Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Buyrugʻi
Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2239-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-maydagi 29-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 277-modda) bilan tasdiqlangan Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-mart,
7-2025/B-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 21-mart
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3. 5 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”.
5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
7. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
8. 34-banddagi “tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkazilishi lozim.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
10. 37-banddagi “tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 41-banddagi “davriy tibbiy tekshiruvdan” degan soʻzlar “davriy majburiy tibbiy tekshiruvdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 52-banddagi “QMQ 2.01.05-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.”.
14. 77 va 78-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
78. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.”.
15. 96-banddagi “kanalizatsiya tizimda” degan soʻzlar “oqova suvlar tizimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 104-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“104. Bakteriya va viruslarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shugʻullanadigan va immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi har qanday tashkilotda sanitar maishiy va qoʻshimcha binolar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga hamda mazkur Qoidalarga muvofiq tarzda qurilishi kerak.”.
17. 116-banddagi “QMQ 2.09.12-98. “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 117-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“117. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.”.
19. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.”.
20. 2-boʻlimning 15-paragrafidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 134-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“134. Suv bilan taʼminlash va oqava suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” hamda OʻzMSt133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga mos kelishi kerak.”.
22. 137-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 138 va 139-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“138. Tashkilotda oqava suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
139. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son “Kommunal xoʻjaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 21-yanvardagi 14-son “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 26-son “Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0083-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 321, 2024-yil 13-dekabr) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”.
24. 140-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiyaning” degan soʻz “oqova suvlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oqova suvlar kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “oqova suvlar tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 194-banddagi “kanalizatsiya tarmogʻi” degan soʻzlar “oqova suvlar tizimi” degan soʻzlar almashtirilsin.
26. 234-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“234. Xodimda infeksion (yuqumli) kasallikning borligi haqida gumon qilinsa, bu haqida yaqinroqda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlariga tegishli choralarni koʻrish uchun xabar qilish lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)