1-ILOVA
1. | X.U. Umarova | — | Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Rivojlantirish kengashi raisi |
2. | V.A. Herman | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faxriy prezidenti, Rivojlantirish kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | K.A. Sharipov | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
4. | L.Sh. Kudratov | — | Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
5. | J.T. Mirzamahmudov | — | Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri |
6. | Q.S. Sanaqulov | — | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori |
7. | A.X. Xursanov | — | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori |
8. | O.Sh. Temirov | — | “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi |
9. | Lavozimi boʻyicha | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti rektori, Rivojlantirish kengashi kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyatini strategik rivojlantirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Rivojlantirish kengashi) faoliyatini tashkil etish. | 1. Rivojlantirish kengashi nizomini ishlab chiqish. 2. Rivojlantirish kengashi nizomini tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
2. | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) huzurida Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish. | 1. Markaz ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Universitet mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Markazni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2025-yil iyul | ||||
3. Markaz tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. | 2025-yil avgust | ||||
4. Markazni katta tajribaga ega va yuqori salohiyatli xodimlar bilan toʻldirish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. | Universitetda Tibbiyot fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil sentabr | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va davlat kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
2. Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlar bilan Tibbiyot fakultetini tashkil etish yuzasidan uzoq muddatli kelishuv imzolash. | 2025-yil oktabr | ||||
3. Maxsus ishchi guruh (maʼmuriy, oʻquv, texnik, qurilish yoʻnalishlarida) tuzish va tarkibini tasdiqlash. | 2025-yil iyul | ||||
4. Tibbiyot fakultetini tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish. 5. Tibbiyot fakultetining oʻquv binosi, klinikasi va tadqiqot markazi qurilishi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2025 — 2027-yillar | ||||
4. | Tibbiyot fakultetida taʼlim jarayonini tashkil etish. | 1. Fanlarning oʻquv dasturini (sillabusni) yaratish. | 2026-yil may | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va davlat kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
2. Tibbiyot fakultetiga talabalarni qabul qilish. | 2026/2027 oʻquv yilidan | ||||
3. Taʼlim dasturini nufuzli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2034-yil sentabr | ||||
5. | Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmini joriy etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Universitet qoshidagi Ilmiy tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
2. Amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari parametrlarini tasdiqlash. | Har yili may oyida | ||||
3. Dastlabki ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Ilmiy tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 20 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratish. | 2025-yil avgust | ||||
4. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻshma moliyalashtirish mexanizmini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish. | Har yili dekabr | ||||
5. Ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzularini shakllantirish va tegishli tarmoq tashkilotlari bilan kelishish. | Doimiy | ||||
6. | Ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish. | 1. Yuqori malakali mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar hamda olimlar tarkibini shakllantirish. | 2025-yil iyul | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
2. Ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibini tasdiqlash. | 2025-yil iyul | ||||
3. Tegishli ixtisosliklarda ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish, shuningdek, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil avgust |