29.05.2025 yildagi SQ-135-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2025-yilning 1-sentabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (B. Abdullayev) parlament soʻroviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2025-yilning 1-oktabr kuniga qadar Oliy Majlis Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-135-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 29-maydagi SQ-135-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirligiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ularga ilgʻor xorijiy tajriba asosida hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari yordamida tibbiy xizmat koʻrsatish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-296-sonli qarori va qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, Hukumat tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar hamda “yoʻl xaritalari” tasdiqlangan va ularning ijrosi yuzasidan amaliy natijalarga erishilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu sohani moliyaviy taʼminlash maqsadida Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlar yildan yilga oshirib bormoqda. Birgina 2022-yilda bolalarga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha Davlat budjetidan 270,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsa, 2024-yilda ushbu sohaga 388,4 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 12,9 mln nafardan ortiq 18 yoshgacha boʻlgan bolaga sogʻliqni saqlash tizimidagi jami (umumiy aholi sonining 33,3 foizi) 824 ta oilaviy shifokorlik punkti, 984 ta oilaviy poliklinika, 207 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 233 ta bolalar davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha 4 247 oʻrindan iborat 13 ta hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda respublika boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan bolalardan 11,2 mln nafari (95,5 foizi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 3,4 mln nafarida (28,8 foizi) turli xil kasalliklar aniqlangan. Kasallik aniqlangan 3,1 mln nafar bola bilan (89,4 foiz) sogʻlomlashtirish ishlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar 6 — 23 oylik boʻlgan 1,3 mln nafar bola mikronutriyent kukuni bilan toʻliq taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi besh yilda bir qator pediatriya xizmati muassasalari modernizatsiya qilinib, zamonaviy yuqori texnologik operatsiyalarni oʻtkazishga moʻljallangan texnikalar bilan jihozlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan ushbu sohada hal qilinishi lozim boʻlgan ayrim muammolar saqlanib qolmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tibbiyot xodimlari bilan toʻliq taʼminlanmaganligi bois hozirda mavjud 2013,75 shtat birligidan 181 tasi (9,0 foizi) vakant. Shuningdek, bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarida pediatr, neonatolog, ftiziopediatr, immunolog, bolalar jarrohi, oʻsmirlar pediatri mutaxassislari yetishmaydi. Xususan, 3 954,5 ta pediatr shifokor shtat birligining 1 931,5 tasi (48,8 foiz) vakant hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tibbiyot muassasalarini bolalar oʻrtasida sil kasalligini davolovchi ftiziopediatr bilan taʼminlash koʻrsatkichi ham qoniqarsiz holatda. Xususan, respublika boʻyicha ushbu koʻrsatkich 89 foizni tashkil qilsa, respublikaning 7 ta hududida bu koʻrsatkich 80 foizdan ham past, Toshkent viloyatida esa 69,8 foizni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatayotgan ftiziopediatrlarning 86,8 foizi pensiya yoshidagi mutaxassislar boʻlganligi bois barcha hududlar uchun ftiziopediatrlarni tayyorlash zarur. Bundan tashqari, hududlar boʻyicha birlamchi tibbiyot muassasalariga ftiziopediatr shtatlari toʻliq ajratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga hududlardan malakali mutaxassislar koʻrigiga yoʻllanmalar oshishi hisobiga boʻlayotgan yuklamalar ulardagi oʻrin fondiga hamda belgilangan normativ meʼyorlarga mos emas, xususan, lor, yuz-jagʻ jarrohligi, neyroxirurgik oʻrin joylar yetishmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2024-yilda bir yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi soni 7 245 tani (7,8 promille) tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 222 taga yoki 0,4 promillega kamaygan boʻlsa-da (2023-yilda 7 467 nafar bolalar oʻlimi holati qayd qilinib, koʻrsatkich 8,2 promille), ushbu koʻrsatkich Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,9 promillega koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, neonatal chaqaloqlar oʻlimi Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2023-yilga nisbatan 1,6 promillega oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda respublika boʻyicha 5 yoshgacha bolalar oʻlimi 0,1 promillega kamayib 9,7 promilleni tashkil etgan boʻlsa-da, Sirdaryo viloyatida 1,6 promillega (14,9 promille), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,1 promillega (18,2 promille), Navoiy viloyatida 0,4 promillega (7,6 promille), Jizzax viloyatida 0,3 promillega (6,8 promille) oshgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oxirgi yillarda yangi tugʻilgan chaqaloqlarda rivojlanishning tugʻma nuqsonlari bilan tugʻilish koʻrsatkichlari oshmoqda. Jumladan, 2023-yilda 961 962 nafar yangi tugʻilgan chaqaloqning 1 741 nafari rivojlanishning tugʻma nuqsonlari bilan tugʻilgan boʻlsa (1,81 promille), 2024-yilda 926 422 nafar yangi tugʻilgan chaqaloqning 2 593 nafari rivojlanishning tugʻma nuqsonlari bilan tugʻilib (2,80 promille), oʻtgan yilga nisbatan 1,01 promillega oshgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ayrim viloyatlardagi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida kardiojarrohlik boʻlimlari hamda chaqaloqlar jarrohligi boʻlimlari tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sil kasalligi boʻyicha bolalar oʻrtasida xavf guruhlarini toʻgʻri shakllantirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida 7 — 17 yoshdagi bolalar oʻrtasida diaskintest sinamasi orqali silga qarshi skrining yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida birgina Namangan viloyatida sil kasalligi 2024-yilda 2023-yilga nisbatan keskin oshishi kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bolalar oʻrtasida qizamiq infeksiyasi respublikada soʻngi yillarda oshgan, shu jumladan, Namangan viloyatida 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 1,2 baravarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada qizamiq infeksiyasiga qarshi emlash boʻyicha aholi uchun ochiq maʼlumotlar mavjud emas. Internet tarmoqlarida faqatgina xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan pullik vaksinalar haqida maʼlumotlarni topish mumkin. Aholi uchun kafolatlangan, bepul vaksinalar haqida maʼlumotlar yoʻq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) bolalarga xizmat koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalarida elektron xizmat koʻrsatish, bemorlar haqidagi maʼlumotlar almashinuvi uchun raqamlashtirish, xususan, “elektron navbat”, “elektron karta” hamda DIMED elektron tizimi orqali yoʻllanmalar berish umuman yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bolalarga xizmat koʻrsatuvchi ayrim davolash profilaktika muassasalarining moddiy-texnik holati talabga javob bermaydi hamda zamonaviy yuqori texnologik uskunalar va tibbiy jihozlarga ehtiyoj mavjud. Jumladan, bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida MRT tekshiruvlari tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) respublikadagi ayrim tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan oʻquvchilarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, ularning salomatligini doimiy tarzda nazorat qilish uchun ayrim umumtaʼlim maktablariga hamshira shtati ajratilmagan, yoki hamshira biriktirilmagan boʻlsa, baʼzi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablariga dori-darmonlar toʻliq ajratilmagan va tibbiy koʻriklar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi 10, 12, 15-sonli, Toʻrtkoʻl tumanidagi 72-sonli, Namangan viloyati Namangan tumanidagi 7 va 41-sonli, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 55, 56, 59, 66-sonli umumtaʼlim maktablariga hamshira shtatlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Toʻrtkoʻl tumanidagi 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 16, 22, 68-sonli umumtaʼlim maktablarining tibbiyot xonalari dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun tor soha mutaxassislari ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Namangan viloyati Chust tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2024-yil uchun moʻljallangan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik uchun tor mutaxassislar soʻrab tuman tibbiyot birlashmasiga bir necha marotaba murojaat qilinishiga qaramay, oliy maʼlumotli shifokorlar oʻrniga oʻrta maxsus maʼlumotli hamshiralar ajratilgan va tibbiy koʻrik oʻtkazilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) bolalar sogʻlom ovqatlanishi, jismonan faol hayot kechirishi hamda zararli odatlardan voz kechishiga qaratilgan aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari uchun pediatr, neonatolog, ftiziopediatr, immunolog, bolalar jarrohi, oʻsmirlar pediatri mutaxassisliklari boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada (rezidentura) davlat grantlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari yuklamasini kamaytirish, ulardagi oʻrin joylarni belgilangan meʼyorlarga mosligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yangi tugʻilgan chaqaloqlarda rivojlanishning tugʻma nuqsonlari bilan tugʻilishning oldini olish boʻyicha qonunchilikka takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) barcha bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tuzilmasini va tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarini hududlardagi regional kasalliklar koʻrsatkichlaridan hamda xususiy klinikalar, tibbiyot oliygohlari klinikalaridagi tibbiy xizmat yoʻnalishlarini eʼtiborga olgan holda qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sil kasalligi boʻyicha bolalar oʻrtasida xavf guruhlarini toʻgʻri shakllantirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida silga qarshi skrining tekshiruvlarini joriy qilish va immunodiagnostika (tuberkulin, diaskintest) usullari yordamida sil kasalligini erta aniqlashni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qizamiq va boshqa infeksiyalarga qarshi emlash boʻyicha xavfsiz, kafolatlangan va bepul xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va bu haqida aholini internet orqali ochiq maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) bolalarga xizmat koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalarida elektron xizmat koʻrsatishni, bemorlar haqida maʼlumotlar almashish uchun raqamlashtirishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari binolarini belgilangan talablar asosida taʼmirlash va jihozlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) bolalarga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha aniq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, bolalar statsionar davolanadigan davolash-profilaktika muassasalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tibbiyot xonalarini dori-darmon bilan toʻliq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) mamlakatimizda bolalar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa masalalar toʻgʻrisida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilib, uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishini maʼlum qiladi.