11.08.2005 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF–3618-son Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1-banddan “kafolatlar va imtiyozlarning” so‘zlari “kafolatlarning” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

T/r

Kafolatlar mazmuni

Qonun hujjatlari

1.Soliq haqidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday o‘zgarishlar kuchga kirgungacha amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish tizimining va soliq solishni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq soliqlar stavkasining o‘zgarishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga qat’iy belgilangan soliq joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun birmuncha noqulayroq sharoitlar yaratadigan o‘zgartirishlar hisoblanmaydi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (16-modda, 2-qism)
2.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda)
3.3. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga muvofiq nazorat organlari tomonidan mulkchilik shakllaridan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlar faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Tekshirishlarni Respublika kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiradigan markazda va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlash-tirishni takomillashtirish to‘g‘ri-sida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmoni (3-band)
4.Belgilab qo‘yilsinki, asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qo‘shma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yo‘li bilan raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band)
5.Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon-fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band)
6.2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo‘llanish tartibi joriy etilsin:
faoliyatni tugatish;
faoliyatni to‘xtatib qo‘yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko‘pi bilan o‘n ish kunigacha to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash. Soliq va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya qo‘shish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to‘lash hollari bundan mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko‘proq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova)
7.Quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar;
faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki tekshiruvla�ni o‘tkazish to‘g‘risida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud bo‘lgandagina qonunda ko‘zda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Muqobil tekshirishlarni o‘tkazish chog‘ida tadbirkorlik subyektlariga borish va ulardan tekshirishga taalluqli bo‘lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (2-band)
8.Quyidagilar belgilansin:
davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band)
9.Tadbirkorlik subyektlaridan:
davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno);
boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan tartib o‘rnatilsin.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori (7-band)
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi xatboshidagi va 8-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.