28.03.2025 yildagi 710-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 28.03.2025 yildagi 710-V-son
Кучга кириш санаси
28.03.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (A. Shadmanov) chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
710-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-151-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-martda qabul qilingan 710-V/KQ-151-V-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Amalga oshirish shakli (mexanizmi)

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

  1.  

Sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish.

2. Jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish.

 

 

aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti,

Jamoat fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi)

  1.  

Jamoat fondining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

 

1. Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Jamoat fondining xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini qayta koʻrib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish.

3. Jamoat fondining ichki mehnat tartib-qoidalarini tasdiqlash.

4. Jamoat fondining jamoa shartnomasini qabul qilish.

5. Jamoat fondi xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

6. Davlat subsidiyalari, grantlari yoki ijtimoiy buyurtmalarini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomalarning namunaviy shakllarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish.

7. Jamoat fondida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish boʻyicha tizim joriy qilish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

aprel

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jamoat fondi

 

 

  1.  

Jamoat fondining hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Jamoat fondining hududiy boʻlinmalari faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilib borish hamda tegishli texnik va uslubiy yordam koʻrsatish.

2. Jamoat fondining hududiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

 

 

 

 

aprel

 

 

 

Jamoat fondi

  1.  

Fuqarolik jamiyati

institutlarini qoʻllab-quvvatlashda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish.

Jamoat fondi faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yuzasidan tartib ishlab chiqish. Bunda davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazishda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid alohida qoidalarni nazarda tutish.

aprel

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi

  1.  

Yirik subsidiya oluvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri budjetdan moliyalashtirish masalasini oʻrganib chiqish.

1. Yirik subsidiya oluvchilarning roʻyxatini shakllantirish.

2. Yirik subsidiya oluvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri budjetdan moliyalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

 

 

iyun

Jamoat fondi,

Parlament komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II.  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha

  1.  

Parlament komissiyasining qarorlar qabul qilish vakolatini tahlil qilish.

 

1. Parlament komissiyasining qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq vakolatlarini oʻrganib chiqish.

2. Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish tartibi va shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori loyihasini ishlab chiqish va palatalar Kengashlariga kiritish.

aprel

 

 

tegishli qonunlarga oʻzgartirish kiritil-gandan keyin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining Yuridik boshqarmalari,

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

  1.  

Parlament komissiyasining qarorlar qabul qilish faoliyatini takomillashtirish.

1. Parlament komissiyasi qarorini ishlab chiqish va rasmiylashtirish boʻyicha yagona tartib (uslubiyot) loyihasini ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlariga kiritish.

2. Parlament komissiyasining qarorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ijrosi taʼminlangan yoki oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qarorlarini bekor qilish, shuningdek qonunchilikka muvofiqlashtirish choralarini koʻrish.

3. Parlament komissiyasi qarorlarini maxsus platforma (ngo.gov.uz) orqali elektron rasmiylashtirish va hisobini yuritish boʻyicha texnik imkoniyatlarni yaratish.

aprel

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining Yuridik boshqarmalari

 

 

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

  1.  

Parlament komissiyasining ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish.

Xizmat doirasida foydalaniladigan va tarqatilishi cheklangan hujjatlar bilan ishlash tartibini ishlab chiqish hamda ularni saqlash uchun sharoitlar yaratish.

aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining Nazorat-tahlil boʻlimlari,

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi

  1.  

Davlat subsidiyalarini ajratish tartibini takomillashtirish

 

1. Subsidiyalarni ish haqi miqdorlari boʻyicha guruhlarga taqsimlashda xolislikni taʼminlash maqsadida har yil yakuni boʻyicha ularning faoliyati samaradorligini baholovchi umumiy mezonlarini ishlab chiqish.

2. Tajriba-sinov tariqasida 500 million soʻm miqdorida davlat subsidiyasini tanlov asosida ajratish.

aprel

 

 

 

 

 

      iyul

 

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi

 

III. Jamoatchilikning xabardorligini oshirish boʻyicha

  1.  

Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka yetkazish.

1. Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish toʻgʻrisida eʼlonlar berib borish.

2. Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish tartibi boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

3. Targʻibot tadbirlarida davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish tartibini yorituvchi buklet va flayerlar tarqatish.

doimiy

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(kelishuv asosida)

  1.  

Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish.

 

1. Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlonlar berib borish.

2. Davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarii ajratish tartibi boʻyicha gazeta hamda jurnallarda maqolalar berib borish.

 

 

 

doimiy

Parlament komissiyasi,
Jamoat fondi

  1.  

Chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilish va umumlashtirib borish.

2. Monitoring va umumlashtirish natijalarini Parlament komissiyasi aʼzolari ishtirokida muhokama qilib borish.

3. Muhokamalar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlariga axborot kiritish.

har chorakda

 

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi