OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3042-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-son “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
9/3-son
Kelishildi:
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O. UMAROV
2025-yil 2-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 28-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori ikki milliard soʻmni tashkil etishi kerak.”.
3. 19-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi yoki yagona muassisning kredit byurosini tashkil etish haqidagi qarori;”;
toʻrtinchi xatboshi “muassislari” degan soʻzdan keyin “(muassisi)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshi “ustav fondi” degan soʻzlardan keyin “(ustav kapitali)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arizada muassislarning (muassisning) elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ushbu ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga rozilik hisoblanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son)