Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3252-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
9/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom bank faoliyatiga ruxsat berish, banklarning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarini baholash va lavozimiga kirishishidan oldin kelishib olish, alohida boʻlinmalarini ochish va yopish, ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularni qayta tashkil etish va tugatish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.”.
2. 1-boʻlimning 1-bobidagi 1-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-§. Mazkur Nizomning qoʻllanilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyilgan talablar”.
“1. Mazkur Nizomning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari, agar ularda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, mikromoliya banklariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ariza va boshqa hujjatlar qogʻoz shaklida yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Bunda, qogʻoz shaklida taqdim etiladigan va hajmi bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjatlar varaqma-varaq tavsiflangan, tikilgan, raqamlangan va imzolangan boʻlishi lozim. Yillik moliyaviy hisobotlar (sharhlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari), shuningdek moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi bosmaxona usulida bosilgan broshyuralar koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
Markaziy bankning talabiga asosan alohida hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi lozim.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Chet ellik ariza beruvchilar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar ariza beruvchi roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi, bundan mazkur Nizomning 20-bandi 1 — 5, 8 va 10 — 13-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar mustasno.
Markaziy bankka mazkur Nizomga muvofiq ariza bilan murojaat qilgan shaxs ariza beruvchi hisoblanadi.”.
4. 15-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank aksiyadorlarining tarkibi, holati yoki ulushi oʻzgarishi oqibatida ushbu band talablari bajarilmayotgan boʻlsa, bank mazkur holat vujudga kelgan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmay firma nomini oʻzgartirishi va bank ustaviga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni mazkur Nizomning V boʻlimi 4-bobida belgilangan tartibda Markaziy bankka taqdim etishi lozim.”.
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bank ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etilayotganda muassislar taʼsis yigʻilishini oʻtkazadi va oʻzaro taʼsis shartnomasini imzolaydi. Bank bir muassis tomonidan taʼsis etilgan taqdirda bankni taʼsis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Ushbu harakatlar muassislar (muassis) tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.”.
6. 20-bandda:
birinchi xatboshidagi “mazkur bandning 1-kichik bandida koʻrsatilgan hujjat imzolanganidan keyin” degan soʻzlar “bankni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1 va 2-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) bank ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etilganda taʼsis shartnomasini;
2) bankni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni. Bank ikki va undan ortiq muassislar tomonidan taʼsis etilgan hollarda taʼsis yigʻilishi bayonnomasining bank kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;”;
6-kichik bandning birinchi jumlasidagi “bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar” degan soʻzlar “har bir bevosita va bilvosita muassis, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-kichik banddagi “kiritilgan” degan soʻz “kiritiladigan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 21-band “ariza beruvchidan” degan soʻzlardan keyin “ushbu qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 26-banddagi “16-moddasida” degan soʻzlar “16 va 19-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 27-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bank ushbu holatlarni bankning ustav kapitalidagi mazkur Nizomning 39-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdordagi ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ham inobatga oladi.”.
10. 28-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Nizomning 20 — 24-bandlari hamda ushbu bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalari.”.
11. 29-banddagi “20-moddasida” degan soʻzlar “20 va 21-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Litsenziya berilganligi uchun tegishincha bank yoki mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.”.
13. 73-band “muassislarni” degan soʻzdan keyin “, bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarni, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
14. 141-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“141. Banklar, bundan mikromoliya banklari mustasno, Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasida belgilangan hollarda chet elda shuʼba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin.
Mikromoliya banklariga chet elda banklar, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, chet el banklarining kapitalida, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish taqiqlanadi.”.
15. 149-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“149. Bank xizmatlari ofisi bankning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va bank yoki uning filiali bilan yagona boʻlgan bank (filial) balansi va kodiga ega boʻladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3252-5/0381-son)