TASDIQLANGAN
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochi | |
Vazirlik va idoralardan | Vazirlar Mahkamasidan | ||||
I. Qonun bilan belgilanayotgan javobgarliklarga oid normalarni qoʻllashni tashkil etish | |||||
1. | Kuchaytirilayotgan va joriy etilayotgan jazo choralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir etishiga yoʻl qoʻymaslik hamda uni qoʻllashda aholi noroziligi kelib chiqishining oldini olish. | 1. Qonunda nazarda tutilgan jazo choralari Qonun qabul qilingandan keyin sodir etiladigan noqonuniy harakatlarga nisbatan tatbiq etilishini taʼminlashning yagona amaliyotini shakllantirish. 2. Qonunda nazarda tutilgan javobgarliklarga oid normalarni qoʻllashdan oldin aniqlangan qonun buzilishi oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish imkoniyatini yaratish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi | Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
2. | Qurilish sohasiga oid jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudlarda koʻrish amaliyotini umumlashtirish. | Sudlar tomonidan qurilish sohasiga oid jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni koʻrishda aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud plenumi qarorini qabul qilish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng olti oy muddatda | Oliy sud (kelishuv asosida) | |
3. | Qonun normalari toʻgʻri qoʻllanilishining amaliy jihatlarini ijrochilarga yetkazish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tegishli masʼul xodimlari uchun mazkur Qonun normalarini qoʻllash boʻyicha alohida oʻquv kurslarini tashkil etish. Bunda: tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga taʼsir qilmasdan, aholining noroziligiga sabab boʻluvchi omillarni inobatga olgan holda huquqbuzarlik oqibatini hal etish; sodir etilgan huquqbuzarlik boʻyicha javobgarlikka faqatgina uni sodir etgan shaxsni jalb qilishning protsessual tartiblarini oʻrgatish kabi masalalar nazarda tutiladi. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi | Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
II. Qonunning mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish | |||||
4. | Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. | 1. Loyiha va qurilish tashkilotlari vakillari ishtirokida yangi qabul qilingan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy davomida | Toshkent arxitektura va qurilish universiteti | Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
2. Katta hajmdagi qurilish amalga oshirilayotgan hududlarda buyurtmachi va quruvchilar ishtirokida yangi qabul qilingan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi | ||||
3. Koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarga, uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga, shuningdek faoliyati koʻp kvartirali uylarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shaxslar ishtirokida yangi qabul qilingan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish. | |||||
5. | OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. | 1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Reja-grafikni amalga oshirish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy davomida | MTRK, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi | Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
III. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish | |||||
6. | Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | Seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi |
7. | Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. | 1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Adliya vazirligi | Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |