03.06.2025 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga aholi turmush darajasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son va “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son farmonlari hamda “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo va Boʻzatov tumanlarini tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan hududlar roʻyxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish davrini uzaytirish va uning umumiy qiymatiga taʼsir etmagan holda, asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiya berish muddatini 2025-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddatini I toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-yanvarga qadar, II toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-iyulga qadar uzaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasidagi tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va samarali amalga oshirish, jalb etilayotgan mablagʻlarni oʻzlashtirish jarayonida oshkoralikni taʼminlash hamda korrupsiya holatlarining oldini olish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq hisobotlar va hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini hamda taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-iyundagi 347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5 va 8-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovaga 1-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Moʻynoq (shu jumladan, Moʻynoq shahri) va Qoʻngʻirot tumanlari (Qoʻngʻirot shahridan tashqari)

30

3

Boʻzatov, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Chimboy, Shumanoy tumanlari, Qoʻngʻirot shahri

20

2

Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari

15

1

Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqaʼla tumanlari (ularning tuman markazlaridan tashqari), Nukus shahri

10

1

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi)” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“loyihani amalga oshirish davri 6 yil etib belgilanganligi (2020 — 2025-yillar) maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish maqsadida Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) orqali “Toza hudud” DUKlari va boshqa sanitar tozalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun 300 ta chiqindi tashuvchi texnika, 2 ta mobil laboratoriya, 6 mingta konteyner, elektr energiyasida harakatlanuvchi zamonaviy chiqindi tashuvchi hamda koʻchalarning tozaligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnika vositalari, shuningdek, mavjud chiqindi poligonlarini maqbullashtirish maqsadida Agentlik huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun 13 ta tirkamali shatakka oluvchi maxsus texnika, 10 ta avtoyuklagich, 23 ta ekskavator va 10 ta buldozerlar yetkazib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xarid qilinadigan chiqindi tashuvchi va maxsus texnikalar, chiqindi konteynerlari, mobil laboratoriyalar sanitar tozalash korxonalari talabnomasiga asosan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan davlat xaridlari jarayonlari yakunlari boʻyicha Agentlik tomonidan yetkazib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“300 ta chiqindi tashuvchi texnika, 2 ta mobil laboratoriya, 13 ta tirkamali shatakka oluvchi maxsus texnika, 10 ta avtoyuklagich, 23 ta ekskavator va 10 ta buldozerlarni, 6 mingta chiqindi konteynerlari, shuningdek, Ekologiya vazirligi huzuridagi Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) yigʻilishi xulosasiga asosan elektr energiyasida harakatlanuvchi zamonaviy chiqindi tashuvchi texnika, mobil qayta yuklash konteynerlari va ularni tashish uchun avtomashinalar, qattiq maishiy chiqindilarni tashish uchun elektr skuterlar, universal koʻcha va yoʻl supuruvchilar hamda assenizatorlarni xarid qilish maqsadida tender tanlovlarini oʻtkazishda shaffoflikni taʼminlash hisobidan ularning qiymatini maqbullashtirish choralarini koʻrsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 7-banddagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Komponentlar nomi

Oʻlchov birligi

Jami*

Moliyalashtirish manbai, shu jumladan:

OTB qarzi

Ekologiya vazirligi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

Ming AQSH dollari

112 000,0

60 000,0

7 989,2

44 010,9

2.

Umumiy kapital qoʻyilmalar miqdori

Ming AQSH dollari

67 989,2

60 000,0

7 989,2

shu jumladan:

2.1.

mashina va uskunalar

Ming AQSH dollari

53 060,6

53 060,6

2.2.

loyihani boshqarish va salohiyatni oshirish

Ming AQSH dollari

2 889,4

2 519,4

370

2.3.

joriy xarajatlar

Ming AQSH dollari

728,6

700,0

28,6

2.4.

koʻzda tutilmagan xarajatlar

Ming AQSH dollari

7 590,6

7 590,6

2.5.

investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

Ming AQSH dollari

3 720,0

3 720,0

3.

Soliq va bojxona imtiyozlari

Ming AQSH dollari

44 010,9

44 010,9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan davlat xaridlari natijalari asosida batafsil belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish va foydalanishga topshirilgan vaqtda xonalar soni ellik va undan yuqori boʻlgan mehmonxonalarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4 va 5 yulduzli toifaga va 100 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega boʻlgan mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 mln soʻm miqdorida ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Investorlar subsidiya olish uchun 2025-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) YIDXP orqali Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza) bilan murojaat qiladi. Ushbu muddat takroran ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovaning 1-bosqichi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2025-yil 1-martga qadar” soʻzlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-noyabrdagi 783-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-ilovaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2025-yil 1-iyul” soʻzlari “2026-yil 1-yanvar” soʻzlari hamda “2025-yil davomida” soʻzlari “2026-yil 1-iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning “Lokal tozalash inshootlarini qurish/modernizatsiya qilish muddati” ustunidagi “2025-yil 1-iyul” soʻzlari “2026-yil 1-yanvar” soʻzlari hamda “2025-yil davomida” soʻzlari “2026-yil 1-iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/347/0493-son)