Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 09.06.1994 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilgʻisini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahridagi aholiga naqd pulga avtomobil yonilgʻisi sotadigan ishlab turgan 5 ta, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan 4 ta avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini 1994-yil mobaynida eksperiment tariqasida xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda sotiladigan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining roʻyxatini va ularni sotish shartlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini jismoniy yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga pul mablagʻlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya talab qilmasdan kimoshdi savdolari va tanlov asosida xususiy mulk qilib sotishni amalga oshirsinlar. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining yer maydonlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uzoq muddatli ijaraga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotilgan davlat mulki qiymatini toʻlash, bunday savdodan tushgan mablagʻlarini taqsimlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq, sotilgan narxning butun summasini toʻlash uchun bir oy muddat belgilangan holda, taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari daromadlariga soliq solish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda neft mahsulotlarini tovar-xom ashyo birjasiga savdoga qoʻyish va sotish tartibini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlarini sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yongʻin xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga hamda xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari toʻgʻrisidagi nizomga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 9-iyundagi 290-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari (keyingi oʻrinlarda AYQSH deb ataladi) avtomobillarni va boshqa xususiy mashina egalarining transport vositalarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash korxonasi hisoblanadi. Bu yerda avtomobil yonilgʻisi va moylash materiallari faqat naqd pulga sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSHda moy, quyuq va suyuq, (konsistent) moylar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, xususiy transport egalaridan ishlatilgan moylar va neft mahsulotlaridan boʻshagan kichik hajmdagi idishlarni qabul qilish, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va avtomobillarni yuvish ishlari tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻgʻridan-toʻgʻri olingan neft mahsulotlarini qabul qilib olish va saqlash uchun AYQSH egalari tomonidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining maxsus ajratilgan neft bazasi ijaraga olinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Neft mahsulotlarini AYQSHga keltirish AYQSH egalarining oʻz mashinalari yoki boshqa idoralarning xavfsizlik shartlariga muvofiq keladigan transport vositalari bilan shartnoma shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. AYQSHni oʻlchov vositalari bilan jihozlash, texnik xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish tartibi, ularni saqlash va ehtiyotlash, shuningdek, xizmat koʻrsatish madaniyati amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSH tegishli vitrinalar, reklamalar, koʻrgazmali targʻibot vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. AYQSHning betonlangan va asfaltlangan hududi hamda avtomagistrallardan kirish yoʻllarida hech qanday kamchiliklar boʻlmasligi kerak. AYOQSH maydonchalari tekis boʻlishi va kolonnalarga va quyish qurilmalariga avtomashinalarning erkin kirib kelishini taʼminlashi kerak. AYOQSH binolari, inshootlari, maydonlari, shuningdek, ularga yondosh joylar sanitariya-maishiy, estetik, yongʻinga qarshi va ekologiya talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSHda foydalaniladigan asbob-uskunalar, avtoyonilgʻi quyish texnikasi tegishli normalarga javob berishi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AYQSH atrofi kunning qorongʻi vaqtlarida amaldagi normalarga muvofiq yoritilgan boʻlishi kerak. Yonilgʻi va neft mahsulotlari quyish joylarining yoritilishiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. AYQSH telefon va radio aloqasi hamda qoʻriqlash signalizatsiyalari bilan jihozlanishi shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. AYQSH orqali sotiladigan neft mahsulotlarining sifati belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob berishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir AYQSHda neft mahsulotlarini hisobga olish va oʻlchovlarning ishonchliligini hamda bir xilligini taʼminlash, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish uchun zarur asbob-uskunalar va oʻlchov vositalari boʻlishi kerak. Ular “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan qoʻllashga ruxsat etilgan va Davlat metrologiya xizmatining tamgʻasiga yoki tekshirilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. AYQSHda majburiy tartibda belgilangan namunadagi kassa apparatlari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir AYQSHda tegishli hujjatlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. AYOQSH xodimlari “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtishlari, malakalarini oshirishlari, texnika va yongʻin xavfsizligiga oid bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari kerak. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining tegishli guvohnomasi boʻlganda ularga ishlash uchun ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan talablarni bajarmaganlik uchun AYQSH egalari va xodimlari mazkur faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlashgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan AYQSHlarni xususiylashtirishda ularning egalari barcha ishlarning “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqqan loyihalarga muvofiq toʻla hajmda bajarilishini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. AYQSH egalari Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliq solish va narx belgilash masalalariga oid qoidalar talablariga qatʼiy rioya qilishlari kerak.