01.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3634
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3634]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 17-iyundagi 267-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlarini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qaror — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlari qoʻllanilishini aniqlash boʻyicha bojxona organi tomonidan qabul qilinadigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlari qoʻllanilishi boʻyicha dastlabki qarorni olish uchun murojaat qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yigʻimi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalarda dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun undiriladigan yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda manfaatdor shaxsdan dastlabki qarorni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek dastlabki qarorning mavjud emasligini asos qilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish yuzasidan bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import), vaqtincha olib kirish va eksport bojxona rejimlariga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishidan oldin murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastlabki qaror ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi va manfaatdor shaxsga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs oʻz xohishiga koʻra bojxona organlaridan istalgan bittasiga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dastlabki qarorni olish uchun murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizaga quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) majburiy tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi) hamda manzili yoki yuridik shaxsning nomi va manzili, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga bojxona imtiyozini qoʻllashni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning miqdori (qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati, ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq tovarlarning kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovardan foydalanish maqsadlari (masalan, toʻqimachilik sanoatida foydalanishi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mavjud boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar boʻyicha tomonlar oʻrtasida tuzilgan tashqi savdo shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tasniflash boʻyicha olingan dastlabki qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona imtiyozlarini berish uchun asos boʻladigan boshqa vakolatli organlarning hujjatlari (litsenziya, guvohnoma va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari va pasportlari, shuningdek dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslardan ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga chet tilidagi hujjatlar ilova qilinganda, manfaatdor shaxs tomonidan ushbu hujjatlar belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq boʻlishi lozim. Bunda, maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun manfaatdor shaxs javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Manfaatdor shaxs bojxona organiga yozma shaklda murojaat qilganda, bojxona organi xodimi tomonidan manfaatdor shaxsga ariza qabul qilinganligini tasdiqlovchi ushbu xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan tegishli hujjat yoki arizaning nusxasiga ushbu maʼlumotlarni qayd etgan holda imzo qoʻyib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Manfaatdor shaxs veb-sayt orqali murojaat qilganda, arizada tovarlar haqidagi tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda tegishli hujjatlarning elektron nusxalarini veb-saytda biriktiradi va oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dastlabki qarorni qabul qilish uchun taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi, bundan tovarning kelib chiqish sertifikatining asl nusxasi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani koʻrib chiqish va koʻrib chiqishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Veb-sayt orqali murojaat qilinganda, ariza Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda YAAAT deb yuritiladi) avtomatik ravishda kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma shaklda topshirilgan arizalar kelib tushgan kundan kechiktirmay bojxona organining masʼul xodimi tomonidan YAAATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YAAATga kelib tushgan kunning oʻzida elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsning arizasida koʻrsatilgan telefon raqamiga ariza qabul qilinganligi va uning roʻyxat raqami koʻrsatilgan SMS xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veb-saytda arizaning roʻyxat raqami orqali uning holatini onlayn tarzda koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki qarorni qabul qilishda bojxona imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning tushuntirishlari yoki rasmiy sharhini olish zaruriyati mavjud boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati qoʻshimcha bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona organining masʼul xodimi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uning mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada nazarda tutilgan maʼlumotlar notoʻgʻri, tovarga nisbatan bojxona imtiyozini qoʻllashni oʻrganish imkonini bermaydigan va hujjatlar bilan tasdiqlanmagan axborotga asoslangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq arizani koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada arizani koʻrib chiqishning rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Manfaatdor shaxs arizani koʻrib chiqishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, dastlabki qarorni olish uchun qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Arizani koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, takroran kiritilgan ariza ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda va belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dastlabki qarorni olish boʻyicha arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dastlabki qarorni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dastlabki qaror YAAATda bojxona organining rahbari (oʻrinbosari) tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi. Tasdiqlangan dastlabki qarorga YAAAT orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, arizada koʻrsatilgan tovarlarning turlari va hajmidan qatʼi nazar, bitta ariza boʻyicha bitta dastlabki qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dastlabki qaror qabul qilinganidan soʻng manfaatdor shaxsning telefon raqamiga dastlabki qaror qabul qilinganligi va bojxona yigʻimini toʻlash lozimligi toʻgʻrisida tegishli toʻlov boʻyicha invoys shakllantirilgan havolali SMS xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Manfaatdor shaxs bojxona yigʻimini toʻlaganidan soʻng, oʻzi murojaat qilgan veb-sayt orqali arizaning roʻyxat raqamini kiritgan holda dastlabki qarorning elektron shaklini yuklab oladi, shuningdek yozma shaklda murojaat qilingan boʻlsa, dastlabki qarorning elektron yoki qogʻoz shaklini ariza topshirilgan bojxona organidan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun bojxona yigʻimi manfaatdor shaxsning koʻrsatmasiga asosan uning bojxona organi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga dastlabki tarzda oʻtkazilgan pul mablagʻlaridan ham yechib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Manfaatdor shaxs qabul qilingan dastlabki qaror uchun bojxona yigʻimini oʻttiz kun ichida toʻlamagan taqdirda, bojxona yigʻimi bojxona organi tomonidan sud tartibida undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dastlabki qarorni qabul qilishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida arizada koʻrsatilgan tovarga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllash nazarda tutilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza yuzasidan muqaddam aynan bir manfaatdor shaxsga aynan bir xil tovarlar boʻyicha dastlabki qaror berilgan va ushbu dastlabki qarorning amal qilish muddati tugamagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki qarorni qabul qilish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda bojxona organiga qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran kiritilgan murojaat ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda va belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bojxona organi tomonidan qabul qilingan dastlabki qarorga oʻz tashabbusi yoki manfaatdor shaxsning murojaatiga asosan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilishi uning amal qilish muddatining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda va shaklda murojaat qiladi hamda oʻzgartirish kiritish zaruriyati va asoslovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dastlabki qarorga oʻzgartirishlar bojxona organi tomonidan ushbu dastlabki qarorni qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan hamda tovarga nisbatan bojxona imtiyozini qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taʼsir qilmaydigan xatoliklar aniqlangan taqdirda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, bojxona yigʻimi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilganidan soʻng, veb-sayt va YAAATga joylashtirilgan dastlabki qaror bojxona organi tomonidan uning oʻzgartirilgan holatdagi shakli bilan almashtirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dastlabki qarorga kiritilgan oʻzgartirish u kiritilgan kundan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish uchun ataylab notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, dastlabki qaror Bojxona qoʻmitasi yoki sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Bojxona qoʻmitasi tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar bojxona hududi orqali olib oʻtilgan tovarlar bekor qilingan dastlabki qaror asosida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan boʻlsa, ular boʻyicha bojxona toʻlovlari qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dastlabki qaror manfaatdor shaxsning aybi bilan bekor qilingan taqdirda, uning uchun toʻlangan bojxona yigʻimi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror YAAATga elektron shaklda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Dastlabki qarorning amal qilish doirasi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil davomida yoxud qonunchilik hujjatlarida berilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati doirasida amal qiladi. Bunda, dastlabki qarorni qabul qilish jarayonida foydalanilgan qoidalar, faktlar va shartlar oʻzgartirilmagan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Dastlabki qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasining istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida bojxona organining xodimlari tomonidan YAAATdan dastlabki qarorning elektron shakli manfaatdor shaxs taqdim etgan maʼlumotlar (familiya, ism, otasining ismi yoki arizaning roʻyxat raqami) asosida istalgan vaqtda yuklab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Manfaatdor shaxslar bojxona organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, bevosita Bojxona qoʻmitasining apellyatsiya kengashiga yoki sud organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tovarga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi

DASTLABKI QAROR

QR-kod

(matrik shtrixli kod)

1. Dastlabki qarorni roʻyxatga olish raqami va sanasi:

2. Dastlabki qarorni qabul qilgan bojxona organining nomi:

3. Manfaatdor shaxs:

4. Dastlabki qarorning amal qilish muddati:

5. Tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq kodi:

6. Tovarlar nomi va tavsifi:

(tovarning asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot, netto vazni, brutto vazni, shartnoma valyutasi, yuk joʻnatuvchi mamlakat, savdo qiluvchi mamlakat, ishlab chiqaruvchi va h.k.)

7. Tovarga nisbatan imtiyozini qoʻllash va uni asoslash:

8. Imtiyoz qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlari turlari:

9. Dastlabki qarorni qabul qilish asoslari:

10. Manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxati:

11. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

12. Bojxona organining mansabdor shaxsi

_____________________

(elektron raqamli imzo)

_________________________

Lavozim

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Tovarga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi dastlabki qarorni qabul qilish boʻyicha

ARIZA

______________

______________

(sana)

(raqam)

I. Tovarlarning egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1.1.

Manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi) hamda manzili/yuridik shaxsning nomi

1.2.

Pochta manzili (Pochta indeksi)

1.3.

Tashkiliy-huquqiy shakli

1.4.

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.5.

Davlat roʻyxatidan oʻtgan raqami va sanasi

1.6.

Telefon raqami

II. Dastlabki qarorni qabul qilish uchun maʼlumotlar

2.1.

Tovarlarga bojxona imtiyozini qoʻllashni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

2.2.

Tovarlarning savdo, tijorat nomi va toʻliq tavsifi, savdo belgisi, asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), navi, standartlari, bajaradigan funksiyalari, texnik va tijorat xususiyatlari

2.3.

Tovarlar haqidagi maʼlumot (TIF TNga muvofiq tovarlarning kodi, savdo qiluvchi mamlakat, yuk joʻnatuvchi va kelib chiqish mamlakati, yuk joʻnatuvchi, sotuvchi, tovar ishlab chiqaruvchi, tovarning brutto/netto ogʻirliklari hamda asosiy va (yoki) qoʻshimcha oʻlchov birliklaridagi miqdori

2.4.

Tovardan foydalanish maqsadlari

3.4.

Tashqi savdo shartnomasi (mavjud boʻlsa), tovarlarni yetkazib berish shartlari

3.5.

Tovarning kelib chiqish sertifikati (agar mavjud boʻlsa)

3.6.

Tovarlarni tasniflash boʻyicha olingan dastlabki qaror (agar mavjud boʻlsa)

3.7.

Bojxona imtiyozlarini berish uchun asos boʻladigan boshqa vakolatli organlarning hujjatlari (litsenziya, guvohnoma va boshqalar) (agar mavjud boʻlsa)

3.8.

Dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar

3.9.

Ilova qilinadigan hujjatlar*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Taqdim etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tovarga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi

QAROR

QR kod

(matrik shtrixli kod)

1. Manfaatdor shaxs haqidagi maʼlumotlar

2. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana

3. Bekor qilingan dastlabki qarorning roʻyxatga olish raqami va sanasi

4. Bekor qilingan dastlabki qarorda koʻrsatilgan tovar nomi

5. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishning asoslari va sabablari

6. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kiradigan sana

7. Dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilgan Bojxona qoʻmitasining mansabdor shaxsi

_____________________

(elektron raqamli imzo)

____________________________

Lavozim

Familiyasi, ismi va otasining ismi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3634/0554-son)