Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
“Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2038-8]
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-son “Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi va Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-mart,
02/15-05/01-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Sh. SOXIBNAZAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-mart,
13-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2025-yil 18-mart
Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi bosh direktori T. VALITOV
2025-yil 18-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 28-martdagi 02/15-05/01-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 27-martdagi 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Birja” degan soʻz “Tovar-xom ashyo birjalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “Birja” degan soʻz “Tovar-xom ashyo birjalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar tovar-xom ashyo birjasi (bundan buyon matnda birja deb yuritiladi) aʼzolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
c) 1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini” degan soʻzlar “operatsiyalarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar birja aʼzosi tomonidan shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2038-8/0345-son)