Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1806-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) hisobot yili boshiga quyidagi reytinglardan biriga ega chet el sugʻurta tashkiloti:
“Moodyʼs Investors Services” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “Baa3”dan past boʻlmagan;
“Standard & Poorʼs Corporation” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+”dan past boʻlmagan;
“Fitch, Inc” (Buyuk Britaniya) agentligi tasnifi boʻyicha “BB–”dan past boʻlmagan;
“A.M. Best Company, Inc.” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “B+”dan past boʻlmagan;
“Ekspert-RA” (Rossiya Federatsiyasi) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+”dan past boʻlmagan;
“AKRA” (Rossiya Federatsiyasi) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+” dan past boʻlmagan.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2025-yil 28-may,
6-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 27-may
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 23-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2025-y., 10/25/1806-6/0532-son)