Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2046-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son “Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 63-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2046, 2009-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 515-modda) bilan tasdiqlangan Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-mart,
10-2025/B-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 21-mart
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 10-2025/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.”.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”.
5. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
6. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilot xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.”.
7. 36-banddagi “davriy tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar “davriy (mehnat faoliyati davomida) hamda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) majburiy tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
9. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.”.
10. 41 va 42-bandlardagi “tibbiy” degan soʻz “majburiy tibbiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.”.
12. 54-banddagi “QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”.
14. 2-boʻlimning 11-paragrafidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
16. 77-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 83-banddagi “kanalizatsiyalangan” degan soʻz “oqova suvlar tizimiga ulangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 84-banddagi “kanalizatsiya” va “kanalizatsiyasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “oqova suvlar” va “oqova suvlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 85-banddagi “QMQ 2.01.05-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 126-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“126. Sex va uchastkalarda yuk koʻtarish qurilmalarini joylashtirish va oʻrnatish GOST 12.2.065-81 “Yuk koʻtarish kranlari. Umumiy xavfsizlik talablari” va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
21. 142-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2046-4/0342-son)