29.05.2025 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-apreldagi PQ-165-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash hamda kafolat summalarini muddatidan oldin toʻlab berish orqali tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-apreldagi PQ-165-son qaroriga muvofiq foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat summasi pudrat tashkilotining ixtiyoriga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat muddati davomida — obyektni kafolat muddatida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash orqali toʻlab berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat muddati tugagandan soʻng — foydalanuvchi tashkilotning asoslantirilgan eʼtirozi boʻlmagan taqdirda, pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga gʻaznachilik tizimidan inson omilisiz avtomatik ravishda oʻtkazib berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kafolati yoki sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) taqdim etilgandan soʻng obyektning qoldiq qiymatini oʻtkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat muddati davomida obyektlarda aniqlangan zararlarni bank kafolati yoki sugʻurta shartnomasiga muvofiq qoplab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning mohiyati hamda ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-maydagi 338-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlovchi tijorat banki — foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida qurilish-pudrat shartnomasiga muvofiq bank kafolatini beruvchi tijorat banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi — foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida sugʻurta qildiruvchining (pudrat tashkilotining) qurilish-pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha javobgarligini sugʻurta qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi — foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida qurilish-pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha javobgarligini sugʻurta qildiruvchi yuridik shaxs (pudrat tashkiloti).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pudrat tashkiloti tomonidan qurilish obyekti foydalanishga topshirilgandan boshlab, ushbu obyektdan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) davrida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini kafolatlash muddatlari, shuningdek, obyektlarning kafolat muddati davomida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash muddatlari qonunchilik hujjatlari yoki tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pudrat tashkiloti oʻz xohishiga koʻra obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng buyurtmachiga kafolat muddati davomida sugʻurtalash yoki bank kafolatini taqdim etish orqali obyektning umumiy qiymatini toʻliq moliyalashtirilishini taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi belgilangan tartibda tasdiqlanib, pudrat tashkiloti tomonidan buyurtmachiga bank kafolati yoki sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) taqdim etilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan oʻn ish kuni ichida obyektning qoldiq qiymati pudrat tashkilotiga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurtalovchi ixtiyoriy ravishda sugʻurta shartnomasiga asosan pudrat tashkiloti tomonidan foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddati davomida obyektda aniqlangan kamchiliklar natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar qoplanishi sugʻurta qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) boʻyicha sugʻurta qildiruvchining binolar va inshootlarga nisbatan foydalanishga topshirilgandan keyingi kafolat majburiyatlari bilan bogʻliq kutilmagan xarajatlari (zararlari) xavfi sugʻurtalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta obyekti pudrat tashkilotining kafolat muddati davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kutilmagan xarajatlari (zararlari) xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat tashkiloti uchun uning buyurtmachi oldidagi kafolat majburiyatlari doirasida taʼmirlash (almashtirish, tiklash) bilan bogʻliq kutilmagan xarajatlari (zararlar) yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sugʻurta hodisasi quyidagi holatlarda yuzaga keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish ishlari davomida yoʻl qoʻyilgan, biroq kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat majburiyatlari boʻyicha taʼmirlash ishlarini bajarishda pudrat tashkiloti tomonidan yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan boshqa kamchiliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng kafolat muddati davomida foydalanuvchi (buyurtmachi) yoki u jalb qilgan uchinchi shaxs tomonidan texnik xizmat koʻrsatish yoki obyektning elementlariga kiritilgan oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararlar kompensatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, kafolat muddati davomida pudrat tashkilotining pudrat shartnomasiga asosan oʻz majburiyatlarini bajarishi boʻyicha javobgarligi sugʻurta qilinmaydi hamda ushbu shartlarni buzganlik uchun jarimalar va penyalar sugʻurtalovchi tomonidan qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuzilgan sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) sugʻurta mukofoti yoki birinchi sugʻurta badali toʻlanganidan soʻng kuchga kiradi va sugʻurtalovchi tomonidan majburiyat kuchga kirganini tasdiqlovchi sugʻurta polisi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) boʻyicha javobgarligi, agar sugʻurta shartnomasida (sugʻurta polisida) boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomaning “amal qilish muddati” etib belgilangan kundan, yaʼni obyekt foydalanishga topshirilgan kundan kuchga kiradi (foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan soʻng) va amal qilish muddati sugʻurta shartnomasida “shartnomaning tugash sanasi” sifatida belgilangan kundan kechiktirmasdan kafolat muddati yakuni bilan tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasida (sugʻurta polisida) koʻrsatilgan sugʻurta summasi sugʻurta majburiyatlarining eng koʻp miqdorini tashkil etib, pudrat tashkiloti va sugʻurtalovchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan, qurilishi tugallangan obyektning qurilish-montaj ishlari haqiqiy qiymati bilan aniqlangan kafolat summasi doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat majburiyatlari bir nechta qurilish obyektlari boʻyicha aniqlanganda, sugʻurta summalari har bir obyektga nisbatan alohida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati foydalanishga topshirilgan obyektning pudrat shartnomasida koʻrsatilgan kafolat muddatidan kelib chiqqan holda, obyektning kafolat muddatidan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida sugʻurta qilish xarajatlari pudrat tashkiloti hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻurta shartnomasi obyektning foydalanishga topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilganidan soʻng tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obyektni foydalanishga topshirish jarayonida sugʻurtalovchining vakillari ishtirok etishi hamda obyektni foydalanishga topshirish dalolatnomasini belgilangan tartibda kelishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻurtalovchi obyektni foydalanishga topshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning pudrat tashkiloti tomonidan bartaraf etilishini talab etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Foydalanuvchi tashkilot pudrat tashkiloti bilan birgalikda sugʻurta shartnomasining amal qilish davri davomida sugʻurtalovchining vakillari tomonidan obyektda monitoring, oʻrganish va koʻzdan kechirish ishlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi yuzasidan takliflar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sugʻurta shartnomasida sugʻurta hodisasining xususiyati, sugʻurta puli miqdori, sugʻurta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati, sugʻurta hodisasini koʻrib chiqish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar, sugʻurta tovoni miqdorini aniqlash tartibi, sugʻurta tovonini toʻlash muddati toʻgʻrisida muhim shartlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasiga qonunchilik hujjatlari bilan ruxsat etilmagan istisnolar va shartlarni kiritish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida sugʻurta shartnomalarini tuzayotganda, pudrat tashkiloti sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning pudrat tashkilotini belgilash boʻyicha hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi tomonidan muhim deb hisoblangan holatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pudrat tashkiloti ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat tashkiloti tomonidan ariza bevosita berilganda, taqdim etilgan hujjatlarning asli sugʻurtalovchi tomonidan ulardan nusxa olingandan soʻng pudrat tashkilotiga darhol qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurta mukofoti sugʻurta tariflariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddati mobaynida ushbu obyektda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, obyektdan foydalanuvchi tashkilot mazkur kamchilik aniqlangandan boshlab yetti ish kuni ichida buyurtmachiga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi obyektdan foydalanuvchi tashkilotning murojaati kelib tushgandan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish yoki yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha pudrat tashkilotiga koʻrsatma beradi hamda maʼlumot sifatida sugʻurtalovchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aniqlangan kamchiliklar pudrat tashkiloti tomonidan buyurtmachining koʻrsatmasi kelib tushgandan boshlab oʻn ish kuni ichida bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tugʻilganda ish turining murakkabligidan kelib chiqqan holda, obyektda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati buyurtmachi, obyektdan foydalanuvchi va pudrat tashkiloti oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Obyektda aniqlangan kamchiliklar pudrat tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, buyurtmachi (pudrat tashkiloti) ushbu obyektga sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) taqdim qilgan sugʻurtalovchi tashkilotga ushbu kamchiliklar natijasida yetkazilgan zararlarni sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) doirasida qoplash yuzasidan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Obyektda aniqlangan kamchiliklar pudrat tashkiloti tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, buyurtmachiga yetkazilgan zarar summasi sugʻurtalovchi tashkilot tomonidan buyurtmachining hisobvaragʻiga sugʻurta shartnomasiga (sugʻurta polisiga) asosan oʻn ish kuni ichida oʻtkazib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sugʻurta hodisasini joyiga chiqib oʻrganish yoki sugʻurta hodisasi sodir boʻlgani va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib, sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sugʻurta hodisasi va uning sabablari toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beruvchi zarur hujjatlarni obyektdan foydalanuvchi tashkilot pudrat tashkilotiga, pudrat tashkiloti va sugʻurtalovchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta toʻlovi quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida buyurtmachining yozma arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi belgilariga ega hodisa sodir boʻlgani va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (vakolatli organlar, hodisani oʻrganish natijalari yuzasidan hujjatlar va maʼlumotnomalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sugʻurta hodisasi sugʻurtalovchi tomonidan tan olingan va koʻrilgan zarar miqdori hamda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlovchi oʻrganish natijalari dalolatnomasi asosida sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlab berish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi tomonidan foydalanishga topshirilgan qurilish obyektining shikastlangan qiymati ekspertizadan oʻtkazish yoʻli bilan (oʻz kuchi yoki uchinchi tomonning mutaxassislarini jalb qilgan holda) sugʻurta tovonining miqdori qaytadan aniqlanishi mumkin. Ekspertiza sugʻurtalovchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi zarur hollarda tegishli vakolatli organlardan va sugʻurta hodisasi yuz bergan holatlar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan boshqa tashkilotlardan maʼlumot soʻrab oladi, shuningdek, sugʻurta hodisasining sabablari va sharoitlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sugʻurtalovchi foydalanishga topshirilgan qurilish obyektida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sugʻurta tovonini toʻlab berish boʻyicha ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida sugʻurta tovonini buyurtmachiga toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilishi sharti bilan quyidagi hollarda sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, uskunalari va mebel-inventarlar obyektdan foydalanuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, uskunalari va mebel-inventarlarning kafolat muddati foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddatidan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar oʻrtasida kelishilgan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallari, uskunalari va mebel-inventarlar foydalanuvchi tashkilot yoki uchinchi shaxs tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, yetkazilgan zarar summalari ushbu zararlarni yetkazgan aybdor shaxslar tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda sugʻurta qildiruvchiga (buyurtmachiga) uning sugʻurta tovonini toʻlash talabidan iborat boʻlgan ariza bilan yozma yoki elektron murojaatidan keyin oʻn besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tijorat banklari pudrat tashkiloti tomonidan foydalanishga topshirilgan obyektning belgilangan kafolat muddati davomida mazkur obyektda pudrat tashkiloti tomonidan pudrat shartnomasi shartlari va/yoki shaharsozlik hujjatlariga nomuvofiq qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgani va/yoki sifatsiz uskuna va mebel-inventarlar oʻrnatilgani (keyingi oʻrinlarda — kamchiliklar) aniqlanishi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zararning belgilangan miqdorda qoplanishini (keyingi oʻrinlarda — bank kafolati) ixtiyoriy ravishda kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan beriladigan bank kafolati miqdori obyekt umumiy qiymatining 5 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bank kafolatining amal qilish muddati foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddatidan kelib chiqqan holda, obyektning kafolat muddatidan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda obyektning kafolat muddati pudrat tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan pudrat shartnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Foydalanishga topshirilgan obyektlarning kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan kafolatlash bilan bogʻliq xarajatlar pudrat tashkiloti hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank kafolati taqdim etilishi koʻzda tutilganda, bank kafolati obyektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan oldin tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Obyektni foydalanishga topshirish jarayonida kafolatlovchi tijorat banki vakillari ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kafolatlovchi bank obyektni foydalanishga topshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar pudrat tashkiloti tomonidan bartaraf etilishini talab etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Foydalanuvchi tashkilot pudrat tashkiloti bilan birgalikda bank kafolatining amal qilish davri davomida kafolatlovchi bank vakillari tomonidan obyektda monitoring, oʻrganish va koʻzdan kechirish ishlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolatlovchi bank obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi yuzasidan takliflar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddati davomida ushbu obyektda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomda belgilangan tartibda ushbu kamchiliklar bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kafolat obyektida buyurtmachiga yetkazilgan zararni belgilangan miqdorda qoplash majburiyatini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan voqea yuz bersa (kamchilik aniqlansa), buyurtmachi bank kafolatini taqdim qilgan kafolatlovchi bankka murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kafolatlovchi bank tomonidan buyurtmachiga yetkazilgan zarar summasi qoplab berilmasligi bilan bogʻliq holatlar shartnomalarda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomalarda quyidagi holatlar ham inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt foydalanuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan yaroqsiz holga keltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalari va mebel-inventarlarning kafolat muddati foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat muddatidan kam boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatda belgilangan muddatning tugashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt foydalanuvchi tashkilot yoki uchinchi shaxs tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, yetkazilgan zarar summalari ushbu zararlarni yetkazgan aybdor shaxslar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar natijasida yetkazilgan zarar summasi berilgan bank kafolati miqdoridan ortiq boʻlgan hollarda, zarar summasi va bank kafolati miqdori oʻrtasidagi farq obyektda pudrat ishlarini amalga oshirgan pudrat tashkiloti tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu farq pudrat tashkiloti tomonidan qoplab berilishi rad etilgan hollarda buyurtmachi sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hamda yuridik shaxslari bilan teng ravishda sugʻurta himoyasi huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 09/25/338/0485-son)