21.04.2025 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarining amalga oshirilishini tartibga solish, ularni muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshirilayotgan texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik hamkorlik milliy loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — milliy loyihalar) ishlab chiqish, amalga oshirish tartibi, ular boʻyicha hisobdorlik, shuningdek, milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarning tashabbuskori boʻlgan vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu loyihalarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishi, milliy loyihani amalga oshirish holatini baholash hisobotini oʻz vaqtida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning maxsus elektron tizimiga kiritilishiga hamda milliy loyihalarda ishtirok boʻyicha xarajatlarning qoplanishiga shaxsan masʼul va javobgardirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning milliy loyihalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlari, shu jumladan, milliy loyihalarni amalga oshirish uchun avvalgi milliy loyihalar boʻyicha qarzdorliklari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik tomonidan qarzdorliklarni toʻlash boʻyicha soʻrov yuborilgandan soʻng bir oy muddat ichida ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 249-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning (keyingi oʻrinlarda — AEXA) texnik hamkorlik milliy loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — milliy loyihalar) manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqish, amalga oshirish tartibi, shuningdek, ularni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarning masʼuliyati hamda javobgarligini belgilaydi. Milliy loyihalar AEXA tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AEXAning maxsus elektron tizimi — milliy loyihalarning holatini baholash, ularni amalga oshirish va milliy loyihalar boʻyicha hisobotlarni kiritish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verbal nota — AEXA tomonidan yuboriladigan milliy loyihalarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan yangi davr uchun milliy loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqish va taqdim qilish muddatlari koʻrsatilgan xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxs — milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan loyihani rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va koʻrib chiqish jarayonlari uchun tayinlangan masʼul vakil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning hadli dasturi — texnik hamkorlik faoliyati orqali AEXAga aʼzo davlatning ustuvor rivojlanish ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish imkonini beruvchi strategik rejalashtirish vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat dastur xabarnomasi — rejalashtirilgan davr uchun texnik hamkorlik dasturi doirasida koʻrib chiqiladigan AEXAga aʼzo davlatning rivojlanish ustuvorliklari haqida umumiy maʼlumotni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mantiqiy matritsa — milliy loyihaning asosiy elementlari (umumiy maqsad, yakuniy natijalar va loyiha boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar), koʻrsatkichlar, ularni tekshirish vositalari va muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka taʼsir qilishi mumkin boʻlgan taxminlar yoki xatarlar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar davri — milliy loyihalarni amalga oshirishning 2 yildan ortiq boʻlmagan davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar holatini baholash hisoboti — milliy loyihalar boʻyicha masʼul shaxslarga ular tomonidan rejalashtirilgan natijalarga erishish nuqtai nazaridan loyihaning holatini tahlil qilish va hisobot berish imkonini beruvchi vosita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar konsepsiyasi — milliy loyihalarni asoslantirish, ularni amalga oshirish maqsadi hamda kutilayotgan natijalarini tasniflovchi tamoyillar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarda ishtirok etish boʻyicha xarajatlar — tasdiqlangan yangi milliy loyihalar uchun milliy loyihalar tashabbuskori boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan milliy loyiha umumiy budjetining 5 foizi miqdoridagi mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimi — AEXAning milliy loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish imkonini beruvchi platforma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida vakolatli organ rahbari tomonidan milliy loyiha davrida milliy loyihalarni muvofiqlashtiruvchi masʼul shaxs hamda uning yordamchisi tayinlanadi va bu haqida bir ish kunida AEXAga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy loyihalarni ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy loyihalarni ishlab chiqish AEXA tomonidan vakolatli organga verbal nota kelib tushganidan keyin boshlanadi hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Milliy loyihalarni ishlab chiqish sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ AEXA verbal notasi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida mamlakatning hadli dasturiga asosan manfaatdor vazirlik va idoralarga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ishlab chiqilishi taklif etilayotgan Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shakliga muvofiq maʼlumotlarni taqdim qilish haqida murojaat xati tayyorlaydi va yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar milliy loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan murojaat xati olgan kunidan boshlab 15 ish kunida milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlaydi va oʻrnatilgan tartibda vakolatli organga taqdim qiladi. Maʼlumotlar davlat va ingliz tillarida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotlar talab etilgan shaklda boʻlmasa yoki belgilangan muddatdan kechiktirib taqdim etilgan boʻlsa, vakolatli organ ushbu maʼlumotlarning koʻrib chiqilishi va AEXAga yuborilishini rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi, mamlakat uchun dastur xabarnomasini tayyorlaydi hamda AEXA verbal notasida belgilangan muddatdan kechiktirmagan holda texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan milliy loyihalar boʻyicha AEXAdan taklif va eʼtirozlar kelib tushgan taqdirda, vakolatli organ milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarga milliy loyihalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mamlakat uchun dastur xabarnomasi texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimiga joylashtirilganidan soʻng milliy loyihalar boʻyicha AEXA tomonidan eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda, uch oylik muddatda vazirlik va idoralarning milliy loyihalari boʻyicha masʼul shaxslari mantiqiy matritsa jadvali va loyiha ish rejasini oʻz ichiga oladigan milliy loyihalar konsepsiyasini Dastur davrining boshqarish tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar milliy loyiha konsepsiyalarini AEXA masʼul xodimi bilan birga qayta ishlash va tasdiqlashga tayyorlashda doimiy hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. AEXA tomonidan tasdiqlashga tayyorlangan barcha milliy loyihalar konsepsiyalarining yakuniy tahriri tayyorligi haqidagi xabarnoma kelib tushgan taqdirda vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida konsepsiyalarni koʻrib chiqadi va Dastur davrini boshqarish tizimi orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy loyihalarni amalga oshirish va ular boʻyicha hisobdorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy loyihalarni amalga oshirish va hisobdorlik ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Milliy loyihalarni amalga oshirish va ular boʻyicha hisobdorlik sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. AEXA tomonidan milliy loyihalar tasdiqlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganidan soʻng vakolatli organ milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarga 5 ish kuni mobaynida quyidagi maʼlumotlar aks etgan xabarnomani yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan umumiy budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarda ishtirok etish boʻyicha xarajatlar summasi va toʻlovni amalga oshirish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy loyihalar amalga oshirilishi va uning ish rejasida bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida boshlanishi uchun vazirlik va idoralar milliy loyihalarda ishtirok etish boʻyicha xarajatlar summasini oʻz muddatida AEXAga toʻlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy loyihalarni amalga oshirish boshlanganidan soʻng milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar yil yakuni boʻyicha loyihalar holatini baholash hisobotini tayyorlaydi va har yili 31-dekabr kuniga qadar AEXAning maxsus elektron tizimiga joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ AEXAning maxsus elektron tizimi orqali kelib tushgan loyiha holatini baholash hisoboti 5 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ushbu tizimga maʼlumotlar toʻliq kiritilgan taqdirda hisobotni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlar boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ loyihalar holatini baholash hisobotini tegishli taklif va eʼtirozlar bilan AEXAning maxsus elektron tizimi orqali vazirlik va idoralarning milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslariga qayta ishlashga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik va idoralarning milliy loyihalar boʻyicha masʼul shaxslari qayta ishlangan loyiha holatining baholash hisobotini AEXAning maxsus elektron tizimiga uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qaytadan joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilish maqsadida vazirlik va idoralar milliy loyihalar doirasida olingan jihoz va uskunalardan maqsadli foydalanishi va ularning holati hamda milliy loyihalar bilan koʻzda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha malakasini oshirgan mutaxassislarning olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etilishi haqidagi hisobotlarni xar chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar vakolatli organga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar konsepsiyalarini tayyorlash va AEXAga taqdim etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan loyiha konsepsiyalarini milliy loyihalar tashabbuskori boʻlgan vazirlik va idoralar bilan koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar konsepsiyalarini kelishish va ularni AEXAga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda vazirlik va idoralarga milliy loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarning oʻz vaqtida bajarilishini va baholash tartib-taomillarining amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning texnik hamkorlik siyosati va jarayonlarini tushunishi va ularga rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda milliy loyihalar boʻyicha ishlarning borishi, yuzaga kelayotgan muammolar va koʻrilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar boʻyicha masʼul shaxslarning milliy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va hisobdorlik yuzasidan belgilangan tartib va qoidalar boʻyicha AEXA tomonidan tashkillashtiriladigan tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Milliy loyihalarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda milliy loyihalar boʻyicha masʼul shaxslarining huquqlari, masʼuliyati va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Milliy loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda vazirlik va idoralarning rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda milliy loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organga tashabbus bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralarning ehtiyojidan kelib chiqib, milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxs AEXAga, loyihaga ajratilgan budjet doirasida, loyihaning ish rejasiga oʻzgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik va idoralarning rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlar va konsepsiyalarning tayyorlanishini hamda belgilangan muddatlarda AEXAga taqdim etilishini tashkillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan milliy loyihalarining milliy loyihalarda ishtirok etish boʻyicha xarajatlar summasi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AEXA masʼul xodimlari koʻrsatmalariga muvofiq milliy loyihalar konsepsiyalarini qayta ishlash va tasdiqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarni amalga oshirishni baholash hisobotini oʻz vaqtida AEXAga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar doirasida olingan jihoz va uskunalardan maqsadli foydalanish va soz holatda boʻlishini taʼminlashga masʼul va javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish yuzasidan AEXA masʼul xodimlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AEXA masʼul xodimlari koʻrsatmalariga muvofiq milliy loyihalar konsepsiyalarini qayta ishlash va tasdiqlashga tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy loyihalar doirasida tashkillashtiriladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun nomzodlarni tasdiqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlar, mantiqiy matritsa jadvali va loyiha ish rejasini oʻz ichiga oladigan milliy loyiha konsepsiyalarining puxta va sifatli tayyorlanishiga hamda ularning oʻz muddatida AEXAga yuborishga masʼul va javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy loyihalarni ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(Vakolatli organ)

Manfaatdor vazirlik va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq maʼlumotlarni yuboradi.

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA) verbal notasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2-bosqich

Milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar

Milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlaydi va oʻrnatilgan tartibda Vakolatli organga taqdim etadi.

Oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Milliy loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi, mamlakat dastur xabarnomasini tayyorlaydi.

Oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimiga joylashtiradi.

AEXA verbal notasida belgilangan muddatdan kechiktirmagan holda

4-bosqich

Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar

Mantiqiy matritsa va loyiha ish rejasini oʻz ichiga oladigan milliy loyiha konsepsiyasini texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimi orqali yuboradi.

Texnik hamkorlik dasturining boshqarish tizimiga joylashtirilganidan soʻng uch oylik muddatda

5-bosqich

Vakolatli organ

AEXAdan barcha milliy loyiha konsepsiyalarining yakuniy tahriri haqidagi xabarnoma kelib tushgan taqdirda, ularni koʻrib chiqadi va texnik hamkorlik dasturini boshqarish tizimi orqali maʼqullaydi.

Besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________________________________________ tomonidan

(vazirlik yoki idora nomi)

ishlab chiqilishi taklif etilayotgan Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihasi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA SHAKLI

Loyiha nomi / Project Title:

(jami 255 belgi)

Umumiy maqsad / Overall Objective:

(jami 1000 belgi)

Kutilayotgan natija / Expected Outcome:

(jami 1000 belgi)

Milliy rivojlanish dasturi yoki rejasiga havola / Link to National Development Plan:

Asosiy masʼul vazirlik / idora nomi / Main Counterpart Institution:

Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxs va aloqa maʼlumotlari / Main Counterpart and Contact Details:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy loyihalarni amalga oshirish va ular boʻyicha hisobdorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(Vakolatli organ)

Milliy loyihalar tashabbuskori boʻlgan vazirlik va idoralarga xabarnomani tayyorlaydi va murojaat xati bilan yuboradi.

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA) tomonidan milliy loyihalar tasdiqlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganidan soʻng besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2-bosqich

Milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar

Milliy loyihalarda ishtirok etish xarajatlari summasi toʻlanishini taʼminlaydi.

Milliy loyihalar boshlanadigan yilning 1-yanvar kuniga qadar

3-bosqich

Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar

Milliy loyihani amalga oshirish boshlanganidan soʻng yil yakuni boʻyicha milliy loyihani amalga oshirish holatini baholash hisobotini tayyorlaydi va AEXAning maxsus elektron tizimiga joylashtiradi.

Har yili 31-dekabr kuniga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ

1. AEXAning maxsus elektron tizimi orqali kelib tushgan milliy loyihani amalga oshirish holatini baholash hisobotini koʻrib chiqadi va maʼlumotlar toʻliq kiritilgan taqdirda hisobotni tasdiqlaydi.

Besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hisobotlar boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda taklif va eʼtirozlar bilan vazirlik va idoralarning milliy loyihalari boʻyicha masʼul shaxsiga AEXAning maxsus elektron tizimi orqali qayta ishlashga yuboradi.

Uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

5-bosqich

Milliy loyiha boʻyicha masʼul shaxslar

Qayta ishlangan milliy loyihani amalga oshirish holatini baholash hisobotini AEXAning maxsus elektron tizimiga qaytadan joylashtiradi.

Uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

6-bosqich

Milliy loyihalarni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar

Vazirlik va idoralar milliy loyihalar doirasida olingan jihoz va uskunalardan maqsadli foydalanishi va ularning holati hamda milliy loyihalar bilan koʻzda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha malakasini oshirgan mutaxassislarning olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etilishi haqidagi hisobotlarni vakolatli organga kiritib boradi.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/249/0370-son)