Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3320-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son “Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 14-sentabrdagi 1/7-son qarori (roʻyxat raqami 3320, 2021-yil 17-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 10/21/3320/0879-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-mart,
5/11-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2025-yil 19-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 20-martdagi 5/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik palatasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Asillik inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Asillik palatasi” degan soʻzlar “Asillik inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14 va 16-bandlardagi “Asillik palatasi” degan soʻzlar “Asillik inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 15 va 17-bandlardagi “Asillik palatasiga” va “Asillik palatasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Asillik inspeksiyasiga” va “Asillik inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilova matnidagi “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” degan soʻzlar “Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)