09.11.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 2023-yil 15-noyabrda 4536-KZ-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Qozogʻiston sanoat rivojlanishining barqarorligini ragʻbatlantirish va rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshligi va innovatsion faolligini oshirish, mintaqaviy va xalqaro qoʻshilgan qiymat zanjirlariga ulanish, shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish zarurligini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari va eksportni qoʻllab-quvvatlash asosida ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarining toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish hamkorligining hal qiluvchi oʻrnini hamda Tomonlar xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida sanoat va ilmiy-texnikaviy kooperatsiyani oʻrnatish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit bilan taʼminlashni eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazining huquqiy holati va boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Qozogʻiston qismlaridan tashkil topgan sanoat kooperatsiyasi, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik majmuasi hisoblangan “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda — “Markaz”) shartlari mazkur Bitim qoidalari, boshqa ikki tomonlama xalqaro shartnomalar, shuningdek, Tomonlar davlatlarining qonunchiligi bilan belgilanadigan huquqiy va iqtisodiy rejimga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Qozogʻiston qismi Qozogʻiston Respublikasi yurisdiksiyasi doirasida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston qismi Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi doirasida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston va Qozogʻiston qismlari Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligi Markazning Qozogʻiston qismini boshqarish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Markazning Oʻzbekiston qismini boshqarish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning rasmiy nomlanishi oʻzgargan yoki qayta tashkil etilgan hollarda, Tomonlar diplomatik kanallar orqali darhol bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Markazni boshqarish va uning faoliyatini taʼminlash, investitsiyalarni jalb qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kompleks xizmat koʻrsatish, Markazdagi maʼmuriy, ruxsat beruvchi va boshqa jarayonlarni (xizmatlarni) amalga oshirish boʻyicha Tomonlarning davlat organlari faoliyatini “yagona darcha” prinsipi asosida muvofiqlashtirish, boshqa xizmatlarni koʻrsatish maqsadida mazkur Bitim va oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq Markazning oʻz hududlaridagi qismida boshqaruv kompaniyalarini tashkil etadilar va (yoki) belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazning joylashuv sxemasi, hududiy chegaralari va maydoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Tomonlar davlatlarining chegaraoldi hududlarida, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasining davlat chegarasi chizigʻining har ikki tomonida, bevosita “Guliston” (Oʻzbekiston Respublikasi) va “Atameken” (Qozogʻiston Respublikasi) oʻtkazish punktlari yonida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va mazkur Bitim qoidalariga muvofiq, Markazning Oʻzbekiston va Qozogʻiston qismlari Davlat chegarasi chizigʻidan boshlab chegara mintaqasidan tashqarida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni boshqarish va uning hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati qatʼiy ravishda uning chegarasi doirasida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon uni oʻrab olish boʻyicha samarali choralar koʻrish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning umumiy maydoni 1 kv. km boʻlib, shundan Oʻzbekiston hududi 0,5 kv. kmni, Qozogʻiston hududi esa 0,5 kv. kmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududining geografik koordinatalari, joylashuvi sxemasi va chegaralari mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlgan ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon Markazning oʻziga tegishli qismida fuqarolarning, tovarlar (yuklar) va transport vositalarining harakatlanishi ustidan nazoratni taʼminlash uchun ichki nazorat-oʻtkazish punktlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazning faoliyat turlari, funksiyalari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, Markaz hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar Tomonlar davlatlari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turlarini olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida faoliyatni olib borish bilan bogʻliq masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, vakolatli organlar qoʻshma maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va Tomonlar davlatlarining kichik va oʻrta sanoat korxonalarini xalqaro qoʻshilgan qiymat zanjirlariga integratsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaraoldi hududlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va Markaz hududida tashkil etiladigan sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik modernizatsiya, innovatsion va ilmiy hajmdor ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar integratsiyalashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga xizmat koʻrsatish autsorsingi hisobidan optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida faoliyat yurituvchi sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali Tomonlar davlatlarining sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-reja, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish rejalariga muvofiq, sanoat kooperatsiyasi maydonida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va mazkur Bitimga muvofiq ishlab chiqarish kooperatsiyasi faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼminlash jarayoniga loyiha va qurilish tashkilotlarini jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markaz hududida soliqqa tortish, valyutani tartibga solish va valyuta nazorati, bank va sugʻurta faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida soliqqa tortish Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va ularning davlatlari aʼzo hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston va Qozogʻiston qismlari hududlarida valyuta nazorati Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida toʻlovlar va pul oʻtkazmalari Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan joriy operatsiyalar uchun erkin ayirboshlash prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston va Qozogʻiston qismlarida banklar filiallarini ochish, shuningdek, ularning faoliyati Tomonlar davlatlarning qonunchiligiga muvofiq olib boriladi, tartibga solinadi va nazoratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sugʻurta shartnomalari ular joylashgan davlatning qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Markaz hududidagi qurilish normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport infratuzilmasi, suv taʼminoti, elektr taʼminoti, telekommunikatsiya, muhandislik muhofazasi va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari, nazorat punkti, nazorat va tekshirish infratuzilmasini, maʼmuriy boshqaruvni tashkil etish, shuningdek, Markaz hududini chegaralash boʻyicha loyihalash, qurish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish har bir Tomonning mablagʻlari, xususan, ularning qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida turli biznes binolari, terminallar va tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlar qurilishini moliyalashtirish Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida Tomonlar davlatlarining qonunchiligini hisobga olgan holda, xalqaro qurilish meʼyorlari, qoidalari, standartlarini qoʻllashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida qurilish ishlari bosh rejalar asosida amalga oshiriladi. Markazning har bir qismi bosh rejalarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Tomonlar davlatlarning qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ish tartibi, fuqarolar, tovarlar (yuklar) va transport vositalarining harakatlanishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning bir qismidan boshqa qismiga harakatlanayotgan shaxslar, transport vositalari, yuklar, tovarlar va hayvonlar Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va ularning davlatlari aʼzo hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq xalqaro qatnov uchun ochiq boʻlgan “Guliston” (Oʻzbekiston Respublikasi) va “Atameken” (Qozogʻiston Respublikasi) nazorat-oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona va boshqa turdagi nazoratidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining, uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Tomonlar davlatlaridan birining Markazi hududiga faoliyat yuritayotgan nazorat punktlari orqali amaldagi hujjatlar asosida kirishlari, undan chiqishlari va vaqtincha boʻlib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Qozogʻiston qismi har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston qismi har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Markaz hududida xavfsizlik va qonuniy tartibni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Markazning oʻzlariga tegishli qismida xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibi saqlash boʻyicha davlat organlarini, shuningdek, zarurat boʻlganda, oʻz davlatining tegishli ruxsatnomasiga (litsenziyaga) ega boʻlgan, shartnoma asosida muhofaza faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni joylashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida joylashgan xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha davlat organlarining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida xavfsizlik va huquqiy tartibni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq har xil turdagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning oʻziga tegishli qismida nazorat va patrullik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududida xavfsizlik va huquqiy tartibotni taʼminlash maqsadida Tomonlarning davlat organlari idoralararo darajada oʻzaro hamkorlikning tegishli mexanizmini oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida Markaz perimetri atrofida nazorat tizimi va yoritish moslamalari bilan jihozlangan maxsus toʻsiq oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Markaz hududida davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Markaz hududida tegishli sanitariya-epidemiologik, veterinariya, fitosanitariya nazorati va texnik jihatdan tartibga solish davlat nazorati, shuningdek, oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq boshqa nazorat turlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning masʼul organlari yuqumli kasalliklarni nazorat qilish, oʻsimliklar va hayvonlar karantini sohasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradilar va mustahkamlaydilar, shuningdek, epizootik va fitosanitariya holati, epidemiologik vaziyat va ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida koʻrilgan choralar toʻgʻrisida oʻzaro xabardor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Markaz hududida mehnat faoliyati masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar mehnat faoliyati qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga asosan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Kuchga kirishi, amal qilishni tugatish va oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvga binoan, mazkur Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan va alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab 30 (oʻttiz) kalendar kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilish orqali mazkur Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Bunday holatda, mazkur Bitim ushbu xabarnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kalendar kun oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2023-yil 9-noyabrda, ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnlar oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi hududining geografik koordinatalari, joylashuv sxemasi va chegaralari