OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
“Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2086-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-fevraldagi 12-son “Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2086, 2010-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 79-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-mart,
237-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 7-martdagi 237-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq nomidagi “xom ashyo” degan soʻz “xomashyo” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
1) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qishloq xoʻjaligi va boshqa tashkilotlarga, shuningdek jismoniy shaxslarga donni qayta ishlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha dastlabki hisob (hujjatlarni rasmiylashtirish) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 4-banddagi “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3538, 2024-yil 30-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Xomashyo va materiallarning xarid qilish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”da (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) belgilangan tartibda aniqlanadi va buxgalteriya hisobining schyotlarida Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) muvofiq aks ettiriladi.”;
4) 7-bandning “v” kichik bandidagi “umum ishlab chiqarish” degan soʻz “umumiy ishlab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “nakladnoyi” degan soʻz “yuk xati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-bandda:
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “umum ishlab chiqarish” degan soʻz “umumiy ishlab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “umum ishlab chiqarish” degan soʻz “umumiy ishlab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;”;

beshinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;”;
ikkinchi xatboshidagi “umumishlabchiqarish” degan soʻz “umumiy ishlab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;”;
ikkinchi xatboshidagi “umumishlabchiqarish” degan soʻz “umumiy ishlab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500), boshqa joriy kreditorlik qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;”;
“k” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;”;
“l” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;”;
ikkinchi xatboshidagi “qarz” degan soʻz “qarzlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.”;
8) 24-bandda:
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” schyoti;”;
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200), nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti, 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti, 6520 “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar” schyoti va boshqa tegishli schyotlar;”;
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” schyoti;”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” schyoti;”;
uchinchi xatboshidagi “qarz” degan soʻz “qarzlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“i” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;”;
“k” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“k) buyurtmachidan ilgari olingan boʻnaklar hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” schyoti;”;
“l” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” schyoti;”;
“m” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “qarz” degan soʻz “qarzlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 1-ilovaning matnidagi “xom ashyo” degan soʻz “xomashyo” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 2-ilovaning matnidagi “qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “xom ashyo” degan soʻzlar tegishli ravishda “topshirish yuk xati” va “xomashyo” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 3-ilovaning matnidagi “xom ashyo” degan soʻz “xomashyo” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 5-ilovaning matnidagi “xom ashyo” degan soʻz “xomashyo” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2086-3/0308-son)