1-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari | 1. Vasiylik yoki homiylik belgilangan, tutingan (foster) oilaga berilgan, Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Kichik hajmli bolalar uylari, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari hamda “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatida tarbiyalanayotgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola deb eʼtirof etilgan bolalar boʻyicha individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasini shakllantiradi. 4. Tavsiyanomani yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (hududiy boshqarmalar) kiritadi. | Qonunchilikda belgilangan muddatlarda
Tegishli ijtimoiy yordam pasportida nazarda tutilgan muddatda
| |||
2-bosqich | Hududiy boshqarmalar | Tavsiyanomaga muvofiq yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi. | Tegishli ijtimoiy yordamlar pasportlariga muvofiq | |||
2-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kasb-hunarga oʻqitish kurslari hamda ishga joylashtirish xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatadigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 17 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) Xususiy bandlik agentligi tomonidan: xususiy bandlik agentligi va yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola oʻrtasida tuzilgan shartnoma; xususiy bandlik agentligi va kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etgan tashkilot bilan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha tuzilgan shartnoma; yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola muayyan ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tuzilgan mehnat shartnomasi; mazkur pasportning 9-pozitsiyasida nazarda tutilgan davr va miqdorlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlangani toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar haqidagi maʼlumotlar; b) tadbirkorlik subyekti tomonidan: tadbirkorlik subyekti va kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etgan tashkilot bilan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha tuzilgan shartnoma; tadbirkorlik subyekti va yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola oʻrtasida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tuzilgan mehnat shartnomasi va ishga qabul qilish haqidagi buyruq; yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tadbirkorlik subyektining oʻzi mustaqil ravishda kasb-hunarga oʻqitgan yoki oʻrgatgan boʻlsa, buni asoslovchi hujjatlar (maʼlumotnoma, sertifikat va boshqa); mazkur pasportning 9-pozitsiyasida nazarda tutilgan davr va miqdorlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlangani toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar haqidagi maʼlumotlar. |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: kasb-hunarga, shu jumladan, tadbirkorlikka oʻqitish kurslariga muntazam qatnashish; mehnat shartnomasini tuzish hamda kamida 6 oy davomida ish haqi bilan taʼminlash. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur pasportning 4-pozitsiyasida nazarda tutilgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitgan (oʻrgatgan) xamda ishga joylashtirgan yoki ishga qabul qilgan nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, xususiy bandlik agentliklariga subsidiya shaklida oʻtkaziladi. Bunda tegishli mablagʻlar quyidagi miqdorlarda toʻlanadi: ishga joylashib bir oylik ish haqi toʻlanganda jami subsidiyaning 33 foizi; uchinchi oylik ish haqi toʻlanganda jami subsidiyaning 33 foizi; oltinchi oy ish haqi toʻlanganda qolgan qismi. Mazkur pozitsiyaga muvofiq tadbirkorlik subyekti va xususiy bandlik agentligi yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga birinchi, uchinchi va oltinchi oy ish haqi toʻlanganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga alohida murojaat qilish orqali tegishli mablagʻlarni olishi mumkin. |
3-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini xarid qilish |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 16 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | — |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish talablari va shartlari: | Quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollaridan foydalanish orqali daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanish; xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini sotib yubormaslik; xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun bermaslik. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Asbob-uskuna yoki velosiped yoxud kompyuter jamlanmasi yoki mehnat qurollari yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**. |
4-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Musiqa va sport yoʻnalishida inventarlar, asbob-uskunalar hamda maxsus kiyimlarni xarid qilish |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 5 — 18 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | — |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | — |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har uch yilda bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Inventar, asbob-uskunalar hamda maxsus kiyimlar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar realizatsiya qilinadigan elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**. |
5-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Har bir kurs uchun quyidagi miqdorlarda: Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha; Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha; qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha. |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 14 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Quyidagi majburiyatlar yuklanadi: oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslariga muntazam qatnashish; oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslari yakuni boʻyicha beriladigan belgilangan namunadagi sertifikatni olish (shunday sertifikat taqdim etilgan taqdirda). |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har bir kurs (5 tagacha) uchun bir marotaba, 12 oygacha |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Nodavlat taʼlim tashkilotiga shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. |
6-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining taʼlimi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 17 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirganligi haqidagi oliy taʼlim tashkiloti buyrugʻi; toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma. |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining taʼlim olishi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlash tarzidagi ijtimoiy yordam faqat davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻrsatiladi. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Oliy taʼlim tashkilotini tugatgunga qadar ikki marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnoma muvofiq oʻtkaziladi. |
7-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish. Bunda quyidagi xalqaro imtihon tizimlari xarajatlari qoplanadi: International English Language Testing System (IELTS); Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT; Graduate Management Admission Test (GMAT); Graduate Record Examinations (GRE); Scholastic Assessment Test (SAT). |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 14 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish uchun belgilangan tartibda yuborilgan ariza; xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, chek va boshqalar); xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasini aks ettiruvchi hujjatlar (sertifikat, guvohnoma va boshqa). Mazkur blokda nazarda tutilgan hujjatlarning haqiqiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi koʻmagida verifikatsiyadan oʻtkaziladi yoki belgilangan tartibda tasdiqlatib olinadi. |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajati muqaddam qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya qilinmagan boʻlsa**; xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxatida nazarda tutilgan imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi bilan bir xil yoki undan 30 foizga past boʻlsa; xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasini aks ettiruvchi hujjatlar haqiqiy boʻlsa. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Ikki marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakilining bank kartasiga oʻtkaziladi. |
8-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kiyim-bosh bilan taʼminlash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Vasiylik yoki homiylik belgilangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar** |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 0 — 18 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | — |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | — |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba, har yili |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Kiyim-bosh yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi. |
9-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Zarur uy jihozlari bilan taʼminlash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: vasiylik belgilangan bolalar; homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 0 — 18 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | — |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uchun zarur boʻlgan uy jihozlariga boʻlgan ehtiyoj “Inson” markazi ijtimoiy xodimlari tomonidan bevosita ushbu bolalar yashash joyiga borgan holda oʻrganiladi. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har besh yilda bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Zarur uy jihozlari yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo platformalari yoki savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**. |
10-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Turar joyni jihozlash xarajatlarini toʻlash* |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Uy-joy sharoitlarini yaxshilash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar**; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari; Mehribonlik uyi bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 18 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | — |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Mazkur turdagi ijtimoiy yordam qonunchilik hujjatlariga muvofiq: davlat hisobidan turar joy bilan taʼminlanadigan toifaga kiruvchi hamda belgilangan tartibda turar joy oluvchilar roʻyxatiga kiritilgan bolalarga koʻrsatiladi; davlat hisobidan berilgan turar joylarni jihozlash uchun ishlatiladi; davlat hisobidan turar joyni berish jarayonida zarur ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan natura shaklida xarid qilinadi va topshiriladi yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar) realizatsiya qiluvchi shaxslarga shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi***. |
11-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Sogʻliqni saqlash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha; jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida. |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: a) davolanish xarajatlarini qoplash: vasiylik belgilangan bolalar; homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; b) jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash: vasiylik belgilangan bolalar; homiylik belgilangan bolalar; Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 0 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash uchun yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola davolanayotgan yoxud davolanishi rejalashtirilayotgan davolash-profilaktika muassasasining amalga oshirilishi lozim boʻlgan muolajalar va xizmatlar hamda koʻrsatilgan tibbiy xizmat uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotnomasi; b) jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash uchun yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishiga muhtojligini tasdiqlovchi hujjatlar. |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | — |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash — bir yilda bir marotaba; jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash — zaruratga koʻra cheklanmagan marotaba. |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur ijtimoiy yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda: yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi; Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan mazkur turdagi ijtimoiy yordamga muhtoj bola navbatsiz jarrohlik amaliyotidan oʻtkazilishi hamda tegishli toʻlovlarni tibbiyot tashkilotiga oʻtkazilishi taʼminlanadi; yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi. |
10. | Izoh: | Mazkur turdagi ijtimoiy yordam yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi. |
12-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash xarajatini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar**; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari; Mehribonlik uyi bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 18 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ariza beruvchi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan shartnoma |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Shartnomada belgilangan muddat va talablar asosida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻz vaqtida oʻtash |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobvaragʻiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. |
13-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: | Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi |
3. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha |
4. | Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi: | Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar**; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**; “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari; Mehribonlik uyi bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari. |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 18 — 23 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Mazkur ijtimoiy yordamdan foydalanuvchi hamda davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnoma |
7. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | Quyidagi majburiyatlar yuklanadi: oʻquv kursiga muntazam qatnashish; oʻquv kursi yakuni boʻyicha beriladigan belgilangan namunadagi hujjatni olish; oʻquv kursini tamomlagach, milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba. |
9. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi |
14-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Oilaviy bolalar uylarini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchi: | Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan jismoniy shaxslar |
4. | Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: | 30 — 65 yosh |
5. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Xizmat koʻrsatuvchi va qurilish mahsulotlari yetkazib beruvchi hamda ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi. |
6. | Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: | — |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | 5 yilda bir marta |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” MCHJga shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Koʻrsatilgan mablagʻlarning 20 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlash uchun tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” ga koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi. Uy-joyni taʼmirlash ishlari yordamdan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, nazarda tutilgan mablagʻning 80 foizi qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. 2. Tumanlar (shaharlar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarining natijalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda taʼmirlash uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi. Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi. |
9. | Izoh: | Uy-joyni joriy taʼmirlash boʻyicha mablagʻlar quyidagi hollarda ajratiladi: uy-joyning tom qismini taʼmirlash uchun; uy-joyning yashash xonalarini pol qismini taʼmirlash uchun; uy-joyning yashash xonalarini kengaytirish uchun; uy-joyning yashash xonalari va oshxonasining eshik va derazasi yoʻq yoki yaroqsiz holatda boʻlsa, yangilash yoki taʼmirlash uchun; uy-joyning hammom yoki hojatxonasi mavjud boʻlmasa yoki taʼmirtalab boʻlsa, yangitdan qurish yoki taʼmirlash uchun. Mazkur yordamdan foydalanish uchun Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan xonadon egasi murojaatiga muvofiq “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda haqiqatda muhtojlik mavjudligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordamdan foydalanuvchiga tegishli uy-joyning taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning fotosuratlari ilova qilinadi. |
15-ILOVA
20__ yil ___ ___________ | _________ shahri (tumani) | |||
Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimi: _________________________________________________________________ | ||||
(F.I.O.) | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): _________________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning yashash manzili:__________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vaucher asosida sotib olgan buyurtmalari yetkazib berilgan va qabul qilib olingan sana:_____________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tomonidan vaucher asosida sotib olingan tovar turi, nomi va narxi: _________________________________________________________________ | ||||
Sotib olingan tegishli tovar uchun belgilangan vaucher qiymati: _________________________________________________________________ | ||||
Yetkazib berilgan, topshirilgan tovarning haqiqatda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga yetkazib berilgani va ularda nuqsonlar aniqlanmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ________________________________________________________________ * | ||||
Buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vafot etganligi holatlari. Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vafot etganligi Adliya vazirligining tegishli axborot tizimlari orqali oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida tasdiqlanishi lozim. | ||||
Sotuvchi tashkilotning nomi va STIR raqami: _________________________________________________________________ | ||||
Sotuvchining bank hisobvaragʻi va MFO raqami: _________________________________________________________________ | ||||
* Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar ilova qilinadi. Ijtimoiy xodim: _________________________ (F.I.O)
| ||||
16-ILOVA
20__ yil ___ ___________ | _________ shahri (tumani) | |||
Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimi _________________________________________________________________ | ||||
(F.I.O) | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): _________________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning yashash manzili:__________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vaucher asosida sotib olgan tovar yetkazib berilgan va qabul qilib olingan sana: _________________________________________________________________ | ||||
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tomonidan vaucher asosida sotib olingan tovar turi va nomi: _________________________________________________________________ | ||||
Yetkazib berilgan (yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga topshirilgan) tovar turi va nomi: ______________________________ | ||||
Yetkazib berilgan, yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga topshirilgan tovarning holati (texnik talablarga muvofiqligi, sifati, nuqsonlari mavjudligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: _________________________________________________________________ | ||||
I. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydalanishida boʻlgan tovarning nosoz yoki foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: | ||||
a) kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi holatlari: _________________________________________________________________ | ||||
b) kafolat muddati tugagandan soʻng foydalanish muddati davomida yaroqsiz boʻlib qolganligi holatlari: ________________________________* | ||||
II. Buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yashash manzilidan koʻchib ketgan | ||||
Buyurtmalarning yetkazib berilganligi va ularning texnik holati oʻrganilgan sana va vaqt: _____________________________________________ | ||||
*Tovarning sifatsizligi, nuqsonlari mavjudligi va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar ilova qilinadi. | ||||
Ijtimoiy xodim: ______________________ | ||||
(F.I.O) | ||||
| ||||
3-ILOVA
4-ILOVA