09.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2652-4
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil qilish”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2652-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-son “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son qarori (roʻyxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil qilish”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/14-11/39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 26-maydagi 01/14-11/39-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil qilish”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi — koʻchmas mulk obyektining mulkdori yoki koʻchmas mulk obyektiga doir mulkiy huquqning egasi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilishni amalga oshiradigan rieltorlik tashkiloti;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning koʻchmas mulklarini realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshiriladi, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 56-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunda belgilangan qoidalar buzib oʻtkazilgan auksion yoki tanlov manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish auksion yoki tanlovda gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 10/25/2652-4/0501-son)