11.04.2025 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narxlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida bozor konyunkturasini hisobga olgan holda, real narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sogʻlom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tovar-xom ashyo birjalari hamda birja ishtirokchilari faoliyatida qonun buzilishi holatlarining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika birjasi) birja savdolarida tuziladigan bitimlar boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida oʻzaro moslashuvchan narx taklif qilish tamoyiliga asoslangan “ikki tomonlama qarama-qarshi auksion” yangi savdo vositasining test rejimida ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida sotiladigan tovarlarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolarida sotish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari davomida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va nizolarni hal qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika birjasi 2025-yil 1-iyunga qadar ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolari tizimini yoʻlga qoʻyish, birja savdolari ishtirokchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratishga hamda ularni masʼuliyatini oshirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlarni amaliyotga joriy qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolarida sotilgan mahsulotlarni yagona yuklash manzili prinsipi asosida faoliyat koʻrsatuvchi “birja ombori” xizmatlarini respublikaning har bir hududida yoʻlga qoʻyish va ularni Respublika birjasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari va birja savdolarida ishtirok etuvchilarning “ishonchlilik” reytingini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolarini yangi savdo vositalari boʻyicha oʻqitish va ularning malakasini oshirish hamda yakuni boʻyicha ularga tegishli malaka sertifikatlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja sohasi ishtirokchilarini “yuqori savdo aylanmasi — yuqori daromad” tamoyili asosida ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 2025-yil 15-iyuldan boshlab monopol korxonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan xlorid va nitrat kislotalari, natriy sianid, gipoxlorit natriy, suyuq azot, suyuq xlor, rux belilasi, ferromolibden, bazalt, fosforit va dolomit uni mahsulotlarini barcha xaridorlarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika birjasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan mahsulotlarning birja savdolarga qoʻyilishi, sotilishi, shartnomalar tuzilishi va xaridorga yuklanishi, shu jumladan, xaridor va sotuvchi tomonidan bekor qilingan bitimlarning sabablarini oʻrganish, nohalol raqobatchilarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari boshqa tovar-xom ashyo birjalari uchun tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalar stakani — birja bitimlari joriy vaqtda tuzilishi mumkin boʻlgan, berilgan buyurtmalar haqida maʼlumotni aks ettiruvchi, savdolarda ishtirok etayotgan barcha birja aʼzolariga jadval shaklida foydalanishi mumkin boʻlgan va birja savdolari elektron tizimida aks etgan maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama qarama-qarshi auksion (ITQQA) — birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini taklif qiluvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan xaridorlar ishtirok etadigan auksion;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Listing komissiyasi — tovarlarni birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish (listing), avval kiritilgan tovarlarni birjaning kotirovkalash varagʻidan chiqarish (delisting) jarayonlarini amalga oshiruvchi birjaning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot — birja savdosi paytida tuzilgan va birja savdosini sotish (sotib olish) uchun arizada koʻrsatilgan turdagi birja tovarining miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni birjaning ITQQA savdolariga qoʻyishga ruxsat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. ITQQA savdolariga tovarlarni qoʻyishga ularni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish orqali birjalarning Listing komissiyasi tomonidan ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birja kotirovkalash varagʻiga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolariga ulgurji partiyalarda qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli, oʻzgarmas sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qoʻyib borilishi va sotilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni savdoga qoʻyish vaqtida ularning oldindan koʻzdan kechirish talab qilinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Listing komissiyasi tomonidan mahsulot markasi, lot hajmi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, maxsus va boshqa shartlar koʻrsatilgan namunaviy birja kontrakti shartlari asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ITKQA savdolariga qoʻyilgan tovarlar va ularning shartlari boʻyicha maʼlumotlar birjaning rasmiy veb-saytida ochiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Birjaning ITQQA savdolarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. ITQQA orqali birja savdolari faqatgina birja savdolarining elektron tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdolar birjalar tomonidan tasdiqlangan jadvallarga asosan seksiyalarga boʻlingan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. ITQQA quyidagilarni hisobga olingan holda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo davomida birja savdolari ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bitimi tuziladigan tovarlar narxini shakllantirishda xaridorlar va sotuvchilar tomonidan raqobatdosh takliflarni berish jarayonida, uning xaridor uchun eng yaxshi narx (sotuvchilardan minimal narx) yoki sotuvchi uchun eng yaxshi narx (xaridorlardan maksimal narx) sifatida aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans toʻlovini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birja aʼzolari tomonidan taqdim etilgan birja tovarini sotish (sotib olish) toʻgʻrisidagi buyurtma birja savdosi ishtirokchisining birja bitimini tuzishga roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birja aʼzolari tomonidan ITQQA orqali oʻtkaziladigan birja savdolarida tovarlarni sotish (sotib) olish uchun beriladigan buyurtmada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart birja kontrakti (tovar) kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma yoʻnalishi: tovarlarni sotib olish yoki sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan (sotib olinayotgan) tovar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning sotish (sotib olish) narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ITQQA orqali oʻtkaziladigan birja savdolarida ishtirok etadigan birja aʼzolari bir yoki bir nechta mijozning vakili boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir taqdim etilgan buyurtma qarama-qarshi buyurtmalardagi tovarlarning miqdori va narxiga muvofiqligi yuzasidan birja savdo tizimi tomonidan doimiy ravishda avtomatik taqqoslash tartibida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar taqdim etilgan buyurtmaning parametrlari qarama-qarshi buyurtmalar parametrlariga toʻgʻri kelsa, birja bitimi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmalar stakani birja savdolari elektron tizimi tomonidan quyidagilarni hisobga olgan holda avtomatik rejimda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etish vaqtidan qatʼi nazar, buyurtmalar stakanida birinchi navbatda, eng yaxshi narxlarga ega boʻlgan buyurtmalar (sotib olish buyurtmalari navbatida — xaridordan maksimal narxlar bilan (kamayish tartibida), sotish uchun buyurtmalar navbatida — sotuvchidan minimal narxlar (oʻsish tartibida) joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarama-qarshi buyurtmalar navbatdagi oʻrni va narxiga qarab qanoatlantiriladi — avvaliga birinchi navbatda aniqlangan arizalar qanoatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalar narxi teng boʻlsa, oldinroq taqdim etilgan buyurtma qolganlariga qaraganda ustuvor sifatida qanoatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bitim tuzilganda buyurtma qisman qanoatlantirilsa, uning qolgan (bajarilmagan) qismi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda qanoatlantirilishi kerak boʻlgan alohida buyurtma sifatida qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bitimini tuzish qanoatlantirilgan buyurtmalarni bergan ishtirokchilarning qoʻshimcha roziligini talab qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. ITQQA savdo sessiyasi yakunlangach, tovarlarni sotib olish (sotish) uchun barcha qanoatlantirilmagan buyurtmalar birja savdo tizimi tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bitim quyidagilarni inobatga olgan holda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir taqdim etilgan buyurtma tizimga taqdim etilgan qarama-qarshi buyurtmalarga mos kelishi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan buyurtma parametrlari qarama-qarshi buyurtmalar parametrlari bilan kesishganda, bitimlar tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar narxlar teng boʻlsa, ilgari taqdim etilgan buyurtma keyinchalik taqdim etilgan buyurtmadan avvalroq qanoatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim har doim buyurtmalar navbatida eng yaxshi qarama-qarshi buyurtma narxida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bitimlar doimiy ravishda tuziladi va ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha harakatlarni talab qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birja bozor konyunkturasidan va/yoki monopoliyaga qarshi organning taklifidan (koʻrsatmasidan) kelib chiqib, narx oʻzgarishining (narx oraligʻi) chegaraviy miqdorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuzilgan birja bitimlari boʻyicha hisob-kitoblar qonunchilik va birjaning ichki hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Birja bitimi ijrosini kafolati sifatida talab etiladigan zakalat miqdori birja kontrakti shartlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birja xizmatlari uchun olinadigan vositachilik yigimi miqdori birjaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi va bunda Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorining 8-bandi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarining talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Nizolarni hal etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. ITQQA birja savdolarini oʻtkazish, tuzilgan bitimlar ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar birjaning Arbitraj komissiyasida yoki sudda eʼtiroz tartibida koʻrib chiqish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskorlar:

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika birjasi)ning birja savdolarini tashkil etish boʻlinmasi (makleriat)

Tovar bozorlaridagi talab va taklifni oʻrgangan holda, birja shartnomalarini ochish boʻyicha Listing komissiyasiga ariza beriladi.

Doimiy

2-bosqich

Respublika birjasining Listing komissiyasi

Arizani oʻrganib, shartnoma shartlari oʻrnatilgan talablarga mos kelgan taqdirda, tovarni kotirovkalash varagʻiga kiritadi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Sotuvchilar, xaridorlar

10 foizgacha miqdordagi avans toʻlovini oʻtkazadi.

Birja savdolaridan oldin

4-bosqich

Birja aʼzolari

a) tegishli shartlarga ega boʻlgan kontraktlarni tanlab oladi;

b) xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma beradi.

Har kuni savdo sessiyasidan oldin

5-bosqich

Birja savdo elektron tizimi (BSET)

Bitimlarni shakllantiradi.

Savdo sessiyasidan keyin

6-bosqich

Sotuvchilar, xaridorlar

Toʻlovlar toʻlaydi va yetkazib beradi.

Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda

7-bosqich

Respublika birjasi

Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblaydi va oʻz veb-saytiga joylashtiradi.

Har hafta

8-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

1. Birja narxlari monitoringini amalga oshiradi.

2. Narxlarning keskin oshishini va savdoga chiqarish jadvallarining ijrosini oʻrganadi.

3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarining 31-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda birja savdolariga qoʻyilgan va sotilmasdan qolgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulot hajmlarini savdolarga qayta qoʻyishda dastlab belgilangan zakalat summasining 50 foizi oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Birja savdolarida yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarga qoʻyiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari keyingi birja savdosiga takroran qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari yakuni boʻyicha bitim tuzilib, keyinchalik xaridor tomonidan bekor qilingan, tanlanmagan yoki sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagani uchun bekor qilingan bitimlar hajmlari bitim bekor boʻlgan kundan boshlab bir ish kuni ichida sotuvchi tomonidan birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur hajmlar boʻyicha sotuvchi mahsulotning (xalqaro birjalardagi narxlarga bogʻlangan mahsulotlar bundan mustasno) boshlangʻich narxini qayta koʻrib chiqishi, boshlangʻich narxdan past narx berish boʻyicha buyurtmalarni qabul qilishi hamda savdolarni ikki tomonlama auksion tartibi orqali oʻtkazilishi boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga murojaat qilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 321-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“321. Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja kotirovkalari (narx)dan qimmatroq sotish, shu jumladan, eksportga sotish holatlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarida bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) oʻrtasidagi farqqa koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 09/25/220/0334-son)