va samarali sanitariya-epidemiologik nazoratini taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
28. | Forum oʻtkaziladigan joylarda va delegatsiyalar joylashgan mehmonxonalarda uzluksiz elektr energiyasi, issiq va sovuq suv bilan taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
29. | Forum oʻtkaziladigan joylarda lokal tarmoqlarning kiberxavfsizligini taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
30. | Forum ishtirokchilarini Oʻzbekistonning boy madaniy tarixini aks ettiruvchi tarqatma materiallar bilan taʼminlash. | 30-iyungacha | Turizm qoʻmitasi |
31. | Madaniy va tarixiy obidalarga sayohat dasturini (marshrutini) ishlab chiqish, forum ishtirokchilari obidalarni tomosha qilish uchun guruh boʻlib harakatlanayotganda xavfsizlikni taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul kunlari | Turizm qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
3-ILOVA
T/r | Mavzu | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼul vazirlik va idoralar | Ommaviy axborot vositalari (yoritish) |
Tadbir oldi amalga oshiriladigan targʻibot ishlari | |||||
1. | 2025-yilning 30-iyun — 2-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumi haqida keng ommani oldindan xabardor etish. | TV va internet uchun: 1. Forum yuzasidan anons rolikni tayyorlash. 2. Anons rolikning mahalliy va xorijiy OAV, Internet tarmoqlari, davriy bosma nashrlar, jamoat transportlari orqali keng yoritilishini taʼminlash. 3. Tadbirlar haqida telekanallarda yuguruvchi satrlar tashkil etish. | 20-iyundan boshlab | Oliy Majlis Senati, AOKA, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
2. | 2025-yilning 30-iyun — 2-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumining ahamiyati haqida kengroq maʼlumot berish. | TV va internet uchun: 1. Forum yuzasidan brifing tashkil etish va telekanallarning yangiliklar dasturida lavha va reportajlar efirga uzatish. 2. Forum yuzasidan senatorlar bilan intervyular tashkil etish. 3. Tadbir haqida maʼlumotlar berilgan qisqa vaqtli videoroliklar tayyorlash va keng yoritishni taʼminlash. 4. Forum haqida telekanallarda yuguruvchi satrlar tashkil etish. Radio uchun: 1. Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish. 2. Tadbir yuzasidan senatorlar bilan intervyuning audioeshittirishlarini tayyorlash va efirga berish. | 30-iyun — 2-iyul | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
3. | 2025-yilning 30-iyun — 2-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish. | TV va Internet OAV uchun: 1. Tayyorgarlik jarayonlari va qamrovi yuzasidan Oliy Majlis Senati vakillari ishtirokida intervyu tashkil etish. 2. Tayyorgarlik koʻrish jarayonlari yuzasidan videoreportaj tayyorlash va keng yoritilishini taʼminlash. | 30-iyun — 2-iyul | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
4. | 2025-yilning 30-iyun — 2-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumi ishtirokchilarini kutib olish jarayonlari boʻyicha reportaj va videorolik tayyorlash. | TV va internet uchun: 1. Ozarbayjon delegatsiyasini kutib olish jarayonlarini aks ettiruvchi videoreportaj tayyorlash hamda keng yoritilishini taʼminlash. 2. Xorijiy mehmonlardan forum yuzasidan intervyu tashkil etish. | Grafikka asosan | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
Tadbir jarayonlarini keng yoritish | |||||
5. | Birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumi boshlanish jarayonlari. | TV va Internet uchun: 1. Forumning ochilish marosimiga bagʻishlangan va marosimda nutqlar aks ettirilgan videoroliklar va foto koʻrinishida iqtiboslar tayyorlash va keng yoritilishni taʼminlash. 2. Anjuman haqida Ozarbayjon parlamenti deputatlaridan intervyu olinishini tashkil etish. 3. Tadbir haqida maʼlumotlar berilgan qisqa vaqtli videoroliklar tayyorlash va keng yoritishni taʼminlash. 4. Mavzu yuzasidan infografikalar tayyorlash. 5. Tadbirlar haqida telekanallarda yuguruvchi satrlar tashkil etish. 6. Tadbir jarayonlari yuzasidan fotolavhalar tayyorlab, postlar chop etish. Radio uchun: 1. Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish. 2. Tadbir yuzasidan ekspertlar bilan intervyuning audioroliklarini tayyorlash va efirga berish. | 30-iyun — 2-iyul | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
6. | Forum qatnashchilari ishtirokida umumiy foto. | TV va internet uchun: Senat Axborot xizmati xodimlari tomonidan foto suratga tushirish va ishtirokchilarga tarqatish. | 1-iyul | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar uchun |
Tadbir yakunlari va kutilayotgan natijalar | |||||
7. | Forumning yakunlari va erishilgan natija hamda yutuqlar. | Mavzu yuzasidan matbuot anjumani tashkil etish. TV uchun: 1. Matbuot anjumani davomida tadbir ishtirokchilaridan intervyu tashkil etish. 2. Mavzu yuzasidan videoreportajlar tayyorlash. Radio uchun: Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish. Internet OAV uchun: 1. Mavzu yuzasidan maqola chop etish va ekspertlar bilan intervyularni tashkil etish. 2. Mavzu yuzasidan infografikalar tayyorlash. 3. Tadbir jarayonlari yuzasidan fotolavhalar tayyorlab, postlar chop etish. | 3 — 5-iyul kunlari | Oliy Majlis Senati, AOKA, Tashqi ishlar vazirligi | Oʻzbekiston MTRK (Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar), OʻzMMA (TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand), Internet nashrlari (Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24) OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati |
4-ILOVA