14.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2904-5
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2904-5]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son “Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son qarori (roʻyxat raqami 2904, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning birinchi oʻrinbosari I. NORQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palata raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 25-apreldagi 252-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona plombasi — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan shakl, oʻlcham va koʻrinishdagi, belgilangan seriya va tartib raqamli, tovar va transport vositalarini identifikatsiyalashda bir marta foydalaniladigan, shuningdek transport vositalarini boshqarish va nazorat qilishning onlayn mexanizmini nazarda tutadigan navigatsion bojxona identifikatsiyalash vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatuvchi bojxona posti — bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan bojxona posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzil bojxona posti — bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bojxona posti.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi “transport vositalarining yuk boʻlimlariga” degan soʻzlardan keyin “bojxona organlari tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eksport”, “reeksport”, “vaqtincha olib chiqish” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” va “sariq” yoʻlaklar orqali rasmiylashtirilgan hollarda, bundan mazkur Qoidalarning 5-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mustasno;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 41 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari ham tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan, bojxona hududidan olib chiqilayotgan va tranzit tartibida harakatlanayotgan tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlariga bojxona plombalari joʻnatuvchi bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi oʻtkazilganidan soʻng qoʻyiladi, bundan mazkur Qoidalarning 4-bandida keltirilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eksport”, “reeksport”, “vaqtincha olib chiqish” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlari asosida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” va “sariq” yoʻlaklar orqali bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, tovarlar Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini rasmiylashtirilgan holda olib chiqilayotganda yoki yuk joʻnatuvchilar va (yoki) tashuvchilar tomonidan talab etilganda bojxona plombalari bojxona organi tomonidan transport vositalarining yuk boʻlimlariga chegara bojxona postlarida oʻrnatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Bojxona plombasi toʻgʻrisidagi maʼlumot tovar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida va (yoki) bojxona koʻrigi dalolatnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchilar va (yoki) tashuvchilar talabiga koʻra, bojxona plombalari toʻgʻrisidagi maʼlumot transport hujjatlarida koʻrsatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Joʻnatuvchi va (yoki) manzil bojxona postlarida tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlariga qoʻyilgan bojxona plombalarining mavjudligi va plomba qoʻyilgan jihozlar (vagon/konteyner konstruksiyasi, tirkamaning trosi, tenti, tom, pol qismlari va h. k) (bundan buyon matnda plomba qoʻyilgan jihozlar deb yuritiladi) bojxona posti xodimi yoki bojxona omborining egasi yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan tekshiriladi hamda transport hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil bojxona postlarida bojxona plombalari hamda plomba qoʻyilgan jihozlarga zarar yetkazilmaganligiga xodim yoki bojxona omborining egasi yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan ishonch hosil qilingandan soʻng belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi manzil bojxona postida tovarlar ortilgan transport vositasi bilan mazkur Qoidalarning 8-bandiga muvofiq tegishli harakatlar amalga oshirilgandan soʻng ushbu bojxona posti tomonidan keyingi eng yaqin hududdagi TIF qatnashchisi joylashgan joydagi manzil bojxona postiga yangi bojxona plombalari qoʻyilgan holda yoʻnaltiriladi, bundan mazkur Qoidalarning 4-bandida keltirilgan hollar mustasno. Qoʻyilgan yangi bojxona plombasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Transport vositalarining tovarlar ortilgan boʻlimlaridan yechib olingan bojxona plombalaridan takroran foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan navigatsion bojxona identifikatsiyalash vositalari mustasno.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2025-y., 10/25/2904-5/0449-son)