ILOVA
T/r | Qonun loyihasi | Qonun loyihasining mazmuni | Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati | Qonunchilik palatasiga kiritish muddati | Masʼullar | |
Vazirlik va idoralar | Senat va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari | |||||
2025-yilda ishlab chiqilishi va kiritilishi nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
1. | Suv kodeksi loyihasi | Kodeks loyihasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasi va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash kabi masalalar nazarda tutiladi. | - | 2025-yil 31-yanvarda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. | Suv xoʻjaligi vazirligi | Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
2. | “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida toʻlovga qobiliyatsiz banklarni sanatsiya qilish orqali ularning xizmatlari uzluksizligini taʼminlash, bank tizimi barqarorligini, shuningdek iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, omonatchi va kreditorlar huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi. | - | 2025-yil 13-fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. | Markaziy bank | Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
3. | “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: sugʻurtalangan shaxslarni keskin daromad yoʻqotishiga olib keluvchi ijtimoiy xatarlardan himoyalash; ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan sugʻurtalangan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlab berish; sugʻurtalangan jismoniy shaxslarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlab berish; sugʻurtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi toʻlovlarni joriy etish kabi masalalar nazarda tutiladi. | - | 2025-yil 18-fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
4. | “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari; sugʻurta kompaniyalariga tegishli faoliyat turlari; qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari koʻrishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash mexanizmlari; qishloq xoʻjaligidagi sugʻurta tizimini toʻliq raqamlashtirish; xatarlarni qayta sugʻurtalash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini sugʻurtalashga keng jalb qilish va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar nazarda tutiladi. | - | 2025-yil 4-martda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
5. | “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida tegishli davlat organlarining vakolatlari va vazifalari; shovqin taʼsiridan vujudga keladigan inson sogʻligʻiga zarar oʻrnini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovi joriy qilish; yuqori shovqin sharoitida ishlayotgan xodimlarga oshirilgan haq toʻlash; uy-joy massivlarida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish obyektlarida shovqin yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshgan taqdirda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash mexanizmlari; shovqinning zararli taʼsirini baholash, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari nazarda tutiladi. | - | Qonunchilik palatasiga kiritilgan | Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
6. | “Majburiy toʻlovlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida majburiy toʻlovlar va yigʻimlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari nazarda tutiladi. | 2025-yil mart | 2025-yil iyun | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
7. | “Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlari; biologik xavfsizlikni kuchaytirish masalalari; tabiiy turkumlar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat olib borish; tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar boʻlgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish mexanizmlari nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | 2025-yil may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi | Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
8. | “Uy-joy va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida uy-joy qurilishiga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb etishning zamonaviy mexanizmlariga oid tartib-taomillar nazarda tutiladi. Ularda jismoniy va yuridik shaxslarning ulush kiritish asosida uy-joy qurilishida ishtirokini taʼminlashning qonuniy asoslarini yaratish, uy-joy qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartlari va tartibi, qurilish tashkilotlariga nisbatan maxsus talablarni belgilash kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi. | 2025-yil may | 2025-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Bosh prokuratura | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
9. | “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining investitsiya shartnomalari doirasidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilash; maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun investitsiyalarni himoya qilishning teng kafolatlarini taqdim etish; sud nizolarini koʻrib chiqishda xalqaro tijorat arbitrajiga ruxsat berish nazarda tutiladi. | 2025-yil may | 2025-yil iyun | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
10. | “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida quyidagi masalalarning huquqiy asoslari nazarda tutiladi: renovatsiya loyihasi asosida hududni meʼmoriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali holatga keltirish; yashash, foydalanish, ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan uy-joy fondini inson yashashi va foydalanishi uchun yaroqli holga keltirish; hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan holatlarni bartaraf etish; uy-joy fondidan foydalanish qulayligi va unumdorligini oshirish hamda undagi sharoitlarni yaxshilash; zamonaviy mezonlarga javob beradigan muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, energiya samaradorlik koʻrsatkichlarini yaxshilash. | 2025-yil iyul | 2025-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
11. | “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | 2025-yil sentabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
12. | “Onlayn platformalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida onlayn platformalar faoliyatini huquqiy tartibga solish, internetda noqonuniy kontent tarqatishga qarshi kurashish imkoniyatini yaratish va yashirin iqtisodiyot rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi | Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
13. | “Pulli avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasi bilan tirbandlikni kamaytiradigan, oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshiradigan muqobil avtomobil yoʻnalishlari tizimining huquqiy asoslari yaratiladi. | 2025-yil avgust | 2025-yil oktabr | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
14. | “Atrof-muhit monitoringi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: atrof-muhitning ifloslanish darajasini real vaqt rejimida aniqlash va ekologik holatni baholash faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish; atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga salbiy taʼsir yuzaga kelishini prognozlashtirish; tabiiy resurslardan foydalanishni tizimli ravishda kuzatish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini baholash; aholini atrof-muhit ifloslanishi holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborot bilan taʼminlash; fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining atrof-muhit monitoringidagi ishtirokini taʼminlash kabi masalalar nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | 2025-yil oktabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, vazirlik va idoralar | Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
15. | “Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari; diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda boʻlish muddatlari; diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari; diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi; diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ular ijtimoiy taʼminoti nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | 2025-yil oktabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, vazirlik va idoralar | Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
16. | “Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish choralari va ularni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar va idoralar; qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish tadbirlarining qonuniy mexanizmlari nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | 2025-yil noyabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
17. | “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahrirda) | Qonun loyihasida: “ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili asosida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarning kengaytirilgan majburiyatlarini belgilash; yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus texnikalarda qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashishni litsenziyalash tizimi; tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | 2026-yil yanvar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
18. | “Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida hunarmandchilik subyektlariga qoʻshimcha imkoniyat va qulayliklarni yaratish, usta-shogird munosabatlarini kengaytirish va ragʻbatlantirish, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xomashyo bazasini mustahkamlash orqali aholi bandligini taʼminlash hamda hunarmandlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | 2026-yil yanvar | Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
2026-yilda ishlab chiqilishi va kiritilishi nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
19. | “Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslari nazarda tutiladi. | 2026-yil yanvar | 2026-yil mart | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
20. | Fuqarolik kodeksi loyihasi (yangi tahrirda) | Kodeks loyihasida: insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish; xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash; fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibini taʼminlash nazarda tutiladi. | 2026-yil may | 2026-yil iyun | Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, tegishli vazirlik va idoralar | Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
21. | “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida davlat mukofotlarini taʼsis etish, ular bilan taqdirlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari nazarda tutiladi. | 2026-yil sentabr | 2026-yil noyabr | Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
22. | “Sunʼiy intellekt toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilab berish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng rivojlantirish, sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalanish, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga salbiy taʼsirining oldini olish nazarda tutiladi. | 2026-yil oktabr | 2026-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi | Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
2027-yilda ishlab chiqilishi va kiritilishi nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
23. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks loyihasi (yangi tahrirda) | Loyihada maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish; maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar); jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish; maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish; jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish; maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi. | 2027-yil noyabr | 2027-yil dekabr | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi | Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
24. | “Savdo faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarini va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlarni respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida taqsimlash; savdo madaniyatini takomillashtirish; savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibotlarini oʻrnatish; aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tovarlar va xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, raqobat muhitini shakllantirish masalalari nazarda tutiladi. | 2027-yil mart | 2027-yil may | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
25. | “Jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aholi xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda madaniyat, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashni takomillashtirish nazarda tutiladi. | 2027-yil sentabr | 2027-yil noyabr | Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
26. | Korporativ boshqaruv kodeksi loyihasi | Turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari (toʻliq shirkat, komandit shirkat, aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar) faoliyati 10 ga yaqin qonunlar bilan tartibga solingan (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” va b.). Kodeks loyihasida mazkur shirkat va jamiyatlarda boshqaruvning samarali tizimini joriy etish, minoritar aksiyadorlar, ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish va ochiqlikni taʼminlash nazarda tutiladi. | 2027-yil sentabr | 2027-yil noyabr | Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi | Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
27. | “Notariat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahrirda) | Qonun loyihasida: yangi notarial harakatlarni joriy etish; fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar boʻyicha qarzni undirish notariusning ijro xatlariga asosan amalga oshirish tartibi; notariuslik lavozimida boʻlishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga oshirish; xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning ixtiyoriy arizasiga asosan uning litsenziyasi amal qilishi muddatini toʻxtatib turish; xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga nisbatan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatishdan tashqari ogohlantirish va jarima muqobil taʼsir choralarini joriy etish; notarial rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarni notariusning imzosi, muhri QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi. | 2027-yil oktabr | 2027-yil noyabr | Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
2028-yilda ishlab chiqilishi va kiritilishi nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
28. | “Kommunal xizmatlar va tariflarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida sohani yagona qonun darajasida tushunarli tarzda tartibga solish, tariflar oshirilganda, yangi tariflarni muayyan mezon asosida belgilash nazarda tutiladi. | 2028-yil mart | 2028-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi | Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
29. | “Urbanizatsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida urbanizatsiya munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish, uni toʻgʻri rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilab berish nazarda tutiladi. | 2028-yil mart | 2028-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
30. | “Davlat xizmatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasi davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi. | 2028-yil mart | 2028-yil may | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
31. | “Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolikka qabul qilish va aʼzolikni tugatish shartlari va tartibi, oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish masalalari; oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotining qoida va standartlarini qabul qilish, oshkor qilish tartibi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar; manfaatdor shaxslarga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal qilish tartibiga qoʻyiladigan talablar; oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotni oʻz aʼzolarining faoliyati ustidan nazorat qilish va aʼzolariga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi; oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlarning mol-mulkini shakllantirish manbalari va oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot aʼzolarining oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilari va boshqa shaxslar oldida mulkiy javobgarligini taʼminlash usullari; oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar va davlat organlarining oʻzaro hamkorligi. | 2028-yil iyul | 2028-yil sentabr | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
2029-yilda ishlab chiqilishi va kiritilishi nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
32. | Axborot kodeksi loyihasi | Kodeks loyihasi bilan axborot sohasidagi tarqoq, mazmunan oʻxshash va tartibga solish qamrovi oʻzaro yaqin boʻlgan qonunchilik hujjatlarini yagona hujjatga jamlash, ulardagi eskirgan normalarni chiqarib tashlab, zamonaviy mexanizm va institutlarni kiritish orqali fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish nazarda tutiladi. | 2029-yil fevral | 2029-yil aprel | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
33. | Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi | Kodeks loyihasi sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni yaxlitlashtirishni nazarda tutadi. | 2029-yil mart | 2029-yil may | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
34. | Taʼlim kodeksi loyihasi | Kodeks loyihasida: taʼlim sohasiga oid barcha huquqiy normalarni yagona hujjatga umumlashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini soddalashtirish hamda qonunchilikni yanada tushunarli va taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun qulay qilish masalalari; taʼlim tizimining maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha davrlarini tartibga soluvchi taʼlim sifatining zamonaviy standartlarini belgilab berish hamda milliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari nazarda tutiladi. | 2029-yil aprel | 2029-yil iyun | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi | Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
35. | “Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: majburiy tibbiy sugʻurtani tatbiq etishning mexanizmlari va bosqichlarining huquqiy asoslari; majburiy tibbiy sugʻurta subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari, sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli organ; majburiy tibbiy sugʻurta dasturlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirish masalalari. | 2029-yil iyun | 2029-yil avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
36. | Transport kodeksi loyihasi | Kodeks loyihasida yoʻllarda xavfsizlik sohasidagi tartibga solish, transport vositalariga, haydovchilar malakasiga, texnik xizmat koʻrsatilishiga talablarni hamda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari nazarda tutiladi. | 2029-yil iyul | 2029-yil sentabr | Transport vazirligi | Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
37. | “Startaplar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi | Qonun loyihasida: yangi korxonalarni, ayniqsa texnologik sektorda ishga tushirish uchun shart-sharoitlarni yengillashtirish, maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish; startaplarni roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash va soliqqa tortish jarayonini soddalashtirish; startap-ekotizimlarini, shu jumladan inkubatorlar, akselaratorlar, venchur jamgʻarmalar va taʼlim dasturlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish masalalari nazarda tutiladi. | 2029-yil avgust | 2029-yil oktabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi | Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
38. | Jinoyat kodeksi loyihasi (yangi tahrirda) | Kodeks loyihasida: jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash; ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qarmogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini taʼminlash; terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi. | 2029-yil oktabr | 2029-yil noyabr | Bosh prokuratura, Oliy sud Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
39. | Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasi (yangi tahrirda) | Kodeks loyihasida: xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni taʼminlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish; sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini taʼminlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish; voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish; mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi. | 2029-yil oktabr | 2029-yil noyabr | Bosh prokuratura, Oliy sud Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
40. | Jinoyat-ijroiya kodeksi loyihasi (yangi tahrirda) | Kodeks loyihasida: inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish; mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik; jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish; mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash; mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi. | 2029-yil oktabr | 2029-yil noyabr | Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi | Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |