Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 16-oktabrdagi PF-2737-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlarning cheklangan soni 85 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) ijroiya apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasining Bosh direktori va uning oʻrinbosarlari lavozimiga kompaniya Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadilar, keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasining dastlabki ustav sarmoyasi:
qayta oʻzgartirilayotgan “Sharq” konsernining mol-mulki, 3-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligi balansiga berilayotgan maʼmuriy binolar qiymati bundan mustasno;
kompaniya shuʼba aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalarining nazorat paketlari, shuningdek, 4-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari — kompaniyaning jalb qilingan qatnashchilaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlari unga berilishi hisobiga shakllantiriladi.
Belgilansinki, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxslar hisoblanadi.
3. Toshkent shahar hokimligi 3-ilovaga muvofiq maʼmuriy binolarni ijara haqi undirmasdan doimiy foydalanish uchun “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasiga bersin.
4. “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:
davlat mulki boʻlib qoladigan ulush — 51 foiz;
mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida joylashtiriladigan ulush — 5 foiz;
erkin sotishga moʻljallangan ulush — 44 foiz, shu jumladan xorijiy investorga sotish uchun moʻljallangan ulush — kamida 25 foiz.
5. Quyidagilar:
maʼmuriy binolardagi (3-ilova) xonalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida davlat roʻyxatidan oʻtgan gazeta va jurnallar tahririyatlariga imtiyozli stavkalar boʻyicha, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga esa — yashash uchun moʻljallanmagan joylar ijaraga berilganligi uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangandan kam boʻlmagan stavkalar boʻyicha ijaraga berilishi;
ijaraga berilayotgan joylar uchun ijara haqi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorining 12-bandida belgilangan normativlarga muvofiq taqsimlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼsis hujjatlari asosida “Sharq Mir”, “Sharq elektroniks” va “Afrosiyob Grend Furnichur” qoʻshma korxonalari, ular egallab turgan joylar ijaraga berilgan holda, xorijiy korxonalarga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
bir oy muddatda “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsis yigʻilishi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin;
2000-yil 1-dekabrgacha 4-ilovaga muvofiq davlat korxonalarini aksiyalashtirsin, ushbu korxonalarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini “Sharq” kompaniyasining ustav fondiga bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-fevraldagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-oktabr,
411-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ijroiya apparatining
TUZILMASI
Hammasi — 85 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi balansiga beriladigan maʼmuriy binolar
roʻyxati
| | | |
|
T/r |
Obyektlarning nomi |
Joylashgan oʻrni |
| 1. | 17 qavatli maʼmuriy bino | Toshkent shahri, Buyuk Turon koʻchasi, 41 |
| 2. | 7 qavatli maʼmuriy bino | Toshkent shahri, Matbuotchilar koʻchasi, 32 |
| | | |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Aksiyalashtiriladigan korxonalar
ROʻYXATI
| | | | | |
(foizda) |
| T/r |
Korxonalarning nomi |
Aksiyalarni joylashtirish | |||
|
Davlat ulushi |
Mehnat jamoasining ulushi (toʻlov asosida) |
Xorijiy investor ulushi |
Erkin sotishga moʻljallangan ulush | ||
| 1. | “Andijon” nashriyoti | 51 | 5 | 25 | 19 |
| 2. | Ishlab chiqarish tijorat markazi | 51 | 5 | 25 | 19 |
| 3. | “Sharq ziyokori” firmasi | 25 | 15 | 25 | 35 |
| 4. | Ovqatlanish kombinati | 25 | 15 | 25 | 35 |
| | | | | | |