05.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori, 05.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-5
Кучга кириш санаси
07.06.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1781-5]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (roʻyxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-maydagi 257-son va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 7-maydagi 31-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish va ular tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-banddagi “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3538, 2024-yil 30-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “schyotlar Rejasini” va “schyotlar” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqlar rejasini” va “hisobvaraqlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklari xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi hisobvaraqlar rejasini Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) va ushbu nizomning 1-ilovasida keltirilgan Fermer xoʻjaliklarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq tuzadi. Xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi hisobvaraqlar rejasi fermer xoʻjaligining hisob siyosatida qonunchilikda belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 16-banddagi “schyotlarda” degan soʻz “hisobvaraqlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 18-banddagi “schyotlar” va “buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqlar” va “buxgalteriya hisobvaragʻi uchun aniq buxgalteriya hisobvaraqlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 19-banddagi “schyotlarning” va “schyotlar” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqlarning” va “hisobvaraqlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 20-banddagi “schyoti” degan soʻz “hisobvaragʻi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning qoldiqlari buxgalteriya balansiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning hisobot davridagi aylanmasi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga oʻtkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “schyotlari” degan soʻz “hisobvaraqlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “schyotning” va “schyot” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqning” va “hisobvaraq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “schyotlar” degan soʻz “hisobvaraqlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “schyotlarning” degan soʻz “hisobvaraqlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 25 va 26-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi: asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0100) boʻyicha va moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0300) boʻyicha asosiy vositalarning, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400) boʻyicha nomoddiy aktivlarning, asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0200) boʻyicha eskirishning va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500) boʻyicha amortizatsiyaning mavjudligi va harakatlanishining analitik va sintetik hisobi registri boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomada asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha maʼlumotlar pozitsiyali usul bilan har bir obyekt boʻyicha alohida yozib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha harakatlanish mavjud boʻlsa, har oyda ularning aylanma summalari hisoblanadi va hisobot oyidan keyingi 1-sanaga qoldiq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar boʻyicha, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi asosida olinganlari boʻyicha ham eskirish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya tanlangan usulga binoan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3547, 2024-yil 9-avgust) muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktiv qismi boʻyicha hisoblangan eskirish (amortizatsiya) summalarini va barcha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha jamgʻarilgan eskirishni nazorat qilish uchun qaydnomada eskirishni (amortizatsiyani) oʻsib boruvchi tartibda hisobga oluvchi tegishli ustunlar koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (0600) va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (5800) hisobga olinadigan moliyaviy investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 27 — 29-bandlardagi “schyotlarda” degan soʻz “hisobvaraqlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 30 — 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi olinadigan joriy toʻlovlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (4000) hisobga olinadigan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomada 4010 hisobvaraqning debeti boʻyicha pozitsiyali usulda, xaridor va buyurtmachilarning sotilgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar uchun debitorlik qarzlari yozib boriladi. 4010 hisobvaraqning kreditida yakuniy hisob-kitoblar boʻyicha operatsiyalar (shu jumladan, xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslarni hisobga kiritish) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning krediti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaligining mahsulotlar va boshqa aktivlarni sotish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan debitorlik qarzlarining analitik va sintetik hisobi uchun moʻljallangan. Ushbu qaydnoma uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0900), 4210 “Ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻi, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4300), budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4400), davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4500), xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4700) va boshqa joriy debitorlik qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (4800) hisobga olinadigan boshqa debitor qarzdorlikning har bir turi uchun alohida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Pul mablagʻlarini hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaliklari tomonidan kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5000), hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini (5100), chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini (5200), bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (5500) hisobga olinadigan pul mablagʻlarining hisobi uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini hisobga olish qaydnomasida hisob-kitob hisobvaragʻi va bankdagi boshqa hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar yozuvlari bank koʻchirmalari va unga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar boʻyicha joriy majburiyatlar hisobvaraqlarida (6000) hisobga olinadigan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomada 6010 hisobvaraqning krediti boʻyicha pozitsiyali usul bilan olingan moddiy qimmatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlari, shuningdek, pudratchilarning bajarilgan ishlar va xizmatlari uchun hisobvaraqlari yoziladi. 6010 hisobvaraqning debetida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning hisobvaraqlari boʻyicha yakuniy toʻlov operatsiyalari, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar krediti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 34-banddagi “schyoti” va “Hisobdor shaxslarga qarzdorlik” schyotlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaragʻi” va “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” hisobvaraqlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6700) hisobga olinadigan ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar hisobi uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomaning “6710 — hisobvaragʻi kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga” boʻlimida fermer xoʻjaligining ishchilariga bajarilgan ishlar uchun qonunchilikka muvofiq hisoblangan ish haqi summalari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomaning “6710 — hisobvaragʻi debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga (ushlab qolingan)” boʻlimida ishchilarning ish haqidan qonunchilikka muvofiq barcha ushlanmalarning (jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq, berilgan boʻnaklar summasi, hisobdor shaxslar tomonidan oʻz vaqtida qaytarilmagan summalar, turli korxonalar va shaxslar foydasiga ijro varaqalari boʻyicha summalar va boshqalar) summasi aks ettiriladi. “Toʻlanadi” ustunida ishchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnoma toʻlov hujjati ham hisoblanadi va fermer xoʻjaligi ishchilariga ish haqini toʻlash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi xodimlariga toʻlanishi lozim boʻlgan ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan holatda, ushbu qaydnomaning “Toʻlanadi” ustunida “Deponentlangan” deb yoziladi va koʻrsatilgan summa har bir xodim boʻyicha (pozitsiyali usuldagi yozuv bilan) keyingi oyning qaydnomasida “20__ yil ________dagi qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik)” ustuniga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaligining asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan boshqa majburiyatlarning analitik va sintetik hisobi uchun moʻljallangan. Ushbu qaydnoma, kechiktirilgan joriy majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6200), olingan boʻnaklarning joriy qismini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6300), budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6400), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6500), qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6800) va 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” hisobvaragʻidan tashqari turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (6900) hisobga olinadigan boshqa majburiyatlarning har bir turi boʻyicha kreditorlar kesimida alohida ochiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 37-banddagi “schyotlarda” degan soʻz “hisobvaraqlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri xarajatlarini (sarfini) ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining tannarxiga olib boriladigan ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, davr xarajatlari boʻyicha umumlashtirish uchun qoʻllaniladi. Ushbu registrda hisobot davrining xarajatlari (sarflari) haqidagi maʼlumot 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻi va davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9400) aylanmasidan kelib chiqqan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻi va davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9400) debetidagi xarajatlar turli hisobvaraqlarning kreditlaridan boshqa qaydnomalardagi maʼlumotlar va bevosita alohida boshlangʻich hisob hujjatlaridagi maʼlumotlardan yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlariga (ishlar, xizmatlarga) sarflangan xarajatlar aniqlanishi bilan ularning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va ular 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi va 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaraqlarning kreditidan mahsulotlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanish yoʻnalishlariga qarab tegishli hisobvaraqlarning debetiga hisobdan chiqariladi — omborga (2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻi), realizatsiyaga (9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvaragʻi), hisobot davrining yakunida esa davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9400) aylanmasi summasi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻiga yopiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 41-banddagi “schyotning debetida xarajatlar moddalari boʻyicha kreditlanadigan schyotlarni” va “schyotining” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqning debetida xarajatlar moddalari boʻyicha kreditlanadigan hisobvaraqlarni” va “hisobvaragʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Fermer xoʻjaligining hisobot davri qaydnomalarida (dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomalaridan tashqari) aks ettirilgan moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalarini umumlashtirish Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrining yakunida har bir hisobvaraqning debet va krediti boʻyicha aylanmasi hisoblanadi va hisobot davrining oxiriga (keyingi hisobot davrining boshiga) qoldiq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasi sintetik hisob registri sanaladi, uning asosida hisobot davrining oxirida mablagʻlarning va ular manbalarining mavjudligini aniqlash va moliyaviy hisobotni tuzish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasi hisobot davri uchun ochiladi va unda hisobot davridagi operatsiyalar hisobi umumlashtiriladi. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasining soʻnggi varagʻi fermer yoki qonunchilikda belgilangan tartibda u tomonidan belgilangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasining “Hisobvaraqning raqami va nomi” ustunida buxgalteriya hisobini yuritishda qoʻllanilgan barcha hisobvaraqlar keltiriladi va “20___ yil “___” ________dagi qoldiq” ustuniga mablagʻlar turlari va ularning manbalari boʻyicha hisobot davri boshidagi mavjud qoldiq summalari oʻtkaziladi. Aktiv hisobvaraqlarning qoldiqlari ushbu ustunning “debet” qismida, passiv hisobvaraqlar boʻyicha esa — “kredit” qismida yoziladi. Shundan soʻng, “20___ yil ______ uchun jami aylanma” ustunida shu hisobot davridagi ushbu hisobvaraqlar aylanmalarining jami yoziladi. “20___ yil “__” ______dagi qoldiq” ustunida aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning har biri boʻyicha hisobot davrining yakunidagi mavjud qoldiq summalari aniqlanadi. “Qaydnoma nomi” ustunida esa keltirilgan hisobvaraqda hisob obyekti yuritiladigan qaydnomaning nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasida keltirilgan aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning qoldiqlari buxgalteriya balansiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasida keltirilgan hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning aylanmasi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga oʻtkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 44 va 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“44. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlariga asosan yuritadigan fermer xoʻjaliklari Buxgalteriya balansi va Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlardan iborat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay, buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan yuritadigan fermer xoʻjaliklari Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot va Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotlardan iborat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr) bilan belgilangan shakllarda va tartibda amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi Namunaviy hisobvaraqlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hisobvaraqlar raqami

Hisobvaraqlar nomi

Hisobvaraqlar turi

1-BOB. AKTIVLAR

1-§. Uzoq muddatli aktivlar

0100

Asosiy vositalar

A

0110

Yer

0111

Yerni obodonlashtirish

0112

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish

0120

Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar

0130

Mashina va asbob-uskunalar

0140

Mebel va ofis jihozlari

0150

Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi

0160

Transport vositalari

0170

Ishchi va mahsuldor hayvonlar

0180

Koʻp yillik oʻsimliklar

0190

Boshqa asosiy vositalar

0200

Asosiy vositalarning eskirishi

KA

0211

Yerni obodonlashtirishning eskirishi

0212

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi

0220

Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi

0230

Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi

0240

Mebel va ofis jihozlarining eskirishi

0250

Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi

0260

Transport vositalarining eskirishi

0270

Ishchi hayvonlarning eskirishi

0280

Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi

0290

Boshqa asosiy vositalarning eskirishi

0299

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi

0300

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar

A

0310

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar

0400

Nomoddiy aktivlar

A

0410

Patentlar, litsenziyalar va nou-xau

0440

Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari

0490

Boshqa nomoddiy aktivlar

0500

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

KA

0510

Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi

0540

Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi

0590

Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi

0600

Uzoq muddatli investitsiyalar

A

0610

Qimmatli qogʻozlar

0690

Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar

0800

Kapital qoʻyilmalar

A

0810

Tugallanmagan qurilish

0820

Asosiy vositalarni xarid qilish

0830

Nomoddiy aktivlarni xarid qilish

0840

Asosiy podani tashkil qilish

0850

Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar

0860

Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar

0890

Boshqa kapital qoʻyilmalar

0900

Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar

A

0920

Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar

0940

Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlar

0990

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar

2-§. Joriy aktivlar

1000

Materiallar

A

1010

Xom ashyo va materiallar

1020

Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar

1030

Yoqilgʻilar

1040

Ehtiyot qismlar

1060

Tara

1070

Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar

1080

Inventar va xoʻjalik jihozlari

1090

Boshqa materiallar

1100

Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlar

A

1110

Oʻstirishdagi hayvonlar

1120

Boʻrdoqidagi hayvonlar

2000

Asosiy ishlab chiqarish

2010

Asosiy ishlab chiqarish

2300

Yordamchi ishlab chiqarish

A

2310

Yordamchi ishlab chiqarish

2500

Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari

2510

Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari

2600

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar

2610

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar

2800

Tayyor mahsulotlar

A

2810

Ombordagi tayyor mahsulotlar

2820

Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar

2830

Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tayyor mahsulotlar

3100

Kelgusi davr xarajatlari — joriy qismi

A

3110

Oldindan toʻlangan operativ ijara haqi

3120

Oldindan toʻlangan xizmat haqi

3190

Boshqa kelgusi davr xarajatlari

4000

Olinadigan joriy toʻlovlar

A

4010

Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar

4200

Xodimlarga berilgan boʻnaklar

A

4210

Ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar

4220

Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar

4230

Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar

4290

Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar

4300

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar

A

4310

Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar

4320

Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar

4330

Boshqa berilgan boʻnaklar

4400

Budjetga boʻnak toʻlovlari

A

4410

Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)

4500

Davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari

A

4520

Davlat maqsadli jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari

4600

Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha debitorlik qarzi

A

4610

Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi

4700

Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzi

A

4710

Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi

4720

Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi

4730

Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi

4790

Xodimlarning boshqa qarzlari

4800

Boshqa joriy debitorlik qarzlar

A

4810

Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar

4820

Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar

4830

Olinadigan foizlar

4840

Olinadigan dividendlar

4850

Olinadigan royalti

4860

Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar

4890

Boshqa debitorlik qarzlar

4900

Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv

KA

4910

Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv

5000

Kassadagi pul mablagʻlari

A

5010

Milliy valyutadagi pul mablagʻlari

5100

Hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari

A

5110

Hisob-kitob hisobvaragʻi

5200

Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari

A

5210

Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari

5500

Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar

A

5510

Akkreditivlar

5520

Chek daftarchalari

5530

Boshqa maxsus hisobvaraqlar

5600

Pul ekvivalentlari

A

5610

Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)

5700

Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari

A

5710

Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari

5800

Qisqa muddatli investitsiyalar

A

5810

Qimmatli qogʻozlar

5830

Berilgan qisqa muddatli qarzlar

5890

Boshqa joriy investitsiyalar

5900

Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar hamda boshqa joriy aktivlar

A

5910

Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar

5920

Boshqa joriy aktivlar

2-BOB. MAJBURIYATLAR

1-§. Joriy majburiyatlar

6000

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar boʻyicha joriy majburiyatlar

P

6010

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar

6200

Kechiktirilgan joriy majburiyatlar

P

6230

Boshqa kechiktirilgan daromadlar

6240

Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar

6290

Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar

6300

Olingan boʻnaklarning joriy qismi

P

6310

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi

6390

Boshqa olingan boʻnaklar

6400

Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar

P

6410

Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)

6500

Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlar

P

6520

Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar

6600

Taʼsischilarga boʻlgan joriy qarzlar

P

6610

Toʻlanadigan dividendlar

6700

Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar

P

6710

Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar

6720

Deponentlangan ish haqi

6800

Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar

P

6810

Qisqa muddatli kreditlar

6820

Qisqa muddatli qarzlar

6900

Boshqa joriy kreditorlik qarzlar

P

6910

Toʻlanadigan operativ ijara

6920

Hisoblangan foizlar

6930

Royalti boʻyicha qarzlar

6950

Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi

6960

Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar

6970

Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar

6990

Boshqa majburiyatlar

2-§. Uzoq muddatli majburiyatlar

7200

Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlar

P

7230

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar

7240

Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar

7290

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar

7800

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar

P

7810

Uzoq muddatli kreditlar

7820

Uzoq muddatli qarzlar

7900

Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar

P

7910

Toʻlanadigan moliyaviy ijara

7920

Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar

3-BOB. XUSUSIY KAPITAL

8300

Ustav kapitali

P

8330

Pay va ulushlar

8400

Qoʻshilgan kapital

8420

Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi

8500

Rezerv kapitali

P

8510

Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar

8520

Rezerv kapitali (fondi)

8530

Tekinga olingan mulk

8700

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)

P

8710

Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)

8720

Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)

8800

Maqsadli tushumlar

P

8810

Grantlar

8820

Subsidiyalar

8840

Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari

8890

Boshqa maqsadli tushumlar

8900

Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari

P

8910

Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari

4-BOB. DAROMADLAR VA XARAJATLAR

9000

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlari

T

9010

Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar

9100

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxi

T

9110

Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi

9200

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi

9210

Asosiy vositalarning chiqib ketishi

9220

Boshqa aktivlarning chiqib ketishi

9300

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

T

9310

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda

9320

Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda

9330

Undirilgan jarima, penya va ustamalar

9340

Oʻtgan yillar foydalari

9350

Operativ ijaradan daromadlar

9360

Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar

9380

Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam

9390

Boshqa operatsion daromadlar

9400

Davr xarajatlari

T

9410

Sotish xarajatlari

9420

Maʼmuriy xarajatlar

9430

Boshqa operatsion xarajatlar

9500

Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar

T

9510

Royalti koʻrinishidagi daromadlar

9520

Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar

9530

Foizlar koʻrinishidagi daromadlar

9540

Valyutalar kurslari farqidan daromadlar

9550

Moliyaviy ijaradan daromadlar

9560

Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar

9590

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari

9600

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

T

9610

Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar

9620

Valyutalar kurslari farqidan zararlar

9690

Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar

9700

Favqulodda vaziyatlardan olingan foyda (zarar)

T

9710

Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar

9720

Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar

9800

Soliq majburiyatlarini toʻlash uchun foydaning ishlatilishi

9820

Foydadan hisoblangan boshqa soliq majburiyatlari boʻyicha xarajatlar

9900

Yakuniy moliyaviy natija

T

9910

Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)

5-BOB. BALANSDAN TASHQARI HISOBVARAQLAR

001

Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar

BT

002

Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar

BT

006

Qatʼiy hisobdagi blankalar

BT

010

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar

BT

011

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk

BT

013

Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)

BT

014

Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari

BT

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 2-ilovaning matnidagi “Schyot” degan soʻz “Hisobvaraq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 3-ilovaning matnidagi “Schyotning” va “Schyot” degan soʻzlar tegishli ravishda “Hisobvaraqning” va “Hisobvaraq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 4-ilovaning matnidagi “ijara shartnomasi boʻyicha olingan” va “schyotlar” degan soʻzlar tegishli ravishda “ijaraga olingan” va “hisobvaraqlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 5-ilovaning matnidagi “schyot” degan soʻz “hisobvaraq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 6 va 7-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kapital qoʻyilmalarni hisobga olish qaydnomasi

20___ yil __________ uchun _______-hisobvaraq boʻyicha

T/r

Kapital qoʻyilmalar obyektlarining nomi

Oʻlchov birligi

20__ yil _______dagi qoldiq

Kelib tushgan va hisobvaraqning debeti boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar kreditida aks ettirilgan

Chiqim boʻlgan va hisobvaraqning krediti boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar debetida aks ettirilgan

20__ yil _______dagi qoldiq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi

20__ yil ____________ uchun ______-hisobvaraq boʻyicha

T/r

Materiallar va tayyor mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

TMZ bahosi (tannarxi)

20__ yil _____dagi qoldiq

Kelib tushgan va hisobvaraqning debeti boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar kreditida aks ettirilgan

Chiqim boʻlgan va hisobvaraqning krediti boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar debetida aks ettirilgan

20__ yil _____dagi qoldiq

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1010—1090)

Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (2810—2830)

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 8-ilovaning matnidagi “schyot” va “schyotlar” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraq” va “hisobvaraqlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. 9 va 10-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi

20___ yil___________ uchun _______-hisobvaraq boʻyicha

T/r

Xaridor

Olinadigan hisobvaraqlarning 20__ yil _______dagi qoldigʻi

Hujjat raqami va sanasi

Sotilgan mahsulot nomi

4010-hisobvaraqning debetidan quyidagi hisobvaraqlar krediti boʻyicha

4010-hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debeti boʻyicha

Olinadigan hisobvaraqlarning 20__ yil ______dagi qoldigʻi

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

jami

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

jami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi

20___ yil__________ uchun _________-hisobvaraq boʻyicha

Debitorlar nomi

20__ yil __________dagi qoldiq

______-hisobvaraqning debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga

______-hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

20__ yil __________dagi qoldiq

debet

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

debet

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 11-ilovaning matnidagi “schyot” degan soʻz “hisobvaraq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 12-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi

20__ yil __________________ uchun

T/r

Hujjatning raqami va sanasi

Mol yetkazib beruvchi

20__ yil _______dagi qoldiq

6010-hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

6010-hisobvaraqning debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga

20__ yil ______dagi qoldiq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 13-ilovaning matnidagi “schyot” degan soʻz “hisobvaraq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 14 — 17-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish haqi boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi

20__ yil ______________ uchun

F.I. Sh

Lavozimi

20__ yil _____dagi qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik)

6710-schyot kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

6710-hisobvaraq debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga (ushlab qolingan)

Toʻlanadi

Oluvchining imzosi

SHJPS*

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

jami

boʻnak (4210)

jis. shaxs. daromad soligʻi (6410)

budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi (6520)

kasaba uyushmasiga ajratma (6990)

jami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

1.

2.

3.

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shaxsiy jamgʻarma pensiya hisobvaragʻi (maʼlumot tariqasida)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi

20__ yil_________ uchun ________-hisobvaraq boʻyicha

Boshqa kreditor nomi

20__ yil __________dagi qoldiq

______-hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

______-hisobvaraqning debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga

20__ yil __________dagi qoldiq

kredit

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

____-hisobvaraq

jami

kredit

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Fermer

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
16-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi

20__ yil ________________ uchun

T/r

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Xususiy kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlar debeti boʻyicha quyidagi hisobvaraqning kreditiga

Xususiy kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

Jami

ustav kapitali (8300)

qoʻshilgan kapital (8400)

rezerv kapitali (8500)

taqsimlanmagan foyda

(qoplanmagan zarar)

(8700)

maqsadli tushumlar va boshqalar

(8800)

summa

hisobvaraq raqami

kor. hisobvaraq

summa

kor. hisobvaraq

summa

kor. hisobvaraq

summa

kor. hisobvaraq

summa

kor. hisobvaraq

summa

20__ yil ______dagi qoldiq

x

x

x

x

x

1.

2.

3.

...

Jami 20__ yil _______ uchun

20__ yil ______dagi qoldiq

x

x

x

x

x

Fermer

_____________

________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

_____________

________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
17-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hisobot davri xarajat (sarf) larini hisobga olish qaydnomasi

20__ yil ________________ uchun

T/r

Xarajatlar moddalari

______-hisobvaraqning debetidan quyidagi hisobvaraqlar kreditiga

______-hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetiga

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

jami

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

___-hisobvaraq

jami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi

2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻi

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9400)

Fermer

______________

_______________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Buxgalter

______________

_______________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. 20-ilovaning matnidagi “schyot” degan soʻz “hisobvaraq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 21-ilovaning matnidagi “schyotlar” va “schyot” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisobvaraqlar” va “hisobvaraq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. 22-ilovaning matnidagi “Schyotning” degan soʻz “Hisobvaraqning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2025-y., 10/25/1781-5/0504-son)