ILOVA
va kelish uchun aviachipta xarid qilish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida ariza beruvchi tomonidan qaytarish sharti bilan ajratiladigan qarz;
va majburiyatlari, ssuda miqdori, ssuda muddati, uni qaytarish shartlari, kafillik shartlari (agar kafil ishtirok etsa), nizolarni hal qilish tartibi va boshqa shartlarni belgilovchi huquqiy hujjat.
1-ILOVA
Bosqichlar |
| Subyektlar |
| Tadbirlar |
| Bajarish muddati |
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
| Ariza beruvchi |
| Ssuda ajratish boʻyicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi. |
| Vizada koʻrsatilgan xorijiy davlatda boʻlish sanasi boshlanishiga kamida 20 kalendar kun qolganda |
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
| 1. Davlat xizmatlari markazi 2. YIDXP |
| Murojaatni va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi. |
| 1. 10 daqiqa ichida 2. Avtomatik tarzda |
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
| Yoshlar ishlari agentligi |
| 1. Taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi hamda muvofiqligi aniqlanganda, ariza beruvchiga tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili, ariza beruvchi va kafil tomonidan imzolangan, notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kuni ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yuborish haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritadi hamda ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi. 2. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, ssuda ajratishni rad etadi, ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi. |
| 3 ish kuni ichida |
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
| Tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi |
| 1. Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan uning xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasidagi viza maʼlumotlarini ariza beruvchi ssuda ajratish haqida ariza yuborishda ilova qilgan viza maʼlumotlari bilan solishtirish orqali oʻrganadi. Ushbu maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan taqdirda, shuningdek, agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etgan taqdirda, qarz shartnomasini imzolaydi. 2. Ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmagan taqdirda yoki agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etmaganda, Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirib, 1 ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimini xabardor qiladi. |
| 5 ish kuni ichida |
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich |
| Ariza beruvchi |
| Tasdiqlangan qarz shartnomasini YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi. |
| 5 ish kuni ichida |
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich |
| Yoshlar ishlari agentligi |
| 1. Ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmaganda, agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etmaganda, shuningdek, ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kuni ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yubormaganda ssuda ajratishni rad etadi, bu haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuboradi va ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi. 2. Ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kun ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yuborganda, uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli maʼlumotnoma yuboradi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi. |
| 1 ish kuni ichida |
2-ILOVA
Ariza t/r | Qabul qilish sanasi | Qabul qilgan shaxs | |
— | — | — | |
I. Ariza beruvchi (ssuda oluvchi) jismoniy shaxs haqida maʼlumot: | |||
1.1. F.I.O.: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
1.2. Tugʻilgan sanasi: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): | (maʼlumot kiritiladi) | ||
1.4. Telefon raqami: | (maʼlumot kiritiladi) | ||
1.5. Yashash joyi: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
1.6. Oliy taʼlim tashkiloti talabasi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot | (avtomatik aniqlanadi) | ||
1.7. “Work and travel” dasturi mavjud boʻlgan xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi | (pdf formatda kiritiladi) | ||
1.8. Ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan berilgan sugʻurta polisi (ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs haqidagi maʼlumot kiritilmaganda, ushbu hujjat kiritiladi) | (pdf formatda kiritiladi) | ||
1.9. “Work and travel” dasturi doirasida ariza beruvchi ishlash va sayohat qilish istagida boʻlgan xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasidan olingan, maʼlum muddat davomida oʻsha davlatda ishlash va sayohat qilish uchun berilgan viza | (pdf formatda kiritiladi) | ||
II. Ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs haqida maʼlumot: (ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi taqdim etilsa, toʻldirilmaydi) | |||
2.1. F.I.O.: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
2.2. Tugʻilgan sanasi: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
2.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): | (maʼlumot kiritiladi) | ||
2.4. Telefon raqami: | (maʼlumot kiritiladi) | ||
2.5. Yashash joyi: | (avtomatik aniqlanadi) | ||
2.6. Soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot | (avtomatik aniqlanadi) | ||
2.7. Qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi | (pdf formatda kiritiladi) | ||
III. Taqdim etilgan I va II boʻlimlardagi hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda taqdim etiladi: | |||
3.1. Tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili, ariza beruvchi va kafil (agar sugʻurta polisi taqdim etilmagan boʻlsa) tomonidan imzolangan, notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasi | (pdf formatda kiritiladi) | ||