09.04.2025 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan aholining ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ehtiyojmand toifalari uchun bir martalik moddiy yordam miqdorini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 215-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga 2025-yil 1-maydan 2027-yilning 1-apreliga qadar elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) qilib berish tartibi joriy etilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz uchun — isitish mavsumida oyiga bazaviy meʼyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʼyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Reyestrlarga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq kambagʻallikka tushish xavfi boʻlgan oilalarga 2025-yilning noyabr oyida 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam (keyingi oʻrinlarda — bir martalik moddiy yordam) berilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kompensatsiya toʻlovlari va bir martalik moddiy yordam mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda noyabr oyida toʻlov roʻyxatlariga kiritilib, biroq oʻz vaqtida olinmay qolgan bir martalik moddiy yordam pullari dekabr oyida toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) isitish mavsumi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlari asosida ushbu qarorda belgilangan davrdan farq qiladigan davr uchun belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tabiiy gaz uchun kompensatsiya toʻlovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlarida belgilangan isitish mavsumi uchun amalga oshiriladi hamda kompensatsiya miqdorini hisoblashda isitish mavsumining boshlanishi yoki tugashi belgilangan sanadagi oy isitish mavsumi oyi sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmoli uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya qilib berish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam berish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmoli uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya qilib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda “Kambagʻal oilalar reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, mol-mulki boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya oluvchi oilalar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi.

Har oyning 15-sanasiga qadar*

2-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Kompensatsiya oluvchi oilalarning maʼlumotini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritadi.

Ariza berilgan oyning 25-sanasiga qadar

3-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ

1. Kompensatsiya oluvchi oilalarning elektr energiyasi va (yoki) tabiiy gaz isteʼmoli haqidagi maʼlumotlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va (yoki) “Hududgaztaʼminot” AJning tegishli axborot tizimlari orqali oʻrganadi.

2. Kompensatsiya oluvchi oilalarning uy-joy va (yoki) avtotransport vositalari mavjudligi hamda jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaganligi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori talablariga muvofiq oʻrganiladi.

Ariza berilgan oyning 27-sanasiga qadar

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, AT “Xalq banki”ga yuboradi.

Ariza berilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar

5-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi.

har oyning 5 — 25-sanasiga qadar

6-bosqich

AT “Xalq banki”

Kompensatsiya toʻlovini bank kartasi orqali toʻlab beradi.

Agar ariza beruvchining nomida bank kartasi mavjud boʻlmasa, AT “Xalq banki”da uning oila aʼzolari nomiga ochilgan bank kartasiga toʻlab berilishi mumkin.

Ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Kompensatsiya oluvchi oilalarning mezonlarga mosligi har oyda avtomatik oʻrganilib, mezonlarga mos kelgan taqdirda, keyingi oylar uchun alohida murojaat talab etmagan holda kompensatsiya toʻlovi davom ettiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar va “Kambagʻal oilalar reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan oilalarning dastlabki roʻyxatini shakllantiradi va Reyestrlarga kirmagan bir martalik moddiy oluvchi oilalar (keyingi oʻrinlarda — moddiy yordam oluvchi oilalar) qoʻshimcha roʻyxatini shakllantirish uchun Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman (shahar) boʻlimlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.

1-sentabrga qadar

2-bosqich

“Mahalla yettiligi”

Reyestrlarga kirmagan moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini shakllantiradi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi. Bunda: birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;

shakllantirilgan moddiy yordam oluvchi oilalar soni tegishli mahalladagi Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.

Tuman (shahar) hokimliklari tegishli tuman (shahar) boʻyicha Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmagan holda, mahallalar kesimidagi moddiy yordam oluvchi oilalar qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

1-oktabrga qadar

3-bosqich

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi

Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini umumlashtiradi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi.

5-oktabrga qadar

4-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirib chiqadi va yakuniy roʻyxatni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi.

Bunda qoʻshimcha roʻyxatdagi oilalarning uy-joy va (yoki) avtotransport vositalari mavjudligi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori talablariga muvofiq avtomatik oʻrganiladi va ushbu mezonlarga mos boʻlmagan oilalar roʻyxatdan chiqariladi.

20-oktabrga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi

Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha yakuniy roʻyxatini tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlatib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi.

25-oktabrga qadar

6-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Taqdim etilgan qoʻshimcha roʻyxat va Reyestrlarga kiritilgan oilalardan iborat moddiy yordam oluvchi oilalar roʻyxatini shakllantiradi.

1-noyabrga qadar

7-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Moddiy yordam oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, AT “Xalq banki”ga yuboradi.

20-noyabrga qadar

8-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Moddiy yordam toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi.

25-noyabrga qadar

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Moddiy yordam oluvchi oilalarga belgilangan tartibda bir martalik moddiy yordam toʻlab beradi.

27-noyabrga qadar

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/215/0327-son)