14.06.2025 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga muvofiq axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish hamda soha boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining 4 va 7-ilovalariga muvofiq qurilishi nazarda tutilgan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda, mazkur Farmonning 1 — 4-ilovalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taklifiga asosan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar sonini oshirish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni bilan tashkil etilgan Termiz shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari (keyingi oʻrinlarda — filiallar) sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch maktab direktori va filial ijrochi direktori Agentlik direktori tomonidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch maktabga va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlar uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch maktabga va filiallarga bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda, qabul parametrlari Agentlik tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallarga oʻquvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallarda oʻquvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan yagona yondashuv asosida 2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-avgustga qadar tayanch maktab hamda filiallar uchun lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtat jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarga oʻrgatish uchun ularning qiziqishi va qobiliyatlarini inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika, informatika va axborot texnologiyalari, robototexnika fanlari qoʻshimcha oʻquv dasturlari asosida oʻqitilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha taʼlim dasturlarini IT bozorida yuqori talabga ega kasblarga oʻqitish dasturlari va oʻquv qoʻllanmalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar filial sifatida tashkil etilayotgan Nukus shahar 2-son, Andijon shahar 2-son hamda Samarqand shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining tabiiy fanlar yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchilarini Agentlik tizimidagi boshqa maktablarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur filiallar taʼminoti uchun zarur xarajatlarni 2025-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2025-y., 09/25/364/0508-son)