02.04.2025 yildagi PQ-134-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish davrida aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2027-yil 1-aprelga qadar Ijtimoiy reyestrga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifadagi oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha — oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha — isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Reyestrga kiritilgan oilalarga;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar “mahalla yettiliklari” tomonidan respublika bo‘yicha har bir mahalla kesimida qo‘shimcha ro‘yxatlar shakllantirilishini ta’minlasin. Bunda hokimliklar tegishli tuman (shahar) bo‘yicha Reyestrga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmagan holda ehtiyojmand oilalar soniga mahallalar kesimida o‘zgartirish kiritishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror bilan belgilanayotgan moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlarini hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha AT “Xalq banki” xizmatiga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablag‘larni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiq qo‘shimcha ro‘yxatlarni shakllantirish hamda kompensatsiya va moddiy yordam to‘lovlarini to‘lash tartibini tasdiqlasin. Bunda tuman (shahar) hokimliklari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda “mahalla yettiligi”ning vazifalari aniq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) AT “Xalq banki” bilan birgalikda joriy yil noyabr oyida bir martalik moddiy yordam to‘lanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi bir hafta muddatda aholi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kambag‘al oilalar va ehtiyojmand aholini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari bilan to‘liq qamrab olish maqsadida mahallalarda manzilli targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholiga moddiy yordam ajratishda mahalla raislari tomonidan shaffoflik va adolatlilik ta’minlanishini kafolatlashi va shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bir martalik moddiy yordamni to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha ro‘yxatlarning to‘g‘ri shakllantirilishiga hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh prokuratura (I. Adxamov) ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-134-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 07/25/134/0306-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)