16.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3629
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining qarori, 16.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3629
Кучга кириш санаси
18.06.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya auditorlari uchun yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida, bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriq, dasturlar, energetika pasporti va tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalarining namunaviy shakllarini hamda energiya auditorlariga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3629]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning namunaviy shakli 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi energetika pasportining namunaviy shakli 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining namunaviy shakli 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning namunaviy shakli 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning namunaviy shakli 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining namunaviy shakli 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya auditorlariga qoʻyiladigan minimal talablar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi I. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 q/q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

“TASDIQLAYMAN”

________________________

(Korxona rahbari)

“___”__________ ______ y.

 

 

 

T/r

Asosiy maʼlumotlar va talablar roʻyxati

Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni

1.

Isteʼmolchining (keyingi oʻrinlarda Korxona deb yuritiladi) nomi

Korxonaning toʻliq nomi, manzili va rekvizitlari koʻrsatiladi

2.

Korxonalarni energiya auditidan oʻtkazish uchun asos

Korxonani energiya auditidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyishi, bayonnomalari va boshqalar (raqami va sanasi) koʻrsatiladi

3.

Energiya auditi turi

Energiya auditining turi koʻrsatiladi (dastlabki, davriy va navbatdan tashqari, ekspress)

4.

Korxonaning faoliyat turi

Korxonada qanday mahsulot (xizmat) ishlab chiqarilishi koʻrsatiladi

5.

Korxonaning tashkiliy tuzilmasi

Korxona tarkibidagi boʻlinmalarning funksional vazifalari, unda amalga oshiriladigan faoliyatning tasnifi koʻrsatiladi

6.

Energiya auditining moliyalashtirish manbalari

Korxonaning oʻz mablagʻlari, budjet mablagʻlari va boshqalar koʻrsatiladi

7.

Energiya auditini oʻtkazish obyektlari

Korxonani energiya auditidan oʻtkazishda quyidagi obyektlar oʻrganilishi lozim:

maʼmuriy va ishlab chiqarish bino va inshoatlari;

elektr taʼminoti tizimi va elektr qurilmalari (podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari va qurilmalari);

issiqlik energiyasi taʼminoti (qozonxona, issiqlik tarmoqlari, bugʻ quvurlari, kondensat quvurlari) va barcha issiqlik hamda yoqilgʻi isteʼmol qiluvchi qurilmalar;

gaz taʼminoti tizimi (gaz taqsimlash punktlari, gaz quvurlari va qurilmalari);

yonilgʻi-moylash mahsulotlarini hisobga olish, qabul qilish, saqlash va tarqatish moslamalari;

siqilgan havo taʼminoti va texnik gazlar tizimi (kompressor stansiyalari, tarqatish tarmoqlari va qurilmalar);

energiya resurslarini hisobga olish tizimi va vositalari

8.

Energiya auditorining vazifalari

Korxonani energiya auditidan oʻtkazishda energiya auditori tomonidan amalga oshiriladigan ishlar aniq va ketma-ketlikda keltiriladi

9.

Energiya auditidan oʻtkazishning alohida shartlari

Energiya auditidan oʻtkaziladigan korxonaning xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqib, energiya auditorining malakasi va tajribasiga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi

10.

Energiya auditidan oʻtkazish muddatlari

Korxonalarni energiya auditdan oʻtkazishning aniq muddatlari (oy) koʻrsatiladi

11.

Energiya auditidan oʻtkazishda rasmiylashtiriladigan hujjatlar

Energiya auditidan oʻtkazishda ishlab chiqiladigan hujjatlar turi va ularni rasmiylashtirish boʻyicha talablar keltiriladi

12.

Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarga qoʻyiladigan talablar

Energiyani tejashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar, iqtisod qilinadigan energiyaning fizik miqdorini hamda ularni amalga oshirish uchun xarajatlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim

13.

Ish natijalarini taqdim qilish boʻyicha talablar

Energiya auditi natijasida ishlab chiqiladigan hisobot, energetika pasporti, energiyani tejashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni taqdim qilish shakliga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi

14.

Birlamchi hujjatlar roʻyxati

Korxonani energiya auditidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan, energiya auditorining talabi bilan isteʼmolchi tomonidan mazkur texnik topshiriqqa ilova koʻrinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar koʻrsatiladi

 

 

 

Izoh. Texnik topshiriqning asosiy maʼlumotlari va talablari roʻyxati energiya auditidan oʻtkaziladigan obyektning oʻziga xos xususiyatlari, murakkabligi va energiya auditining qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab oʻzgartirilishi, kengaytirilishi yoki qisqartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

 

 

 

Ishlab chiquvchilar:

 

 

 

 

 

Lavozimi __________________ F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

“TASDIQLAYMAN”

 

“Oʻzenergoinspeksiya”

 

________________________

 

_____ “________” 20____ y.

 

 

“__________________________” bilan “______________” oʻrtasida 20___ yil __________ kuni tuzilgan _______-son shartnomaga muvofiq ______________ manzilda joylashgan “___________________________”da energiya auditini oʻtkazish

DASTURI

 

 

1. Dastur quyidagi hujjatlar asosida ishlab chiqilgan:

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qarori hamda isteʼmolchining (keyingi oʻrinlarda Korxona deb yuritiladi) energiya auditdan oʻtkazish shartnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

 

2. Energiya auditini oʻtkazishda quyidagilar oʻrganilishi lozim:

 

 

a) elektr taʼminoti:

elektr qabul qilgichlarning parametrlarini tekshirish va oʻlchash;

korxonaning tuzilmasi va boʻlinmalardagi energiya isteʼmoli tavsifi;

texnologik ishlab chiqarishlarda energiya isteʼmolining holati (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun amalda isteʼmol qilingan yoqilgʻi energiya resurslari (bundan buyon matnda YOER deb yuritiladi), texnologiya obyektlari energiya isteʼmolining normativ tavsiflari;

energiya resurslari va energiya manbalarining alohida turlari boʻyicha barcha isteʼmol qilinadigan energiyaning taqsimlanish xususiyatlari;

energiya isteʼmoli rejimlari (kunlik, oylik, yillik);

har bir obyekt uchun energiya isteʼmoliga taʼsir koʻrsatadigan omillar (isitish tizimi uchun tashqi harorat, elektr yuritmalar uchun quvvat koeffitsiyenti (cosφ);

bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga (xizmat koʻrsatishga) resurslar va obyektlarning alohida turlari boʻyicha solishtirma energiya isteʼmoli;

energiya tashuvchilaridagi yoʻqotishlar, izolyatsiyaning buzilishi, qurilish va montaj ishlarining sifatsiz bajarilishi hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri energiya isroflari;

texnologik parametrlari va mavsumiy tavsiflari bir xil boʻlgan sharoitda solishtirma koʻrsatkichlarning oʻzgarish dinamikasini taqqoslash yoʻli bilan energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligi;

energiyani tijoriy va texnik hisobga olish, shuningdek chetga berishni hisobga oladigan hisoblagichlarning energiya taʼminoti sxemasi;

taʼminotchi korxonalar bilan tuzilgan shartnoma hujjatlari tahlili;

oxirgi yillar va joriy yilning oʻtgan davri uchun amaldagi statistika hisobotlari (choraklik, yillik), shuningdek boshqa zarur hisobotlar;

energiyani tejash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalari va ularning bajarilishi holati, energiya isteʼmolini kamaytirish yuzasidan topshiriqlarning mavjudligi va uning ijrosi bajarilishi tahlili;

qayta tiklanuvchan va muqobil energiya manbalaridan foydalanish holatlari hamda mavjud zaxiralari tahlili;

ishlab chiqariladigan mahsulotni hisobga olish usullari tahlili;

energetik qurilmalarni taʼmirlash reja-jadvalining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar;

umumiy YOER isteʼmoli hamda yirik texnologik qurilmalar boʻyicha energiya isteʼmoli balansini tuzish;

reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga rioya qilinishi;

ikkilamchi energiya resurslari va utilizatsiya tizimlarining mavjudligi va ulardan foydalanish samaradorligi.

b) issiqlik taʼminoti:

tarmoq va qurilmalarda issiqlik isroflari;

kondensatni manbaga qaytarish;

texnologiya, isitish va issiq suv taʼminotiga issiqlik miqdori;

qozon qurilmalarning ish rejimlari;

yoqilgʻi va issiqlik isteʼmol qiladigan uskunalarning ishchi koʻrsatkichlari hamda, yuklanganlik darajasi;

zaxira yoqilgʻisining mavjudligi va undan foydalanish holati;

regulatorlar, issiqlik almashinish qurilmalari yuzalari va jihozlari ish holatida saqlanganligi.

v) ventilyatsiya va havo taʼminoti:

ventilyatsiya va kompressor qurilmalari elektr yuritmalarning elektr energiya isteʼmoli parametrlarini oʻlchashi va tahlil qilish;

havo quvurlarining tashqi texnik holati;

ventilyatsiya tizimining ish parametrlarini aniqlashi, normativ koʻrsatkichlar (yuklantirish va ulanishning haqiqiy koeffitsiyenti, qurilmaning kun (sutka) davomida ishlagan vaqti) bilan solishtirish;

siqilgan havodan foydalanuvchi qurilmalar roʻyxatini shakllantirish;

siqilgan havoning sizish joyi va miqdori;

elektr yuritmalarning tavsiflari va tahlili;

korxonadagi kompressorlarning yuklanganligi, bosimni nazorat qilish tizimi, havo sarfiga havo quvurlari diametrlarining mosligi, kondensat, sizishning mavjudligi, bosim miqdori.

g) bino va inshootlar:

binoda mikroiqlim taʼminoti tizimi, ularni rostlash usullari;

binoning issiqlik himoyasi hamda energetik tavsiflari, oʻrab turuvchi konstruksiyalarning keltirilgan issiqlik uzatish qarshiligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

isitish mavsumidagi va bir gradus-kuniga toʻgʻri keladigan binoni isitishga sarflanadigan maksimal va nisbiy energiya sarfi;

binoning yoritish tizimi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar;

suvni tozalash, qayta ishlash tizimini hamda ishlatilgan suvni toʻkish tizimi;

suv nasos dvigatellarining elektr energiya isteʼmoli (kuchlanish, tok, quvvat koeffitsiyenti, elektr yuritma valining aylanish chastotasi);

nasos agregatlarning modernizatsiya qilinganligi;

suv taʼminoti va suv isteʼmoli qurilmalarining haqiqiy holati, yuklanganligi va ish rejimlari;

fizik eskirgan poʻlat quvurlarning almashtirilganlik holati.

d) yoqilgʻi va yoqilgʻi-moylash materiallari:

korxonaning ekspluatatsiya jarayonida neft mahsulotlari (avtobenzin, yonilgʻisi, oʻchoq yoqilgʻisi, kerosin), suyultirilgan va siqilgan metan gazdan foydalanadigan avtotransport vositalari, texnika-mexanizmlar hamda boshqa uskunalarning texnik holati, ishlab chiqarilgan yili, rusumi, ishlatishdagi sarf normalari va boshqa koʻrsatkichlar belgilangan holdagi roʻyxati;

korxona tomonidan oxirgi yillar va joriy yilning oʻtgan hisobot davridagi neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda moylash mahsulotlarining (bundan buyon matnda YOMM deb yuritiladi) hisobiy va normativ isteʼmoli kirim-chiqim harakatlari;

korxona tomonidan YOMMning ishlatishda amalda boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi, yoqilgʻi sarf normalari ishlab chiqarilganligi va ularga qilinishi, hisobotlarning yuritilishi holati;

neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish jarayonlari texnik-metrologik holati, shuningdek ombordagi yoʻqotishlarning miqdori;

transformator va boshqa turdagi texnik moylarning joriy sarfi, ularga belgilangan sarf normalari mavjudligi.

e) gaz tarmoqlari:

gaz taqsimlash tarmoqlari holati;

ichki gaz taqsimlash tarmoqlari holati;

tabiiy gaz koʻrsatkichlarini aniqlash uchun oʻrnatilgan hisoblagich va boshqa barcha turdagi oʻlchash vositalarining texnik va metrologik holatlari.

 

 

3. Energiya auditini oʻtkazish yakuni boʻyicha quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:

 

 

korxonaning energetika pasporti;

yoqilgʻi energetika resurslari sarfini kamaytirish hamda ishlab chiqarishda energiya samaradorlikni oshirish boʻyicha korxonaning iqtisodiy asoslangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi, korxonada oʻtkazilgan energiya auditi natijasi boʻyicha texnik hisobot;

Oʻzenergoinspeksiyaga korxonaning energetik pasporti, texnik hisoboti hamda yoqilgʻi energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi nusxalari taqdim etilishi;

energiya auditi oʻtkazish yakuni boʻyicha amalga oshirilayotgan iqtisod va uning korxona tomonidan bajarilishi har chorak yakuni bilan Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalariga yozma ravishda korxona tomonidan doimiy taqdim etib borilishi.

 

 

“Ishlab chiqildi”

“___________________________”

Energiya auditori

______________F.I.O.

“kelishildi”

“_______________________”

Korxona rahbari

____________F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi energetika pasportining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

1-jadval

Hisobga olish punktlari

Elektr energiya quvvatini hisobga olish turi (aktiv, reaktiv)

Oʻlchov transformatorlari oʻrnatilgan joy

Hisoblash koeffitsiyenti

Tamgʻalash sanasi

Taʼminotchining tamgʻalash sanasi

Izoh

P

Q

TT

KT

kVt.s

kVar.s

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning energiya balansi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

2-jadval

____ yil ____ chorak

Balans parametrlari tuzilmasi

Elektr energiyasi

Issiqlik energiyasi

Gaz

Mazut

Koʻmir

Neft mahsulotlari

Suv

Izoh

aktiv R

reaktiv Q

 

 

Kerosin

Yonilgʻi-moylash mahsulotlari

Boshqalar

kVt.s

kVar.s

Gkal

ming.kub.m

tonna

tonna

tonna

kub m

Belgilangan elektr quvvati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shundan chetga chiqarilgani

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Korxona boʻyicha jami isteʼmol

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

*texnologik ehtiyojlar uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

**oʻz ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

**ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

****xoʻjalik (kommunal-maishiy) ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ishlab chiqariladigan (asosiy va qoʻshimcha) mahsulot turlari boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1. Mahsulot (xizmat)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

......

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*texnologik ehtiyojlar — ushbu mahsulot (xizmat) turini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga yoqilgʻi, issiqlik va elektr energiyasi sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** oʻz ehtiyoji — asosiy texnologik asbob-uskunalarning normal ish rejimini ushlab turadigan energiya isteʼmol qiluvchi agregatlarning YOERi sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** ishlab chiqarish (yordamchi) ehtiyojlari — mahsulot olishda texnologik jarayonni qoʻllab-quvvatlaydigan ishlab chiqarish va yordamchi energiya isteʼmol qiluvchi agregatlarning YOER isteʼmoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** xoʻjalik (kommunal-maishiy) ehtiyojlari — ishlab chiqarishning xoʻjalik-maishiy ehtiyojlariga YOER sarfi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning energiya balansi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-jadval

 

 

Balans parametrlari tuzilmasi

Elektr energiyasi

Issiqlik energiyasi

Gaz

Mazut

 

Koʻmir

Neft mahsulotlari

Suv

Izoh

aktiv

R

reaktiv Q

 

Benzin

Dizel

Kerosin

Yonilgʻi-moylash mahsulotlari

Boshqalar

kVt.s

kVar.s

Gkal

ming.kub.m

tonna

 

tonna

tonna

kub m

Belgilangan elektr quvvati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shundan chetga chiqarilgani

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Korxona boʻyicha jami isteʼmol

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shu jumladan: texnologik ehtiyojlar uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

oʻz ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

xoʻjalik (kommunal-maishiy) ehtiyojlari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ishlab chiqariladigan (asosiy va qoʻshimcha) mahsulot (xizmat) turlari boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1. Mahsulot (xizmat)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

......

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yilda solishtirma koʻrsatkichlar oʻzgarishi dinamikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-jadval

ENERGIYA RESURSLARI

Elektr energiyasi kVt.c.

Issiqlik energiyasi Gkal

Gaz ming.kub.m

CHORAKLAR

I

II

III

IV

yil

I

II

III

IV

yil

I

II

III

IV

yil

Mahsulotning (xizmat) asosiy turi

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoʻshimcha mahsulot (xizmat)

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilning haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Texnologik isteʼmol

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻtgan yilning haqiqiy energiyaning solishtirma sarfiga nisbatan hisobot yili uchun haqiqiy energiyaning solishtirma sarfining kamayishi yoki koʻpayishi (*) %

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xoʻjalik (kommunal-maishiy) isteʼmoli

(ming.kVt.s; Gkal; ming.kub m)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jami isteʼmol qilingan (ming.kVt.s; Gkal; ming.kub.m)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Normalangan isteʼmol %

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yilda solishtirma koʻrsatkichlar oʻzgarishi dinamikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5-jadval

ENERGIYA RESURSLARI

Mazut (tonna)

Neft mahsulotlari

Koʻmir

CHORAKLAR

I

II

III

IV

yil

I

II

III

IV

yil

I

II

III

IV

yil

Mahsulotning (xizmat) asosiy turi

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

Qoʻshimcha mahsulot (xizmat)

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

Texnologik isteʼmol

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

Oʻtgan yilning haqiqiy energiyaning solishtirma sarfiga nisbatan hisobot yili uchun haqiqiy energiyaning solishtirma sarfining kamayishi yoki koʻpayishi (*) %

Xoʻjalik (kommunal-maishiy) isteʼmoli

(ming.kVt s; Gkal; ming.kub.m)

Jami isteʼmol qilingan (ming.kVt s; Gkal; ming.kub.m)

Normalangan isteʼmol %

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillar boʻyicha energiya koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-jadval

Yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

CHORAKLAR

I

II

II

IV

yil

I

II

III

IV

yil

I

II

III

IV

yil

Energiya tizimining maksimal soatlaridagi belgilangan elektr quvvati (kVt)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahsulotning (xizmat) asosiy turi

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoʻshimcha mahsulot (xizmat)

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Korxonaning va ishlab chiqarish isteʼmoli (shartli yoqilgʻi tonnasi)

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Texnologik isteʼmol

oʻtgan yilining haqiqiy solishtirma sarfi boʻyicha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

hisobot yilining haqiqiy koʻrsatkichi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻtgan yilning haqiqiy energiyaning solishtirma sarfiga nisbatan hisobot yili uchun haqiqiy energiyaning solishtirma sarfining kamayishi yoki koʻpayishi (*) %

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xoʻjalik (kommunal-maishiy) isteʼmoli

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jami isteʼmol qilingan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Normalangan isteʼmol %

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Chetga chiqarilgan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“ISHLAB CHIQDI”

Energiya auditori

____________________

(Imzo)

“___” ______ 20____ yil

 

“TASDIQLADI”

Korxona tashkilot nomi

______________________

(Imzo)

“___” ________ 20__ yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

“TASDIQLAYMAN”

 

 

 

 

Korxona tashkilot nomi

 

 

 

 

______________________

 

 

 

 

(Imzo)

 

 

 

 

“___” ________ 20__ yil

 

 

 

 

 

 

T/r

Tadbir bajariladigan obyekt nomi

Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar nomi

Tadbirlarni bajarish natijasida kutilayotgan yillik energiya resurslari iqtisodi

Iqtisod qilinadigan yillik energiya resurslari

(tonna shartli yoqilgʻi)

Bajarilish muddati

 

Elektr energiya (ming kVt.s)

 

 

 

 

 

 

 

Tabiiy gaz (ming.kub.m)

 

 

 

 

 

 

 

Neft mahsulotlari (tonna)

 

 

 

 

 

 

 

Koʻmir (tonna)

 

 

 

 

 

 

 

Issiqlik energiyasi (Gkal)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“ISHLAB CHIQDI”

 

 

 

 

 

Energiya auditori

 

 

 

 

 

____________________

 

 

 

 

 

(Imzo)

 

 

 

 

 

“___” ______ 20____ yil

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini tejashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

“TASDIQLAYMAN”

 

 

 

 

Korxona tashkilot nomi

 

 

 

 

______________________

 

 

 

 

(Imzo)

 

 

 

 

“___” ________ 20__ yil

 

 

 

 

 

 

T/r

Tadbir bajariladigan obyekt nomi

Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar nomi

Tadbirlarni bajarish natijasida kutilayotgan yillik energiya resurslari iqtisodi

Iqtisod qilinadigan yillik energiya resurslari

(tonna shartli yoqilgʻi)

Bajarilgan muddati

 

Elektr energiya (ming kVt s)

 

 

 

 

 

 

 

Tabiiy gaz (ming. kub m)

 

 

 

 

 

 

 

Neft mahsulotlari (tonna)

 

 

 

 

 

 

 

Koʻmir (tonna)

 

 

 

 

 

 

 

Issiqlik energiyasi (Gkal)

 

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Amalga oshirilgan ishlarning dastlabki va keyingi fotosuratlari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

“TASDIQLAYMAN”

 

 

________________________

 

 

(Tashkilot rahbari)

 

 

“___”__________ ______ y.

 

 

 

T/r

Asosiy maʼlumotlar va talablar roʻyxati

Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni

1.

Buyurtmachining nomi

Buyurtmachining toʻliq nomi va rekvizitlari koʻrsatiladi

2.

Bino va inshootlarni energiya auditdan oʻtkazish uchun asos

Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyishi, bayonnomalar va boshqalar (raqami va sanasi) koʻrsatiladi

3.

Energiya auditi turi

Energiya auditi turi koʻrsatiladi (dastlabki, davriy va navbatdan tashqari)

4.

Energiya auditi oʻtkazishning qiymati

Energiya auditi oʻtkazishning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati koʻrsatiladi.

5.

Bino va inshoot turi

Bino va inshoot turi koʻrsatiladi (koʻp kvartirali uy, ijtimoiy soha va jamoat bino va inshootlari)

6.

Bino va inshootning funksional vazifasi

Bino va inshootning funksional vazifasi, unda amalga oshiriladigan faoliyatning tasnifi koʻrsatiladi

7.

Korxonaning ishlash tartibi

Energiya auditi oʻtkaziladigan obyektning yil davomidagi ish bilan taʼminlanganlik darajasi, ish smenalari koʻrsatiladi

8.

Korxona tarkibi

Korxona hududida mavjud bino va inshootlar soni va qavatliliga koʻrsatiladi

9.

Energiya auditining moliyalashtirish manbalari

Buyurtmachining oʻz mablagʻlari, budjet mablagʻlari va boshqalar koʻrsatiladi

10.

Energiya auditi oʻtkazish obyektlari

Bino va inshootlarni energiya auditini oʻtkazishda tekshirilishi va oʻrganilishi lozim boʻlgan bino konstruksiyasining qismlari, energiya taʼminoti tizimlari, isitish va yoritish jihozlari, energiya isteʼmol qiladigan jihozlar va uskunalar, shuningdek yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmol qiladigan barcha obyektlar aniq va toʻliq keltiriladi

11.

Energiya auditorining vazifalari

Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazishda energiya auditori tomonidan amalga oshiriladigan ishlar aniq, ketma-ketlikda keltiriladi

12.

Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarga qoʻyiladigan talablar

Energiyani tejashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar, iqtisod qilinadigan energiyaning fizik miqdorini hamda ularni amalga oshirish uchun xarajatlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim

13.

Energiya auditidan oʻtkazishning alohida shartlari

Energiya auditidan oʻtkaziladigan bino va inshootning xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqib, energiya auditoriga qoʻyiladigan talablar boʻlishi lozim

14.

Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazish muddatlari

Energiya auditidan oʻtkazishning aniq muddatlari (oy) koʻrsatiladi

15.

Energiya auditidan oʻtkazishda rasmiylashtiriladigan hujjatlar

Energiya auditidan oʻtkazishda ishlab chiqiladigan hujjatlar turi va ularni rasmiylashtirish boʻyicha talablar keltiriladi

16.

Ish natijalarini taqdim qilish boʻyicha talablar

Energiya auditi natijasida ishlab chiqiladigan hisobot, energetika pasporti, energiya samaradorlik toifasi va energiya samaradorlikni oshirish boʻyicha koʻrsatmalarni taqdim qilish shakliga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi

17.

Birlamchi hujjatlar roʻyxati

Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan, energiya auditorining talabi bilan buyurtmachi tomonidan mazkur texnik topshiriqqa ilova koʻrinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar

 

 

 

Izoh. Texnik topshiriqning asosiy maʼlumotlari va talablari roʻyxati energiya auditidan oʻtkaziladigan obyektning oʻziga xos xususiyatlari, murakkabligi va energiya auditning qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab oʻzgartirilishi, kengaytirilishi yoki qisqartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Ishlab chiquvchilar:

Lavozimi __________________ F.I.O

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Dastur quyidagi hujjatlar asosida ishlab chiqilgan:

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qarori hamda korxonaning energiya auditdan oʻtkazish boʻyicha shartnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

 

2. Bino va inshootlarni energiya auditi oʻtkazishda quyidagilar oʻrganilishi lozim:

 

 

a) dastlabki maʼlumotlarni toʻplash:

bino va inshootlarning hajm-rejaviy yechimlari hamda muhandislik tizimlarining sxematik yechimlari;

bino va inshootlarni identifikatsiya qilinishi;

bino va inshootlardan foydalanish sharoitlari hamda tartibi;

bino va inshootlarda ilgari oʻtkazilgan energiya samaradorlik jihatidan tekshiruvlar dalolatnomalari va hisobotlari;

yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qiluvchi qurilmalarning tavsiflari boʻyicha maʼlumotlar, oʻlchash vositalarining oxirgi uch yillik koʻrsatkichlari;

b) energiya auditini oʻtkazish:

bino va inshootlarning holati va elektr qurilmalarning vizual koʻrikdan oʻtkazish va nuqsonlari aniqlash;

bino va inshootlarning elektr manbai, issiqlik taʼminoti, suv, gaz taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini vizual koʻrikdan oʻtkazish va nuqsonlarini aniqlash;

bino va inshootning toʻsuvchi konstruksiyalarining (tashqi devor, poydevor, oyna, tashqi eshiklar, tom, chordoq, yertoʻla) issiqlik himoyasi darajasi, muhandislik tizimlari (isitish, elektr, suv (issiq va sovuq), gaz taʼminoti va ventilyatsiya, konditsiyalash, yoritish tizimlari), liftlar va boshqa jihozlarning energetik tavsiflari hamda bino va inshootlarning mikroiqlimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan sinov usullari asosida tekshirish;

yoqilgʻi-energetika resurslarining isteʼmoli hajmi va yoʻqotilish sabablarini aniqlash;

v) natijalarni tahlil qilish:

dastlabki maʼlumotlar hamda oʻlchash va tekshirishlar natijasida toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish;

amaldagi koʻrsatkichlarni normativ qiymatlar bilan taqqoslash;

energiya resurs balanslarini tahlil qilish;

bino va inshootlarning energiya samaradorligining amaldagi koʻrsatkichlarini hisoblash;

amaldagi energiya samaradorlik koʻrsatkichlari va belgilangan normativ qiymatlar oʻrtasidagi nomuvofiqlik sabablarini aniqlashi va tahlil qilish;

bino va inshootlar uchun mumkin boʻlgan energiya tejash qiymatlarini hisoblash;

bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini qabul qilingan koʻrsatkichlar asosida belgilash;

 

 

3. Energiya auditi natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish:

 

 

energiya auditi natijasida energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha hisobotni tuzish;

energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan koʻrsatmalarni ishlab chiqish;

koʻrsatmalarni bajarish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va buyurtmachi bilan kelishish;

energetika pasportini shakllantirish;

bino va inshootning energiya samaradorligi toifasini qabul qilingan koʻrsatkichlar asosida aniqlash;

hisobot, koʻrsatmalar va energetika pasportini “bino va inshootlarning energiya auditi” elektron platformasiga joylashtirish.

 

 

Ishlab chiqdi:

________________________

(Energiya auditori FIO, imzo, muhr)

_____ “__________” _______ y.

Tasdiqladi:

________________________

(korxona, rahbari FIO, imzo)

______ “__________” ________ y.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarni energiya auditdan oʻtkazishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

“KELISHILDI”

 

“KELISHILDI”

 

____________

 

____________

 

(Energiya auditori)

 

(Korxona rahbari)

 

“___”_______________ 20__ y

 

“___”_______________ 20__ y

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

T/r

Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar nomi

Iqtisod qilinadigan manba turi

Oʻlchov birligi

Tadbirlarni bajarish natijasida kutilayotgan yillik energiya resurslar iqtisodi

Bajarish muddati

 

Elektr energiyasi taʼminoti tizimida

 

 

 

 

 

 

Isitish tizimi

 

 

 

 

 

 

Ichimlik suvi taʼminoti tizimi

 

 

 

 

 

 

Konstruksiya qismi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ishlab chiquvchilar:

Lavozimi __________________ F.I.O

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya auditorlariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MINIMAL TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oʻlchov vositasi nomi

Texnik parametrlari

1.

Elektr energiyasi quvvat va sifatini tekshiruvchi analizator

Oʻlchanadigan parametrlar:

Faza-neytral kuchlanish — V, Fazali kuchlanish — V, Tok — A, Chastota — Nz, aktiv quvvat — kW, reaktiv quvvat L; Toʻliq quvvat — kVA, Quvvat koeffitsiyent — PF, Aktiv energiya — kWh, Tok garmonikasi, Neytral oqim garmonikasi

2.

Gaz analizatori

Oʻlchanadigan gaz turlari:

CO (uglerod oksidi), CO2 (dioksid uglerod), NO2 (azot dioksidi), O2 (kislorod)

3.

*Vibratsiya analizatori

Chastota diapazoni — 0 — 10 000 Gs, Kanallar soni: kamida 2 ta analog sinxron, 1 ta taxo-kirish, optik va lazer, Tebranish tezligi 200 m/s2, tebranish tezligi 200 mm/s, Spektr oʻlchamlari 400 chiziq

4.

Multimetrli tok oʻlchovchi qisqich

Diapazon

Kuchlanish 0 V ÷ 1000 V

Tok 0,01 A ÷ 1000 A oraligʻida 0,5 % dan koʻp emas

5.

Issiqlik tasvirlagichi

Harorat diapazoni: — 20 °S ... +300 °S

Harorat oʻlchash aniqligi koʻrsatkichlarning ± 2 °S yoki ± 2% dan oshmasligi kerak.

Infraqizil oʻlchamlari 640x480 dan kam emas

6.

Issiqlik oqimi oʻlchagichi

Issiqlik oqimining zichligini oʻlchash diapazoni 10 dan 999 gacha, Vt/m2

Haroratni oʻlchash diapazoni -30 ... +60 °S

Issiqlik oqimlarining zichligini oʻlchashda ruxsat etilgan asosiy nisbiy xatolik chegaralari, % ±6 dan oshmasligi kerak

Haroratni oʻlchashning ruxsat etilgan asosiy mutlaq xatosi chegaralari (-30...+60°C oraligʻida), °C ±0,2 dan oshmaydi

Oʻlchov kanallar soni:

Kamida bitta issiqlik oqimi uchun va harorat uchun esa ikkidan kam emas

7.

Raqamli kontaktsiz termometr

Kontakt oʻlchov uchun harorat oraligʻi: -20 dan +1100 °C gacha. Oʻlchov xatoligi: 1 % dan oshmaydi

8.

Lazerli masofaviy oʻlchagich

Oʻlchov diapazoni:

0 dan 50 metrgacha

Oʻlchov xatoligi: ± 0,1%dan koʻp emas

9.

Anemometr

Oʻlchov diapazoni: 0 ... +20 m/s dan kam boʻlmagan

Ruxsat berish darajasi: ±(0,02 m/s + oʻlchangan qiymatning 2 %)

10.

Gigrometr

Oʻlchov diapazona: nisbiy namlik 10 % dan 90 % gacha , Oʻlchov xatoligi:+/- 2 % nisbiy namlikda (+10 dan +90 % gacha nisbiy namlik). Oʻlchash imkoniyati: nisbiy namlikda 0,1%, Ishlash harorati: -10 dan + 50 °C gacha

11.

Lyuksmetr

oʻlchov diapazoni: 0 ... 100000 lyuks

12.

Manometr

Bosim koʻrsatkichi diapazoni: 0-6. MPa

13.

Ultratovushli suyuqlik oqimi oʻlchagich

Quvurdan oʻtish diametri: 25 dan 1200 mmgacha. Oʻlchangan oqim diapazonlarining yuqori chegaralari: 4 dan 240 m3/soatgacha. Hajm oqimini oʻlchov xatoligi: ± 2%. Miqdorni oʻlchov xatoligi: ± 2%. Nazorat qilinadigan muhit harorati: -10 dan +150 °C

14.

Ultrasonik qalinligi oʻlchagich

Oʻlchanadigan quvur yoki rezervuarlarning qalinliklar diapazoni: 1÷225 mm. Oʻlchov xatoligi: +/-0,5 %

15.

*Lazerli taxometr

1 daqiqada 5 dan 50 000 gacha aylanishni oʻlchaydi. Oʻlchash imkoniyati: 1 daqiqada 0,1 aylanish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:* — Bino va inshootlarni energiya auditdan oʻtkazishda ushbu oʻlchov vositalari talab etilmaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 10/25/3629/0514-son)