22.04.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3618
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3618]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 8-apreldagi 7/3-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) qoʻyiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz yuki koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar (mikroqarzlar) kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz beruvchi — bank, mikromoliya tashkiloti, lombard, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkiloti, tovar isteʼmol kreditlarini beruvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — bankka kredit (mikroqarz) olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) — bank tomonidan qarz oluvchiga toʻlovlilik, muddatlilik, qaytarish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda muayyan maqsadlar uchun foydalanish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlari, shu jumladan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan kredit liniyasi — qarz oluvchining bank bilan tuzilgan kredit shartnomasining amal qilish muddati davomida qarzdorlik toʻlanganda shartnomada belgilangan limit tiklanishi natijasida undan koʻp marotaba foydalanish imkonini beruvchi kredit (mikroqarz) turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit karta (overdraft) — qayta tiklanadigan kredit liniyasi shaklida qarz oluvchiga bank kartalari orqali beriladigan kredit (mikroqarz) turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni qayta moliyalashtirish — qarz oluvchining boshqa qarz beruvchilardan olgan kreditini (mikroqarzini) soʻndirish maqsadida bank tomonidan maqbul shartlar asosida kredit (mikroqarz) berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz yuki koʻrsatkichi — qarz oluvchining kredit (mikroqarzlari) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorining uning oʻrtacha oylik daromadi miqdoriga boʻlgan nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha toʻlovlar — kreditning (mikroqarzning) asosiy qarzi, foizlar, shartnomani tuzish vaqtida maʼlum boʻlgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori — qarz oluvchining kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan koʻrib chiqilayotgan murojaati (murojaatlari) hamda uning barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalari, shuningdek qarz oluvchi kafil va/yoki birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadigan kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻrtacha oylik qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha oylik daromadlar miqdori — qarz oluvchining mehnatga haq toʻlash tarzidagi, shuningdek pensiya va boshqa daromadlarining oʻrtacha oylik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchi bilan kredit (mikroqarz) va uning foizlari boʻyicha oylik toʻlovlarda qatnashuvchi, shuningdek kredit (mikroqarz) boʻyicha solidar javob beruvchi shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning qarz yuki koʻrsatkichiga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qarz yuki koʻrsatkichiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank tomonidan qarz oluvchiga (birgalikda qarz oluvchilarga) kredit (mikroqarz) berilishida uning (ularning) qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim, bundan mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlar (mikroqarzlar) sonining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻpi bilan 15 foizigacha bank tomonidan qarz oluvchilarga (bundan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganiga bankka murojaat qilgan sanadan oldingi olti oydan oshmagan qarz oluvchilar mustasno) kreditlar (mikroqarzlar) berishda ularning qarz yuki koʻrsatkichi 100 foizgacha boʻlishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻpi bilan 15 foizigacha oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganiga bankka murojaat qilgan sanadan oldingi olti oydan oshmagan qarz oluvchilarga daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun kreditlar (mikroqarzlar) berishda ularning qarz yuki koʻrsatkichi inobatga olinmasligi va (yoki) hisoblanmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan kreditlar bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlarning (mikroqarzlarning) sonini aniqlashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarz yuki koʻrsatkichiga doir talablar quyidagi kreditlarni berishda tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida beriladigan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim kreditlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga bank tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) berishga yoki kredit (mikroqarz) limitini oshirishga (bundan buyon matnda kredit (mikroqarz) berish deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bank tomonidan avval berilgan kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirishga (bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oshishi munosabati bilan toʻlovlar miqdorining oshirilishi holatlari mustasno) hamda muddatni uzaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa qarz beruvchining kreditga (mikroqarzga) doir huquqlarini (talablarini) sotib olish yoki kreditni qayta moliyalashtirishga doir qaror qabul qilinganda hisoblanishi lozim, bundan mazkur Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bank tomonidan boshqa qarz beruvchining kreditga (mikroqarzga) doir huquqlari (talablari) sotib olinayotganda yoki kredit qayta moliyalashtirilayotganda, qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari takroran hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobiga quyidagi toʻlovlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaat boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomasi, shu jumladan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan kredit shartnomasi, shuningdek qarz oluvchi birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda, har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan kredit (mikroqarz) berish yoki mazkur bank tomonidan avval berilgan kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirish hamma muddatni uzaytirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan taqdirda, qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida birgalikda qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan hamda amalda boʻlgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar, agar qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida ular boʻyicha 30 kundan ortiq muddati oʻtgan toʻlovlari mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda berilayotgan kredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarz boʻyicha 36 oydan oshgan taqdirda, mazkur mikroqarz boʻyicha barcha toʻlovlar 36 oyga teng miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (bundan buyon matnda Iqtisodiyot va moliya vazirligi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari mustasno) boʻyicha 180 oydan oshgan taqdirda, mazkur kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 180 oyga teng miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan kreditdan (mikroqarzdan) boshqa turdagi kredit (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) boʻyicha 60 oydan oshgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 60 oyga teng miqdorda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan kredit (mikroqarz) shartnomalariga asosan ularni soʻndirish muddati mos ravishda 36, 180 va 60 oyga teng yoki undan kam boʻlsa, qarz yuki hisob-kitobida oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda ular boʻyicha barcha toʻlovlar mos ravishda shartnomada belgilangan oylar soniga teng miqdorda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank tomonidan qarz oluvchiga qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) berish toʻgʻrisida murojaat koʻrib chiqilayotganda oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) limitining 8 foizi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan kredit (mikroqarz) shartnomasi (shartnomalari) boʻyicha (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) oʻrtacha oylik toʻlovlar quyidagilarning yigʻindisini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qarzning qoldiq summasi va unga hisoblanadigan foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlar yigʻindisining shartnoma (shartnomalar) amal qilishi tugashiga qadar qolgan oylar soniga nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan qarzdorliklar (muddati oʻtgan asosiy qarz va foizlar), shu jumladan hisoblangan va muddati uzaytirilgan foizlar, hisoblangan penya (mavjud boʻlsa) va hisobdan chiqarilgan kreditlar (mikroqarzlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchi barcha qarz beruvchilardan olgan va amalda boʻlgan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar hisob-kitobi quyidagilarning yigʻindisini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) limitining 8 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan qarzdorliklar va hisoblangan penya (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bank oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oʻzining axborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisobotidan va boshqa rasmiy manbalardan olgan maʼlumotlardan foydalangan holda hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash va kredit (mikroqarz) berilishi oʻrtasidagi vaqt oraligʻi 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini hisoblash maqsadida bank qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi kamida uzluksiz 6 oy, biroq 12 oydan oshmagan muddat uchun oylik daromadlarining oʻrtacha arifmetik qiymatini aniqlaydi (bundan mazkur Nizomning 17-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlar mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank tomonidan oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini hisoblash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 oy va undan ortiq muddat ichida daromadga ega qarz oluvchilar uchun — qarz yuki hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 12 oy ichida olingan barcha daromadlarning oʻn ikkidan bir qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda 6 oy va undan ortiq, biroq 11 oydan oshmagan muddat ichida daromadga ega qarz oluvchilar uchun — qarz yuki hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan daromadlarning oltidan bir qismi (tegishli ravishda yettidan bir qismi, sakkizdan bir qismi, toʻqqizdan bir qismi, oʻndan bir qismi, oʻn birdan bir qismi) olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bank qarz oluvchining ushbu davr uchun oylik daromadlarining mediana qiymatini aniqlash orqali qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini hisoblashi mumkin. Bunda, mazkur qiymat ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan arifmetik qiymatdan kichikroq boʻlsa, bank uni qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori sifatida hisobga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bank tomonidan koʻrib chiqilayotgan kredit (mikroqarz) berish haqidagi murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan boʻlsa, uning daromadlari ham oʻrtacha oylik daromad hisob-kitobiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarz yuki hisob-kitobida mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi tomonidan ish oʻrni (lavozimi) saqlangan davr, jumladan mehnat taʼtili davri daromad olingan davr (daromadda uzilish boʻlmagan davr) sifatida inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mehnat qonunchiligiga muvofiq mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini hisoblashda bank ushbu qarz oluvchilar tomonidan soʻnggi 6 oy ichida kamida 3 oyi uchun uzluksiz olingan daromadlarining oltidan bir qismini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilarning 6 oy va undan ortiq, biroq 12 oydan oshmagan muddat uchun daromadlarining oʻrtacha miqdori mazkur Nizomning 13-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan hujjat va maʼlumotlar bilan tasdiqlangan daromadlarni hamda mazkur qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushgan tushumlarini inobatga oladi. Bunda, qarz oluvchining bir manbadan olgan daromadlari takroran hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bank qarz oluvchining va (yoki) birgalikda qarz oluvchining daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchining daromadlari soliqlar chegirilib tashlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, bank mazkur qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi kamida uzluksiz 6 oy, biroq 12 oydan oshmagan muddat ichida amaldagi kredit (mikroqarz) boʻyicha toʻlovlari (bundan qayta tiklanadigan liniya boʻyicha toʻlovlar mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadi sifatida qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorining 50 foizi olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bank tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlarini berishda mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda bank boshqa maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Bunda, bank mazkur maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish choralarini koʻrishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bank qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan va/yoki oʻzining axborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan axborotlar va boshqa rasmiy manbalardan olgan maʼlumotlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Qarz yuki oʻsishini cheklash meʼyori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan kredit (mikroqarz) boʻyicha foiz toʻlovlari hamda boshqa toʻlovlar (bundan asosiy qarz toʻlovlari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qoʻllaniladigan javobgarlik choralari mustasno) yigʻindisi kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz qoldigʻiga nisbatan kunlik 0,25 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar qaysi davr uchun undiriladigan boʻlsa, kunlik foiz hisob-kitobida shu davrdagi kunlarga teng miqdorda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yigʻindisi yiliga qarz miqdorining 50 foizidan koʻpini tashkil etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz miqdori deganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda shartnoma boʻyicha berilgan kreditning (mikroqarzning) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan kredit liniyasi yoki kredit karta (overdraft) limitidan 12 oyga teng boʻlgan davrda haqiqatda foydalanilgan summa shartnomada belgilangan limitdan oshmagan taqdirda, mazkur haqiqatda foydalanilgan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan kredit liniyasi yoki kredit karta (overdraft) limitidan 12 oyga teng boʻlgan davrda haqiqatda foydalanilgan summalar yigʻindisi shartnomada belgilangan limitdan oshgan taqdirda, shartnomada belgilangan limit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda 12 oyga teng boʻlgan davrning boshidagi kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 oyga teng boʻlgan davr ichida kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz miqdori oshganda, ushbu miqdor oshgan sanadan boshlab keyingi davr uchun oshgan kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov quyidagi tartibda hisob-kitob qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

toʻlovlar

qoldiqi

x

kunlar_sonii

x

50 %

muddat

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiqii davr uchun kredit (mikroqarz) asosiy qismining oshmay turgan qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kunlar_soniii davrdagi kredit (mikroqarz) asosiy qismining qoldigʻi oshmay turgan kunlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i davr — kredit (mikroqarz) qoldigʻi oshmay turgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar — kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddat — 365 (366) kun yoki kredit (mikroqarz) shartnomasi muddati 12 oydan kam boʻlganda uning muddati kun hisobida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha kreditning (mikroqarzning) asosiy qarzidan tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni hisoblashda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan misollardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bank tomonidan qarz oluvchiga avtomobil sotib olish uchun kredit (bundan buyon matnda avtokredit deb yuritiladi) va ipoteka krediti berilishida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi kredit summasining garovning qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit summasi — kreditning soʻndirilmagan qoldigʻi va qarzdor tomonidan kreditning foydalanilmagan qismini oʻz ichiga oladi. Bunda, kredit summasi ushbu kredit boʻyicha yaratilgan zaxiralar chegirilmasdan, mazkur kredit boʻyicha taʼminot sifatida qarz beruvchi bankda shakllantirilgan, shuningdek shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilmaganda hech qanday shartlarsiz kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan depozitlar chegirilgan holda hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov qiymati — kelajakdagi yoʻqotishlarni oʻz ichiga olgan holda bozor narxlari asosida shakllangan va bozor narxidan oshib ketmagan hamda baholash tashkiloti tomonidan baholangan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda aniqlangan holda taʼminot sifatida rasmiylashtirilgan garov shartnomasida koʻrsatilgan mulk narxidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida garov qiymati bank tomonidan dastlabki kelishilgan garov qiymatidan oshmagan miqdorda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida garov qiymatining dastlabki baholangan qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talabi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda pasayishiga olib kelgan favqulodda holatlar va/yoki kutilmagan hodisalar yuz berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhasiz oʻzgarishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelganda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit boʻyicha garov predmetini baholash va qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtokredit boʻyicha — kredit hisobiga sotib olingan va uning taʼminoti sifatida garovga olingan avtomobilning garov qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti boʻyicha — kredit hisobiga sotib olingan va uning taʼminoti sifatida garovga olingan koʻchmas mulk garov qiymati olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bank tomonidan qarz oluvchiga avtokredit boʻyicha kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 75 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan ipoteka krediti (bundan mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan ipoteka kreditlari mustasno) boʻyicha kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 80 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlsa, bank tomonidan ushbu qarz oluvchiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka krediti boʻyicha kreditning garovga nisbati 85 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan qarz oluvchiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtokredit berishda mazkur bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha avtokreditlar sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 75 foizdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini berishda mazkur bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha ipoteka kreditlari sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 80 foizdan ortishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda beriladigan ipoteka kreditlari mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kreditlar (mikroqarzlar) kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bank tomonidan (bundan mikromoliya banki mustasno) qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarzlar ulushi (bundan mazkur bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan kredit karta (overdraft) mustasno) bankning jami kredit portfelining 25 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
overdraftlar hamda mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan xususiyatlarga mos boʻlgan kredit kartalar ulushi bankning jami kredit portfelining 25 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtokreditlar ulushi bankning jami kredit portfelining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom maqsadlarida kredit kartasi quyidagi xususiyatlarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlikni soʻndirish boʻyicha toʻlovlar jadvali qatʼiy oʻrnatilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlik 45 kundan oshgan muddat ichida soʻndirilganda unga foizlar hisoblanmasligi (imtiyozli davr);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan mablagʻlar hisobiga bank kartasidan boshqa bank kartalariga (bank hisobvaragʻiga yoki elektron hamyonga) pul oʻtkazmalarini amalga oshirish hamda naqd pul yechib olish uchun qoʻshimcha haq undirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan mablagʻlar hisobiga naqd pul yechib olinganda, mazkur yechilgan summa boʻyicha imtiyozli davr toʻxtatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlikni soʻndirishda minimal oylik toʻlov mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizomning 31-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan banklar 2029-yilning 1-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan muddatlarda bosqichma-bosqich ushbu belgilangan meʼyor talablarga muvofiqlashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni hisoblash boʻyicha misollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kredit (mikroqarz) shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

kredit (mikroqarz) boʻyicha barcha toʻlovlar

shartnoma boʻyicha berilgan kreditning (mikroqarzning) miqdori

x 50%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kredit (mikroqarz) shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

kredit (mikroqarz) boʻyicha 12 oyga teng boʻlgan davr ichida barcha toʻlovlar

12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi

x 50%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 12 oyga teng boʻlgan davr ichida kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz miqdori oshganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, toʻlovlarning eng koʻp miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) X davr uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

X davrning dastlabki uch oyi uchun:

10 000 000

x

90 kun

(yanv. — 31 kun, fev. — 28 kun, mar.— 31 kun)

x 50%

=

1 232876,71

365

+

X davrning keyingi toʻqqiz oyi uchun:

15 000 000

x

275 kun

(apr. — 30 kun, ..., dek. — 31 kun)

x 50%

=

5 650684,93;

365

= 6 883561,64;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Y davr uchun: 6 750 000 = 15 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) x 50%;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Z davr uchun: 4 500 000 = 10 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) x 50%.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 10/25/3618/0378-son; 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son)