Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
“Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2454-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-apreldagi 20-B-son “Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2454, 2013-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 237-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-mart,
5-2029/B-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning nomi va 1-banddagi “Taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) nomi, 3 va 4-boblarning nomi hamda 203-banddagi “Taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchi-talabalarini oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi taʼlim tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-banddagi “taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi)” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlariga (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”;
6) 5 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
7) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati taʼlim tashkilotining mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita taʼlim tashkilotining rahbariga boʻysunadi.”;
9) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda taʼlim tashkiloti xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash taʼlim tashkiloti rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
10) 16-banddagi “Taʼlim muassasalaridagi” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 22 va 95-bandlardagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 24, 67, 77, 101 va 125-bandlardagi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 31-banddagi “taʼlim muassasasini” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 34-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim muassasasida” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 38 va 96-bandlardagi “taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 42 — 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Taʼlim tashkilotlarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”;
43. Taʼlim tashkiloti rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy (mehnat faoliyati davomida) va dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
44. Majburiy tibbiy koʻriklar taʼlim tashkilotlariga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa taʼlim tashkiloti joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
45. Taʼlim tashkiloti majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
17) 46-banddagi “Davriy tibbiy koʻriklar” va “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davriy majburiy tibbiy koʻriklar” va “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 48-banddagi “Taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 49-bandda:
birinchi xatboshidagi “Taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Taʼlim tashkiloti maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.”;
21) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.”;
22) 70 va 138-bandlardagi “Taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”;
24) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.”;
25) 84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“84. Taʼlim tashkilotida kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda taʼlim tashkilotida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.”;
26) 85-banddagi “QMQ 2.01.05-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“124. Taʼlim tashkilotlarida elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.”;
28) 126-banddagi “taʼlim muassasasida” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 201-banddagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)