Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
“Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2431-3]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-son “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 489-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son “Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
125-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqda:
Buyruqning nomi va 1-bandidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 489-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
1) Nizomning nomi, 5-bobning nomi, 49 va 57-bandlardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) oʻqitishning toʻlov-kontrakt (bundan buyon matnda kontrakt deb yuritiladi) shaklini belgilash va undan kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini belgilaydi.”;
3) 1-banddagi “muassasalariga” va “muassalarida” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlariga” va “tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2-banddagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Xorijiy fuqarolarni taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq kontrakt asosida amalga oshiriladi.”;
6) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni olish Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan kontrakt asosida amalga oshiriladi.”;
8) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 8 va 9-bandlardagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 10-banddagi “muassasasining” va “muassasasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotining” va “tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 11-banddagi “muassasasiga” degan soʻz “tashkilotiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 419-son “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
14. Xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va taʼlim tashkilotlariga ega boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.”;
13) 17-banddagi “muassasalari” va “muassasalarini” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 19-bandning birinchi xatboshisi, 29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 31-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 24-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 26-bandning birinchi xatboshisi, 4-bobning nomi, 39, 40 va 44-bandlardagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 27-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasasining” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotining” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 28 va 32-bandlardagi “muassasasi” va “muassasasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkiloti” va “tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 34-bandda:
birinchi, sakkizinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilardagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilardagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
20) 36, 37 va 60-bandlardagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
21) 38-banddagi “muassasasi” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkiloti” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 41-banddagi “muassasalarining” va “muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarining” va “tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.”;
24) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq professional taʼlim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishlari mumkin.”;
25) 47-banddagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 6-bobning nomi, 54, 55, 59-bandlardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 50-bandda:
birinchi, yettinchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi, oʻn va oʻn birinchi xatboshilardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 52-banddagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 53-banddagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” va “kasb-hunar taʼlimi muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “professional taʼlim tashkiloti” va “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 56-banddagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarining” va “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “professional taʼlim tashkilotlarining” va “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.”;
32) 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“61. Taʼlim olishning toʻlov-kontrakt asosida kelib tushadigan mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi va mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, uning hududiy organlari va joylardagi iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilik tomonidan taqdim etilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)