Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Qarori
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3383-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi 2 va 5-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3383, 2022-yil 31-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 10/22/3383/0785-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2025-yil 8-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
7-son
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-aprel,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidan “unitar korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Uslubiyotning nomidan, muqaddimasidan va 1 — 4-ilovalarning ilova belgilaridan “unitar korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son)