02.05.2025 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati vakillarini maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda islohotlarni sarhisob va targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-martdagi PF–6181-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarning samarali ijro etilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini tizimli monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 2025-yil 25-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlariga erishilganligi yuzasidan maʼlumotlarni Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi umumlashtirilgan axborotni 2026-yil 10-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 288-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Muddat

Masʼul ijrochilar

I. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish

1.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil may

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari (kelishuv asosida)

2.

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekison Respublikasi Qonunini fuqarolik jamiyati institutlarining taklif va tavsiyalari asosida takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyun

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari (kelishuv asosida)

3.

Nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish.

Kasb etikasi kodeksi

2025-yil iyul

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

4.

Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini bevosita tartibga soluvchi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va ularni yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat shakliga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil iyul

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

5.

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati maqsad va vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qilish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil avgust

Adliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

(kelishuv asosida)

6.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil sentabr

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) yangilangan standartlariga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan yondashuvni qoʻllash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodika loyihasi

2025-yil oktabr

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

II. Fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

8.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “Media-taʼlim va faktlarni tekshirish: tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirish” mavzusida “Media-maktab” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil may-iyun

“Yuksalish” umummilliy harakati

(kelishuv asosida),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

9.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ning moddiy-texnik holatini yanada yaxshilash, ularda qoʻshimcha nodavlat notijorat tashkilotlarini joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.

Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida nodavlat notijorat tashkilotlar uchun axborot-resurs markazlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(kelishuv asosida)

10.

“Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi va “Fuqarolik jamiyati” jurnali faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

(kelishuv asosida)

11.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining 250 nafar  rahbar xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

12.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga uslubiy koʻmak koʻrsatish maqsadida quyidagilar boʻyicha amaliy qoʻllanmalar ishlab chiqish:

adliya, soliq va statistika organlariga hisobotlarni tayyorlash va topshirish;

grant dasturlarida ishtirok etish;

moliya va buxgalteriya hisobotini yuritish.

Amaliy qoʻllanmalar

2025-yil avgust

Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati

(kelishuv asosida)

13.

Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Oʻz Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishgan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tegishli sohaga oid nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (kelishuv asosida)

14.

Terrorizmni moliyalashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlaridan foydalanish xavf-xatarlarini baholash natijalariga asosan jamoat fondlari va diniy tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

III. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish

15.

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirish boʻyicha davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan faol jamoatchilik monitoringlari va eshituvlari olib borilishini ragʻbatlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(kelishuv asosida)

16.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kuchaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

17.

Fuqarolik jamiyati institutlarining ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan loyiha va dasturlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning samaradorligini oshirishga koʻmaklashish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari (kelishuv asosida)

18.

Faol yoshlarning ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan masalalarni yechishda ishtirokini oshirib borish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik platformalarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi, “Yuksalish” umummilliy harakati

(kelishuv asosida)

19.

“Inson huquqlari va manfaatlari sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida toʻrtinchi milliy forumni oʻtkazish.

Amaliy

chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

(kelishuv asosida),

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati samaradorligini baholash metodikasini ishlab chiqish.

Jamoatchilik kengashlarining faoliyatini baholash va har yil yakuni boʻyicha ularning reytinglarini eʼlon qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

 

2025-yil dekabr

“Yuksalish” umummilliy harakati (kelishuv asosida), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, vazirlik va idoralar

IV. Fuqarolik jamiyati vakillarini maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda islohotlarni sarhisob va targʻib qilish

21.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan taʼsis etilgan “Xalqaro demokratiya kuni” (The International Day of Democracy) munosabati bilan Oʻzbekistonda demokratik boshqaruvda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va oʻrni mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida yillik milliy maʼruzani tayyorlash.

Milliy maʼruza

2025-yil noyabr

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

(kelishuv asosida)

23.

Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

(kelishuv asosida)

24.

Faol fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti va “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

25.

Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlar sarhisobiga bagʻishlangan “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (kelishuv asosida)

26.

2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi yakunlarining muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati

(kelishuv asosida)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/288/0408-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)